qilinishi ezgu anhanalardan biriga aylandi. O’tgan yillar mobaynida amalga oshirilgan Davlat dasturlari
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 2009 yil 5 dekabrdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
qabul qilinganligining 17 yilligiga bag’ishlangan tantanali yig’ilishda so’zlagan “O’zbekiston Konstitutsiyasi biz
uchun demokratik taraqqiyot yo’lida va fuqarolik jamiyatini barpo etishda mustahkam poydevordir” mavzusidagi
mahruzasida sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o’z ijodiy va intellektual salohiyatini ro’yobga
chiqarishi, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to’liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar
etib voyaga yetkazish uchun shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo’yicha keng ko’lamli aniq yo’naltirilgan
chora-tadbirlar belgilanishi zarurligini alohida tahkidladi.
Mamlakatimizda sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash borasida aniq yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga
oshirish maqsadida, shuningdek, 2010 yilning “Barkamol avlod yili” deb ehlon qilinishi munosabati bilan O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2010 yil 27 yanvardagi “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi to’g’risida”gi PQ-1271-son
qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga asosan tasdiqlangan “Barkamol avlod yili” Davlat dasturida quyidagilar asosiy vazifalar etib
belgilangan. Jumladan,
- tayyorlanayotgan mutaxassislarga real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi mavjud talabga alohida ehtibor
qaratgan holda, o’sib kelayotgan yosh avlodga tahlim va tarbiya berish sohasidagi moddiy-texnika bazani yanada
mustahkamlash, undan oqilona va samarali foydalanishni tahminlash, davlat tahlim standartlari, o’quv dasturlari va
o’quv uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish;
- tahlim jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, mulg’timedia
vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar kollejlari, litseylari va oliy o’quv yurtlarida
o’qitish sifatini tubdan yaxshilash, tahlim muassasalarining o’quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan
mustahkamlash, shuningdek, o’qituvchilar va murabbiylar mehnatini moddiy hamda mahnaviy rag’batlantirish
bo’yicha samarali tizimni yanada rivojlantirish;
- zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli va keng formatli telekommunikatsiya aloqa
vositalari hamda internet tizimini yanada rivojlantirish, ularni har bir oila hayotiga joriy etish va keng o’zlashtirish.
Yuqoridagi asosiy ustuvor vazifalar biz o’qituvchilar oldimizga katta mashuliyatlar yuklaydi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar mahkamasining AKT ni rivojlantirish to’g’risidagi qarorlari:
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida»gi
2002 yil 30 may PF-3080-sonli Farmoni.
Vazirlar Mahkamasining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2002 yil 6 iyun 200-sonli Qarori.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
«2004-2009 yillarda Maktab tahlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to’g’risida»gi 2004 yil 21 may
PF-3431-sonli Farmoni.
Xalq tahlimi vazirligining
2006 yil 3 avgustdagi 6/5-HB-sonli «2006-2007 o’quv yilini «Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanishda pedagog kadrlar salohiyatini oshirish o’quv yili» deb nomlash to’g’risida»gi buyrug’i.
2006-2007 o’quv yili “Axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanishda pedagog kadrlar salohiyatini
oshirish” o’quv yili deb ehlon qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: