370
14. Buylama rostlovchi transformator Kuchlanishni rostlash maqsadida chulg‗am-laridan biri
quvvat
transformatorining
tegishli
chulg‗amiga
ketma-ket
ulanadigan,
rostlovchi
transformator.
15. Uzatish
yo‗lining rostlov transformatori.CHulg‗amlaridan biri tarmoqda kuchlanishni
rostlash maqsadida mazkur tarmoqqa ketma-ket ulanadigan rostlanuvchi transformator.
16. Transformator kuchlanishini rostlash. Transformatorning bir yoki bir necha chulg‗amlarida
kuchlanishni maxsus qurilma yordamida tarmoq xolati talablariga moslab o‗zgartirish yoki
stabillash.
17. Transformator kuchlanishini neytralda rostlash. Trans-formator kuchlanishini chulg‗amning
neytralga yaqin bo‗lgan shaxobchalarini almashlab ulash orqali rostlash.
18. Transformator kuchlanishini elektr uzatish yo‗lida rostlash. Transformator kuchlanishini
chulg‗amning tarmoqqa ulanadigan qisqichiga yaqin bo‗lgan shaxobchalarni almashlab ulash
orqali rostlash.
19. Transformatorning tipik quvvati. Transformator chulg‗am-lari barcha qismlari quvvatlari
yig‗indisining yarmi. Izox: CHo‗lg‗am qismining quvvati deb, ushbu qism davomli joiz toki
bilan davomli joiz kuchlanishining ko‗paytmasi tushuniladi.
20. Avtotransformator. Ikkita yoki undan ortiq chulg‗amlari o‗zaro galvanik bog‗langan va
umumiy qismga ega transformator.
21. Transformatorning
birlamchi
chulg‗ami.
Transformatorning
energiya
kirib
keluvchi
chulg‗ami.
22. Transformatorning
ikkilamchi cho‗lg‗ami. Transformatorning energiya oqib chiquvchi
chulg‗ami.
23. Transformatorning yuqori, quyi kuchlanish cho‗lg‗ami. Transformatorning boshqa asosiy
chulg‗am-laridagiga nisbatan eng katta, eng kichik nominal kuchlanishga ega bo‗lgan asosiy
chulg‗ami.
24. Transformatorning
o‗rtacha kuchlanish chulg‗ami. Uch chulg‗amli transformatorning,
avtotransformatorning kuch-lanish qiymati bo‗yicha yuqori va kuyi chulg‗amlari oralig‗idagi
chulg‗ami.
25. Parchalangan
cho‗lg‗am.
Transformatorning
elektromagnit
bog‗langan
va bir xil
kuchlanishga ega bo‗lgan ikkita ikkilamchi chulg‗ami.
26. Rostlovchi chulg‗am. Kuchlanishini rostlashda ishla-tiladigan qo‗shimcha o‗ramlarga ega
bo‗lgan chulg‗am.
27. CHulg‗amning asosiy shoxobchasi. Transformatorni rostlovchi chulg‗amining nominal
kuchlanishiga mos o‗ramlar shoxobchasi.
28. CHulg‗amning musbat, manfiy, shoxobchasi. O‗ramlar sonining asosiy shoxobchadagiga
nisbatan oshishiga, kama-yishiga olib keluvchi shoxobchalar.
29. CHulg‗am neytrali. Uch fazali yoki ko‗p fazali transformatorlarning ―yulduzcha‖ usulida
ulangan faza chulg‗amlari uchun umumiy bo‗lgan nuqta.
Do'stlaringiz bilan baham: