3.2. O‗lchov transformatorlari 1. Tok, kuchlanish transformatori. Normal sharoitda ikkilamchi toki, ikkilamchi kuchlanishi
birlamchi tokiga, birlamchi kuchlanishiga deyarli proporsional va unga nisbatan fazasi nol
gradusga yaqin bo‗ladigan transformator.
2. Tok, kuchlanish transformatorining ikkilamchi zanjiri.
Transformator
tokining,
kuchlani-shning ikkilamchi chulg‗amidan o‗lchov axborotlarini oluvchi tashqi zanjir.
3. Tok, kuchlanish transformatorining aniqlik darajasi.
Tok,
kuchlanish
transformatorining berilgan ish sharoitida joiz xatoliklarning o‗r-natilgan chegaralari bilan
aniqlanadigan tok, kuchlanish transformatorining umumlashgan tavsifi.
4. Tok, kuchlanish transformatorining nominal aniqlik darajasi. Tok, kuchlanish
transformatorlarining nominal ikkilamchi yuklamada kafolatlanuvchi aniqlik darajasi.
5. Nol ketma-ketlikli tok transformatori. Uch fazali zanjirlarda nolinchi ketma-ketlik
toklarini ajratish uchun mo‗ljallangan tok transformatori.
6. To‗yinuvchi tok transformatori. To‗yininsh karraliligi kichik bo‗lgan tok transformatori.
7. Kaskadli tok transformatori. Bir necha ketma-ket transformatsiya pog‗onalariga ega tok
transformatori.
8. Biriktirilgan tok transformatori. Uskunaning kirish qismi birlamchi chulg‗am sifatida
xizmat qiladigan tok transformatori.
9. SHina tok transformatoriTaqsimlash uskunasining bir yoki bir necha parallel ulangan
shinalari birlamchi chulg‗am sifatida xizmat qiladigan tok transformatori.
10. Elektr ulchov ombirlari. Magnit sistemasi ajraluvchi ko‗chma tok transformatori.
11. Kaskadli kuchlanish transformatori. Birlamchi chulg‗am bir necha ketma-ket ulangan
seksiyalardan iborat, ulardan ikkilamchi cho‗lg‗amga quvvat uzatish bog‗lovchi va
to‗g‗rilovchi chulg‗amlar orqali amalga oshiriladigan kuchlanish transformatori.
12. Sig‗imiy kuchlanish transformatori. Sig‗im taqsimlagichli kuchlanish transformatori.
13. Tok transformatorining transformatsiya koeffitsienti. Birlamchi tokning ikkilamchi
tokka nisbati.
14. Tok transformatorining tok xatoligi. Xaqiqiy transformatsiya koeffitsientining nominal
qiymatga teng bo‗lmasligidan kelib chiqadigan xatolik.
15. Tok transformatorining burchak xatoligi. Birlamchi va ikkilamchi tok vektorlari
orasidagi burchak, ideal tok transformatorida bu burchak nolga teng bo‗ladi.
16. Tok transformatorining ikkilamchi yuklamasi. Tok transformatori tashqi ikkilamchi
zanjirining to‗la qarshiligi.
17. Tok transformatori birlamchi tokining karraliligi. Tok transformatori birlamchi tokining
nominal tokka nisbati.
18. Kuchlanish transformatorining transformatsiya koeffitsie nti. Salt ishlash xolatida
birlamchi va ikkilamchi chulg‗amlardagi kuchlanishlar nisbati.
19. Kuchlanish