Izolyasiyalovchi tagliklar
3.2.14. Izolyasiyalovchi tagliklar barqarorligi va mustahkamligini tekshirish kabi
namunaviy sinovlardan o‗tkaziladi.
3.2.15. Yig‗ilgan izolyasiyalovchi tagliklarning chidamliligini tekshirishda unga bir
tekisda taqsimlangan og‗irligi 350 kg yuk 1 minut mobaynida ta‘sir etiladi. Bunda
izolyasiyalovchi taglik to‗shamasining egilishi va boshqa deformatsiyalar (yoriqlar, ko‗tarib
turuvchi izolyatorlar yaxlitligining buzilishi, to‗shama alohida bo‗laklarining bir-biriga ulangan
joylari bo‗shab ketganligi, singan joylar va h. k.) kuzatilmasligi shart.
3.2.16. Taglikning barqarorligini sinashda uning chetiga 80 kg og‗irlikdagi yuk
qo‗yilganda to‗ntarilib ketmasligi tekshiriladi.
3.2.17. Ishlatish jarayonida tagliklar sinalmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |