Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti


 Madaniy-oqartuv va tomosha muassasalari



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet280/379
Sana01.01.2022
Hajmi4,15 Mb.
#284777
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   379
Bog'liq
MAJMUA HQ 2018й

5. Madaniy-oqartuv va tomosha muassasalari 
5.1.  Teatr  binolari,  sirklar,  kinoteatrlar,  madaniyat  saroylari,  muzeylar, 
kutubxonalar  va  odamlarning  ommaviy  yig‗ilishi  bilan  bog‗liq  bo‗lgan  bino  va 
xonalarni  hamda    1000  (ming)  kishi  va  undan  ortiq  odam  sig‗adigan  tribunali 
stadionlardan  foydalanish,  ularda  yong‗in  xavfsizligi,  me‘yoriy  hujjatlar  talablariga 
javob  beradigan  sharoit  va  davlat  yong‗in  xavfsizlik  xizmati  organlarining 
ruxsatnomasi (litsenziyasi)  bo‗lgandagina  ruxsat etiladi. 
5.2.  Gastrol  tomosha  va  chet  el  firmalarining  ko‗rgazmasini  tashkil  etish 
uchun  shartnoma  (kontrakt)  tuzish  davrida  O‗zbekiston  Respublikasida  harakatda 
bo‗lgan  yong‗in  xavfsizligi  qoidalari  talabi  shartnomada  (kontraktda)  ko‗rsatilishi 
shart. 
5.3.  Muzey  va  kartina  galereyalari  uchun  ko‗rgazma  eksponatlari  va  boshqa 
qimmatbaho  narsalarni  qutqarish  (olib  chiqish)  rejalari,  sirk  va  hayvonot  bog‗lari 
uchun hayvonlarning  qutqarish rejalari  ishlab chiqilgan  bo‗lishi shart. 
5.4.  Barcha  madaniy-oqartuv  va  tomosha  muassasalari  mavsum  boshlanishi 
oldidan  yong‗in  xavfsizligiga  mosligi  mahalliy  o‗z-o‗zini  boshqarish  organlari 
tashkil  etgan  muassasalararo  komissiyalar  tomonidan  dalolatnoma  bilan  qabul 
qilinishi  shart. 
5.5.  Tomosha  zallari  va  tribunalarga  o‗rnatilgan  o‗rindiqlar  qatorlari  buyicha 
bir-biriga  ulangan  va  polga  (me‘yor  asosida)  mahkamlab  o‗rnatilgan bo‗lishi shart. 
Loja  va  balkonlarning  alohida  chiqish  eshiklari  bo‗lsa  va  o‗rindiqlar  soni  12  (o‗n 
ikkitadan)  ko‗p bo‗lmasa, ularni mahkamlash  shart emas. 
Raqs  kechalari  o‗tkazishga  mo‗ljallangan  tomosha  zallarida  o‗rindiqlar  soni 
200  (ikki  yuz)tadan  ortiq  bo‗lmasa,  ularni  polga  mahkamlamaslikka  (lekin 
o‗rindiqlar  o‗zaro mahkamlangan  bo‗lishi shart) ruxsat etiladi. 
5.6.  Sahna  qismi,  osma  ko‗prik,  ishchi  gallereya,  dekoratsiyalarni 
mahkamlash  uchun  sahna  tepasidagi  panjara  (kolosnik)  va  boshqalar,  bino 
bo‗g‗otlari,  yonuvchi  dekoratsiya,  sahna  va  ko‗rgazmali  jihozlar  hamda  tomosha 
zallaridagi  materiallar  (drapirovkalar),  foye,  bufetlarning  yog‗och  qismlariga  
yong‗inga  qarshi  kimyoviy  suyuqlik  bilan  ishlov  berilgan  bo‗lishi  shart.  Muassasa 
rahbarida  esa  ushbu  ishlarni  kim  tomonidan,  qachon  bajarilgani  (sanasi,  kun,  oy, 
yil)  va amal  qilish  muddati ko‗rsatilgan  dalolatnoma  bo‗lishi shart. 
5.7.  Teatr,  tomosha  muassasalarining  sahna qismida bir vaqtning o‗zida 2 ta 
(ikkkita)  spektaklga  mo‗ljallangan  dekoratsiya,  sahna  jihozlari  turishiga  ruxsat 
beriladi. 


250 
 
Tryum,  kolosnik  va  ishchi  gallereyalar,  zinapoyalar  hamda  tomoshabinlar 
zali  ostidagi  erto‗lalarda  dekoratsiya,  butazorlar,  yog‗och  qurilmalar  va  boshqa 
jihozlarning  saqlanishiga  ruxsat etilmaydi. 
5.8.  Sahna  asarini  jihozlash  vaqtida  sahna  atrofida  1 metr kenglikdagi yo‗lak 
qoldirilishi  shart.  Qorong‗ulashtirilgan  ko‗rsatuv  (tomosha)lar  vaqtida  ushbu 
yo‗lak elektr  chiroqlari  bilan  yoritilishi  shart. 
Spektakl  tugagandan  so‗ng  barcha  dekoratsiya  va  butaforlar  yig‗ishtirilib, 
sahnadan  olinishi  va  maxsus  omborxonalarda  saqlanishi  kerak.  Dekoratsiya  va 
butoforlar  saqlanadigan  joy  aniq  belgilar  bilan  ta‘minlanishi  kerak.  Dekoratsiya 
omborxonlari ichida  1,5 metr kenglikda  yo‗laklar  qoldirilishi  kerak. 
5.9.  Sahnada  chekish,  ochiq  olovdan  foydalanish  (mash‘ala,  shag‗am, 
kandelyab)  yoyli  projektorlar,  mushaklar  (feyerverk)  va  boshqa  turdagi  olovli 
effektlardan  foydalanishga  ruxsat etilmaydi. 
5.10.  Sahna  yuzasiga  yong‗inga  qarshi  pardaning  tushish joyini ko‗rsatuvchi 
qizil  rangdagi  chiziq  chizilishi  kerak.  Sahna  jihozlari  va  dekoratsiya  asboblari 
mana shu chiziqdan chiqib ketmasligi  kerak. 
5.11.  Spektakl  (repetitsiya)lar  tugagandan  so‗ng  yong‗inga  qarshi  parda 
tushirib  qo‗yilishi  kerak.  YOng‗inga  qarshi  parda  sahna  yuzasiga  qumli  zatvor 
(elastik  yostiqcha) yordamida to‗liq tushib turishi  kerak. 
Kœtarib  –tushiruvchi  mexanizmning  tushirish  tezligi  0,2  m/s  dan  kam 
bœlmagan xolda ishlashga  tœg‗rilangan  bœlishi  kerak. 
5.12.  Qishki  mavsumda  tutun  chiqaruvchi  moslamalar  klapanlari  issiq  holda 
tutilishi  kerak  va  har  10  (o‗n)  kunda  bir  marotaba  tekshirilib  turilishi  shart. 
Tekshiruv natijalari  maxsus daftarda qayd etilishi  lozim. 
5.13.  Pirotexnik  mahsulotlardan  foydalanish  va  ularning  saqlashni  maxsus 
qoidalari  talablari  asosida  qattiq  nazorat  ostida  olib  borilishi kerak. Ularni qo‗lbola 
usulda  ruxsatnomasiz  (sertifikatsiz)  tayyorlash  hamda  ularni  tomosha muassasalari, 
stadion  tribunalari,  madaniyat,  dam  olish  bog‗lari  va  boshqa  odamlar  ko‗p 
yig‗iladigan  joylarda  saqlash taqiqlanadi. 
5.14.  Ochiq  maydonda  maxsus  olovli  effektlar  zarur  bo‗lgan  holda, 
sahnalashtiruvchi  javobgar  shaxs,  bosh  rejissyor  va  badiiy  rahbar  tomonidan 
yong‗inlarning  oldini  olish  choralari  ishlab  chiqilgan  va  Davlat  yong‗in  xavfsizligi 
xizmati  organlari  bilan  kelishilgan  bo‗lishi shart. 
5.15.  Portlash  va  yong‗in  xavfi  bo‗lgan  moddalar  va  mahsulotlarni  ishlab 
chiqarish xonalarida (agar bu ishlab  chiqarish uchun zarur bo‗lsa), bir smena uchun 
kerakli  miqdoridan ortmagan miqdorda saqlashga ruxsat etiladi. 
Bunday  modda  va  materiallarni  mahkam  berkitiladigan  yonmaydigan  shkaf 
yoki qutilarda  maxsus ajratilgan  joylarda  saqlash shart. 
5.16.  Kinofilm  va  videofilmlarni  namoyish  etish,  kinoplyonkaning  turidan 
qat‘i  nazar  harakatdagi  yong‗in  xavfsizligi  talablariga  javob  beradigan  kinoteatr  va 
madaniyat  uylarida  ruxsat etiladi. 
5.17.  Tomoshabinlar  zalining  shifti  va  devorlarini  akustik  jihozlash  uchun 
yong‗inga  qarshi  suyuqlik  bilan  ishlov  berilmagan  yonuvchan  materiallardan 
foydalanish  taqiqlanadi. 


251 
 
5.18.  Sahna  qismining  zinapoyalari  va  devorlaridagi  texnologik  teshiklar 
yong‗inga  qarshi  o‗z-o‗zidan  yopiluvchi  eshiklar  bilan  himoyalangan  bo‗lishi 
shart. 
5.19.  Tomoshabinlarning  echinish  xonalariga  o‗rnatilgan  ilgaklar  orasida 
yo‗laklar  qoldirilishi  kerak.  Markaziy  yo‗lak  kengligi  1,2  metrdan  kam  bo‗lmasligi 
kerak.  Bu  joylarda  kiyimlarni  qabul  qiluvchi  shaxslar,  kiyimlarni  qabul  qilish 
vaqtida  kiyimlarning  cho‗ntaklarini  tekshirib  olishlari  va  cho‗ntaklardan  chiqqan 
gugurt va boshqa yonuvchi narsalar egalariga  berilishi  kerak. 
5.20.  Elim  eritish  va  qaynatish,  yonmaydigan  asosga  va  maxsus  ajratilgan 
joylarda  o‗rnatilgan  elektr  elim  qaynatgichlarda  amalga  oshirish lozim.   
5.21.  Binolar  derazalariga  temir  panjara  o‗rnatish  taqiqlanadi.  (ba‘zi  hollarda 
davlat yong‗in nazorati  organlari  bilan  kelishilgan  holda ruxsat etiladi).         
5.22.  Madaniy-oqartuv,  tomosha  muassasalari  zaxira  elektr  manbai  bilan 
ta‘minlangan  bo‗lishi  kerak.  Ular  favqulodda  (avariya)  holatida  1  soatdan  kam 
bo‗lmagan vaqt davomida ishlashga  muljallangan  bo‗lishi kerak. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish