Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/379
Sana01.01.2022
Hajmi4,15 Mb.
#284777
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   379
Bog'liq
MAJMUA HQ 2018й

Er osti inshootlaridagi ishlar 
13.6.1.  Xavfli  gazlar  paydo  bo‗lish  ehtimolidan  xoli  er  osti  inshootlarini  ko‗zdan 
kechirish  va  u  erlardagi  tozalash,  kabellarni  bo‗yash,  qurilish,  ta‘mirlash  va  boshqa 
shunga  o‗xshash  ishlar  kamida  ikki  kishidan  iborat  ishchilar  bilan  bajarilishi  shart. 
Elektrostansiya  va  podstansiyalardagi  er  osti  kollektor  va  tunellarini  III  gruppali  bir 
xodim ko‗zdan kechirishi  mumkin. 
13.6.2.  Zararli  gazlar  paydo  bo‗lish  ehtimoli  bor  er  osti  inshootlaridagi  ishlar  naryad 
bilan  kamida  3  ishchi,  ulardan  ikkitasi—xavfsizlikni  ta‘minlovchi,  ishtirokida 
bajarilishi  kerak. Ishboshchi IV gruppaga ega bo‗lishi shart. 
13.6.3.  Har  bir  sexda  (rayonda,  uchastkada)  xavfli  gaz  paydo  bo‗lishi  ehtimoli 
bo‗lgan  er  osti  inshootlarini  ro‗yxati  bo‗lishi  va  ushbu  ro‗yxat  bilan  er  osti 
inshootlariga  xizmat  qiluvchi  xodimlar  tanishtirilishi  shart. 
Xavfli  gaz  paydo  bo‗lishi  ehtimoli  bo‗lgan  barcha  er  osti  inshootlari  chizmada 
belgilangan  bo‗lishi zarur. 
13.6.4.  Er  osti  inshootlarida  ishlarni  boshlashdan  oldin  va  ish  bajarish  mobaynida 
tabiiy  yoki majburiy  shamollatish  uskunasi ishlashini  ta‘minlash  shart. 
Tabiiy  shamollatish  kamida  ikkita  tushish  lyuklarini  ochib  ularni  oldiga  shamol 
oqimini  yo‗naltiruvchi  maxsus soyabonlar orqali amalga  oshirilishi  zarur. 


 
169 
Majburiy    shamollatish  10-15  minut  mobaynida  ventilyator  yoki  kompressor  orqali 
inshoot  tubidan  0,25  m  balandlikka  tushirilgan  yo‗g‗on  shlang  yordamida  er  osti 
inshootlaridagi  havo to‗la almashguncha  amalga  oshirilishi  zarur. 
SHamollatish  uchun qisilgan  gazli  ballonlardan  foydalanish  man qilinadi. 
13.6.5.  Er  osti  inshootlari  ichidagi  havoni  xavfli  gazlar  bilan  ifloslanganlik  darajasini 
tekshirmasdan  turib  u  erda  ish  boshlash  man  qilinadi.  Tekshirishni  havodagi  xavfli 
gazlar  borligini  tekshiruvchi  asbobni  ishlatishga  o‗rgatilgan  maxsus  xodim  amalga 
oshirishi  zarur.  Ushbu  xodimlar  ro‗yxati  korxona  rahbariyati  ko‗rsatmasi  bilan 
tasdiqlanishi  shart. 
Gazlarning  bor-yo‗qligini  ochiq olov yordamida tekshirish  man qilinadi. 
13.6.6.  Uzluksiz  shamollatish  uskunasi  bilan  jihozlangan  kollektor  va  tunnellarda  ish 
boshlashdan  oldin  mahalliy  sharoitga  qarab  ushbu  uskunalar  ma‘lum  muddatgacha 
ishlatilishi  keraq Bunda xavfli  gaz bor-yo‗qligini  tekshirmaslik  mumkin. 
13.6.7.  Kollektor  va  tunnellar  ichida  ishlaganda,  ishchilar  hamma  vaqt  ochiq  turishi 
kerak  bo‗lgan  ikki  lyuk  yoki  eshik  o‗rtasida  bo‗lishlari  shart.  Ochiq  lyuk  oldida 
to‗siqlar o‗rnatilgan  yoki ogohlantiruvchi  belgilar  qo‗yilgan bo‗lishi kerak. 
13.6.8.  Quduqlarni  ochayotganda  uchqun  chiqarmaydigan  asboblardan  foydalanish 
va quduq qalpoqlarini  lyuk chetlariga  urilib  ketmaslik  choralarini  ko‗rish zarur. 
Ochilgan  quduqlar  atrofiga  to‗siqlar  qo‗yilishi  yoki  yon  berisiga  ogohlantiruvchi 
belgilar  qo‗yish shart. 
13.6.9.  III  gruppali  bir  xodimni  straxovka  arqoni  bo‗lgan  himoya  kamarini  taqib 
quduq ichida turishiga  va ishlashiga  ruxsat beriladi. 
Himoya  kamariga  qo‗shimcha  elka  kamari  bog‗langan  bo‗lib,  uni  orqa  belidagi 
kesishgan  joyiga  o‗rnatilgan  metall  halqaga  straxovka  arqoni  bog‗langan  bo‗lishi 
kerak. 
Arqonni boshqa uchini straxovka qiluvchi  ishchidan biri  ushlab turishi  shart. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish