Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti


Elektrostansiya va podstansiyalarning elektr



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/379
Sana01.01.2022
Hajmi4,15 Mb.
#284777
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   379
Bog'liq
MAJMUA HQ 2018й

Elektrostansiya va podstansiyalarning elektr 
uskunalarida erga ulagichni o‗rnatish 
1000  V  kuchlanishdan  yuqori  elektr  uskunalarida  ish  olib  borish  uchun  ajratilgan 
uchastkaga  kuchlanish  qaysi  tomondan  berilishi  mumkin  bo‗lgan  barcha  taraflaridagi 
tok  o‗tkazuvchi  qismlarni  hamma  fazalari  (qutblari)  erga  ulanishi  shart.  Butunlay 
o‗chirilib,  bitta  erga  ulagich  o‗rnatish  etarli  bo‗lgan  umumiy  shinadagi  ish  bundan 
mustasno. 
O‗chirilgan  tarmoq  ayirgichlarida  ish  olib  borganda,  ulardagi  erga  ulagich 
pichoqlarining  borligidan  qatiy  nazar,  ayirgichlardan  ketgan  elektr  uzatish  simlariga, 
ish  jarayonida  ayirgichlarni  o‗chirib-yoqqanda  buzmaydigan  qilib,  qo‗shimcha  erga 
ulagich  o‗rnatilishi  shart. 
Elektr  uskunalarning  erga  ulangan  tok  o‗tkazuvchi  qismi  kuchlanish  ostida  qolgan 
tok o‗tkazuvchi qismidan ko‗zga ko‗rinadigan  qilib  uzilgan  joy bilan  ajratilishi  shart. 
O‗rnatilgan  erga  ulagichlar  bevosita  ish  bajarilayotgan  tok  o‗tkazuvchi  qismlardan 
o‗chirilgan  o‗chirgichlar,  ajratgichlar,  uzgichlar  yoki  quvvat  ayirgichlari,  olib 
qo‗yilgan  saqlagichlar,  olib  tashlangan  shina  va  simlar  orqali  ajratilgan  bo‗lishi 
mumkin. 
Agar  boshqa  kuchlanish  ostidagi  elektr  uskunalari  elektr  maydoni  ta‘sirida  ish  joyida 
kuchlanish  (potensial)  hosil  qilishi  mumkin  bo‗lsa,  bevosita  ish  joyiga  qo‗shimcha 
erga ulagich  qo‗yilishi  shart. 
Ko‗chma  erga  ulagichlar  tok  o‗tkazuvchi  qismlarning  bo‗yoqlaridan  tozalangan 
joylariga  qo‗yilishi  kerak. 
1000  V  kuchlanishgacha  bo‗lgan  elektr  uskunalarining  umumiy  shinalari, 
(izolyasiyali  simlardan  qilingan  shinalardan  tashqari)  va  shchitlarida  ish  olib 
borganda, ushbu uskunalardan kuchlanish  olinishi  va erga ulanishi  shart. 
Bu  taqsimlovchi  elektr  uskunalarning  ulamalariga  ulangan  elektr  tarmoqlariga, 
shchitlariga  yig‗imlari  va  ularga  ulangan  jihozlariga  erga  ulagichni  o‗rnatish 
kerakligini  va mumkinligini  naryad beruvchi yoki farmoyish beruvchi aniqlaydi. 
Ishni  bajarish  xususiyati  (izolyasiya  qarshiligini  o‗lchash  va  h.q)  talab  qilgan taqdirda 
ish  joyini  tayyorlashda  qo‗yilgan  erga  ulagichni  vaqtinchalik  olib  qo‗yishga  ruxsat 
beriladi. 


 
129 
Erga  ulagichni  vaqtinchalik  olish  va  qayta  o‗z  joyiga  qo‗yishni  navbatchi,  tezkor-
ta‘mirlash  xodimi  yoki  naryad  beruvchi  ko‗rsatmasi  bilan  ishboshchi  amalga 
oshiradi. 
Erga  ulagichni  vaqtinchalik  olishga  va  uni  ish  bajaruvchi  tomonidan  amalga 
oshirilishini  naryadning  «Alohida  ko‗rsatmalar»  satriga  yozib  qaerda  va  nima 
maqsadda erga ulagich  olinishi  kerakligi  qayd qilinishi  shart. 
Elektr  uskunalarning  erga  ulagich  o‗rnatish  xavfli  yoki  o‗rnatishning  iloji  bo‗lmagan 
konstruksiyalarida  (masalan,  ayrim  taqsimlovchi  yashiklarda,  komplekt  taqsimlovchi 
elektr  uskunalarining  ayrim  tiplarida,  fazalari  vertikal  joylashgan  taqsimlovchi 
shchitlarda)  ish  joyini  tayyorlashda  erga  ulagichni  qo‗ymasdan  ajratgich  pichoqlariga 
dielektrik  qo‗lqop
 
kiygizish  yoki  kommutatsion  apparatlarining  kontaktlari  orasiga 
izolyasion  nakladka  qo‗yish mumkin. 
1000  V  kuchlanishgacha  bo‗lgan  elektr  uskunalarida  erga  ulagichni  qo‗yish  va  olish 
III gruppaga ega bo‗lgan bir navbatchi yoki tezkor-ta‘mirlash  xodimiga  ruxsat etiladi. 
1000 V va undan yuqori kuchlanishli  elektr  uskunalarida: 
Ko‗chma  erga  ulagichlarni  o‗rnatishni  ikki  kishi  bajarishi  shart:  biri  IV  gruppali 
(navbatchi  yoki  tezkor-ta‘mirlash  xodimlaridan),  boshqasi  III  gruppali;  III  gruppali 
ishchi  ta‘mirlash  xodimlaridan  bo‗lishi  mumkin,  iste‘molchilar  ulamasiga  erga 
ulagichni  o‗rnatish  iste‘molchi  xodimlari  qatnashuvida  bajariladi.  Uzoqda  joylashgan 
podstansillarda  ma‘muriy  texnik  xodimlarning  yoki  disietcherning  ruxsati  bilan 
asosiy  sxemalarda  erga  ulagichni  urnatishda  ikkinchi  xodim  sifatida  III  gruppali 
iste‘molchi  xodimi ishlashiga  ruxsat beriladi; 
erga  ulagich  pichoqlarini  IV  gruppaga  ega  bo‗lgan  navbatchi  yoki  tezkor-ta‘mirlash 
xodimlaridan  bir kishi  ulashi  mumkin; 
erga  ulagich  pichoqlarini  o‗chirish  va  ko‗chma  erga  ulagichni  olishni  navbatchi  yoki 
tezkor-ta‘mirlash  xodimlaridan  III gruppaga ega bo‗lgan bir kishi  bajarishi  mumkin. 
 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish