Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/379
Sana01.01.2022
Hajmi4,15 Mb.
#284777
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   379
Bog'liq
MAJMUA HQ 2018й

2.Ishlarni bajarish 
 
 
Kuchlanishi  1000  V  dan  yuqori  qo‗l  privodan  ajratgich  (raz‘edinitel),  uzgich 
(otdelitel)  va  o‗chirgich  (vыklyuchatel)  uskunalarini  o‗chirish  va  yoqishda 
dielektrikdan  qo‗lqopdan foydalanish kerak. 
Saqlagich qo‗yish va olishda ushbu tarmoqdan kuchlanishni  olish shart. 
Kuchlanishni  olib  tashlovchi  kommutatsion  apparatlar  o‗rnatilmagan  elektr 
qo‗shilmada,  saqlagichni  kuchlanish  ostida  olish  va  qo‗yish,  shu  tarmoqqa  ulangan 
iste‘molchi  o‗chirilgan  taqdirda ruxsat etiladi. 
Ikkilamchi  zanjir  va  yoritish  tarmoqlarida,  kuchlanish  transformatorida  saqlagichni 
quvvatni  olmasdan va kuchlanish  ostida almashtirishga  ruxsat etiladi. 
Kuchlanish  ostida  saqlagichni  almashtirish  kerak  bo‗lib  qolsa,  quyidagi  himoya 
vositasidan foydalanish  zarur: 
1000  V  kuchlanishdan  yuqori  bo‗lgan  elektr  uskunada  dielektrik  qo‗lqop
 
va  himoya 
ko‗zoynagini  qo‗llagan holda ombir (shtanga)-dan; 
1000  V  kuchlanishgacha  bo‗lgan  elektr  uskunada  izolyasiyalangan  ombir  yoki 
dielektrik  qo‗lqop va himoya ko‗zoynagidan foydalaniladi; 
Kommutatsion  apparatlar  bilan  jihozlanmagan  1000  V  kuchlanishgacha  bo‗lgan 
shchit  va  yig‗ilmalarda  o‗rnatilgan  saqlagichlar  (predoxranitellar)  ustma-ust,  fazalar 


 
112 
vertikal  joylashgan  bo‗lsa,  saqlagichni  olish  va  qo‗yish  iste‘molchidan  quvvatni 
olmasdan  turib,  kuchlanish  ostida  almashtirishga  ruxsat etiladi. Bunday paytda ko‗zni 
himoya  qilish
 
vositasi  o‗rniga  yuz  (bet)-ni  himoya  qilish  vositasidan  foydalanish 
tavsiya  qilinadi. 
Ish  olib  borilayotgan  elektr  uskuna  hujrasidan  tashqari,  xonada  qolgan  barcha  xona, 
hujra,  shchit va yig‗ilmalarning  eshiklari  qulflangan  bo‗lishi kerak. 
1000  V  kuchlanishdan  yuqori  bo‗lgan  elektr  uskuna  (yopiq  komplekt,  ochiq 
taqsimlovchi  elektr  uskunaning  xona  va  hujralari),  hamda  1000  V  kuchlanishdan 
yuqori  bo‗lgan  elektr  uskuna  tashqarisida  joylashgan  1000  V  kuchlanishgacha 
bo‗lgan  shchit  va  elektr  uskuna  shchit  va  yig‗ilmalarning  kalitlari  navbatchi  hisobida 
bo‗lishi  shart.  Navbatchi  bo‗lmagan  elektr  uskunalarida  kalitlar  ma‘muriy-texnik 
xizmatchi  hisobida bo‗lishi mumkin. 
Har  bir  kalit  nomerlangan  bo‗lishi  darkor.  Kalitlarning  bir  komplekti  zaxirada 
saqlanishi  shart. Kalitlar  tilxat  bilan  quyidagi  xodimlarga  berilishi  kerak: 
-  yakka  o‗zi  ko‗rib  chiqish  huquqiga  ega  bo‗lgan  xodimlarga—barcha  xonalarning 
kalitlari; 
-  tezkor-ta‘mirlovchi  xodimlar  ichidan  ajratilgan  ishlashga  ijozat  beruvchi  shaxsga, 
ish  rahbari  va  ishboshiga,  nazorat  qiluvchiga—faqat  ish  olib borilishi uchun ajratilgan 
xona kaliti  beriladi. 
Har  kuni  ish  tugagandan  so‗ng  va  elektr  uskuna  ko‗rib  chiqilgandan  keyin  kalitlar 
albatta  qaytarib  topshirilishi  keraq  Navbatchi  bo‗lmagan  elektr  uskunada  ish  olib 
borilganda  ushbu  elektr  uskuna  joylashgan  xona  kaliti,  ko‗rib  chiqilgandan  yoki  ish 
batamom  tugallangandan  so‗ng,  uzog‗i  bilan  keyingi  ish  kunidan  kechiktirmasdan 
topshirilishi  kerak. 
Elektr  uskuna  joylashgan  xona  kalitini  uzoq  muddatga  berish  elektr  tarmog‗i 
korxonasining  taqsimlovchi  elektr  uskunalarida  tezkor  o‗chirish-yoqish  huquqiga  ega 
bo‗lgan  iste‘molchi  xodimiga  hamda  yakka  o‗zi  ko‗rib chiqish huquqiga ega bo‗lgan 
navbatchiga,  tezkor  —  ta‘mirlash  va  ma‘muriy-texnik  xodimlarga  berish  zaruratini 
korxona bosh muhandisi belgilaydi. 
Kalitni  olish  va  qaytarish  jarayoni  istalgan  shakldagi  ish  jurnali  yoki  tezkor-
dispetcherlik  jurnallarida  qayd qilinishi  kerak. 
Elektr  tokiga  tushib,  jarohatlanganni  qunqarish  uchun  elektr  uskunadan  kuchlanishni 
olish ruxsatsiz bajarilishi  mumkin. 
Qisqa  muddatli,  uzog‗i  bilan  1  soatgacha  davom  etadigan  ishlar  farmoyish 
bilan  ta‘mirlash  xodimi,  navbatchi  yoki  tezkor-ta‘mirlash  xodimi  nazoratida  hamda 
navbatchining  yoki tezkor-ta‘mirlash  xodimlarning  o‗zi bajarishiga  ruxsat beriladi. 
Bunday ishlarga  quyidagilar  kiradi: 
—  kabel,  sim,  shinalarni  elektrodvigatel  va  boshqa  uskunalardan  bo‗shatib  ajratish 
yoki ulash; 
—  taqsimlash  uskunadagi  releli  himoya,  avtomatika,  telemexanika,  aloqa,  shu 
jumladan  yuqori davr tezlikli  himoya  va aloqa filtrlari  uskunalaridagi  ishlar; 
—  0,4  kV  kuchlanishli  havo  elektr  tarmog‗ini,  hamda  hamma  kuchlanishli  kabel 
elektr  tarmog‗ini  ulash  va  bo‗shatib  ajratish,  fazirovka  qilish,  kabel  elektr  tarmog‗ini 
uzilgan  yoki  uzilmaganligini  tekshirish,  transformatorda  o‗rnatilgan  kuchlanishni 
oshirish  va  kamaytirish  shaxobchalarini  burash,  moy  o‗lchagich  oynasini  va  ayrim 


 
113 
yakka  izolyatorlarni  artish,  transformator  moyini  quyish  va  tekshirishga  olish, 
transformator  moyini  quritish  va  tozalash  uchun  o‗rnatilgan  asboblarni  ulash  yoki 
bo‗shatib  ajratish,  havo  bilan  ishlaydigan  o‗chirgichdagi  manometrni  almashtirish, 
elektr  uskunadagi  tok  o‗tkazuvchi  qismlarni  qizishi  va  titrashini  o‗lchash,  elektr 
o‗lchov  ombirlari  bilan  o‗lchash,  elektr  uzatish  tarmog‗iga  tushib  qolgan  begona 
narsalarni  olib  tashlash,  havo  elektr  uzatish  tarmog‗i  simiga  qulagan  daraxt,  shox-
shabba va boshqalarni olib tashlash; 
—  elektr  uskunani  dispetcherlik  va  texnologik  boshqaruv  vositasi,  issiqlik 
avtomatikasi  va  o‗lchovchi  uskunasi  va  kanallarini  mo‗‗tadil  ishlashiga  xavf 
tug‗diruvchi,  iste‘molchini  mo‗‗tadil  elektr  energiya  bilan  ta‘minlashga  xavf  soluvchi 
yoki  shunday  nosozliklar  sodir  bo‗lganda  ularni  bartaraf  qilish  uchun  kerak  bo‗lgan 
zarur ishlar. 
4.3.1.  band-da  qayd  etilgan  ishlarni  bajarish  uchun  ishchilar  soni  nazorat  qiluvchi 
xodim bilan  birgalikda  3 kishidan  oshmasligi  kerak. 
1000  V  kuchlanishdan  yuqori  elektr  uskunada  ishlaganda  ish  bajarayotgan  yoki 
nazorat  qiluvchi  navbatchi  yoki  tezkor-ta‘mirlash  xodimning  kattasi  elektr  xavfsizligi 
bo‗yicha  IV  gruppaga,  1000  V  kuchlanishgacha  bo‗lgan  elektr  uskunada  ish 
bajarishda  III  gruppaga  ega  bo‗lishi  keraq  Brigadaning  qolgan  a‘zolari  III  gruppaga 
ega  bo‗lishlari  kerak.  Iste‘molchi  ulangan  elektr  uzatish  tarmog‗ida  ishlanganda  ishga 
iste‘molchi  xodimi ham jalb  qilinishi  mumkin. 
Ish boshlashdan oldin ochiq taqsimlovchi uskunalarda ish joyini arqon bilan urashdan 
tashqari  ish  joyini  tayyorlashga  oid  barcha  texnik  tadbirlar  amalga  oshirilishi  keraq 
Bunday  hollarda  ochiq  taqsimlovchi  elektr  uskunada  ish  joyini  arqon  bilan  o‗rash 
majburiy  emas. 
4.3.1.—bandda  qayd  etilgan  ishlarni  bajarish  1  soatdan  ko‗p  vaqt  yoki  3  kishidan 
ortiq ishchi talab etsa, u holda ushbu ish naryad bilan  bajarilishi  kerak. 
 
 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish