Вазирлиги ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги



Download 8,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/308
Sana25.02.2022
Hajmi8,21 Mb.
#283922
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   308
Bog'liq
1kitob

Izlanish metodlari. Chizmachilik o‘qitish metodikasida umumiy, ilmiy va maxsus izlanish metodlari 
qo‘llanilishi mumkin. Ular nazariy, kuzatish, suhbat, tajriba va boshqalar. 
Nazariy metod. Adabiyotlarni o‘qitish, o‘rgatish, tahlil qilish va pedagogik boy tajribalarni umulashtirish. 
Ish o‘rganishga mo‘ljallangan adabiyot (bibliografiya, jurnallar, maqolalar, referatlar, ma’lumotnomalar 
kabi) larning ro‘yxatini tuzish va o‘rganish. 
Kuzatish metodi. Pedagogik jarayonga aralashmasdan uzoq vaqtga mo‘ljallangan bo‘ladi. Avval 
o‘qituvchi so‘ngra o‘quvchilar faoliyati kuzatiladi. Bu vaqt ichida o‘rganilayotgan muammo yechimi qay 
darajada amalga oshirilayotgani kuzatib boriladi. Oldingi darslar har bir o‘tilayotgan dars bilan taqqoslab 
turiladi va kerakli ma’lumot to‘plab boriladi. 
Suhbat metodi. Kuzatish davrida erisha olmagan muammoni suhbat yo‘li bilan olish mumkin. Suhbat 
o‘qituvchi va o‘quvchi bilan alohida yoki birgalikda o‘tkazilishi mumkin. Bunda o‘quvchining muammo 
bo‘yicha fikrlashi aniqlansa, o‘qituvchining muammoni qanday bartaraf qilish usuli o‘rganiladi. 
Anketa bo‘yicha so‘rov. 
Eksperiment, tajriba sinov. Tabiiy va laboratoriyali bo‘ladi. 
Natijalarni solishtirish. 
115


Tabiiy tajriba sinov (eksperiment) darsda barcha o‘quvchilar bilan o‘tkaziladi. Joriy dasturni o‘rganish 
uchun uzoq vaqtli eksperiment o‘tkaziladi. Eksperiment dasturning bir qismini yoki biror mavzuni o‘rganish 
uchun dars jarayonida o‘tkaziladi. Bu yerda dars o‘tishda qo‘llaniladigan metod, ko‘rgazmali qurollardan 
foydalanish va boshqalar o‘rganiladi. 
Laboratoriyali eksperiment odatda, individual yoki kamroq o‘quvchilar bilan o‘tkaziladi. Bu yerda 
o‘quvchi yoki o‘quvchilarning ish jarayoni kuzatiladi. Masalan, berilgan ikkita proyeksiya bo‘yicha 
uchinchisini topish va hokazo. 
Eksperiment natijalarini aniqlashda solishtirish metodidan foydalaniladi. Eksperiment o‘tkazilayotgan 
sinf bilan eksperiment o‘tkazilmayotgan sinflarning o‘zlashtirish darajasi o‘zaro taqqoslanadi, o‘qitish 
usullari ham o‘zaro solishtiriladi va hokazo. 
Umumiy o‘qitish metodidan tashqari maxsus o‘qitish metodi tatbiq qilinishi mumkin. Bu yerda 
o‘quvchining grafik tushunchasini o‘rganish va boshqa tomonlarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. 
Maxsus metodlarga siklografiya – o‘quvchining kinematik harakatlarini ro‘yxatga olish, okulografiya – 
ko‘z harakatini ro‘yxatga olish, xronometraj – vaqtni o‘lchash, multiplikatsiyalash – grafik tasvirlshlarni 
ketma-ketli bajarilishini ro‘yxatga olish va boshqalar. 
Bu yerda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlashda kim qanday o‘zlashtirayotgani 
jarayonlari o‘rganiladi.
Bu izlanishlarning barchasi ilgari surilgan gipotezani aniqlashga yordam beradi. 
O‘qitishning reproduktiv va muammoli-izlanish usullari o‘quvchilarning yangi tushuncha va qonunlarni 
bilishdagi ijodiy faolligi hisoblanadi. 
Reproduktiv usul birinchi navbatda o‘quvchilarning o‘quv materialini mustahkamroq eslab qolishini 
ta’minlash, bilish, amaliy ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish maqsadida qo‘llaniladi. Reproduktiv 
mashqlar amaliy ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish maqsadida qo‘llaniladi. Reproduktiv mashqlar 
amaliy ko‘nikma va malakalarni namuna bo‘yicha bir necha bor takrorlash orqali mustahkamlashga samarali 
ta’sir ko‘rsatadi. Reprodukt – qayta takrorlash degan ma’noga to‘g‘ri keladi. 
Induktiv (induksiya – ayrim fikrlardan umumiy xulosa chiqarishdagi muhokama usuli) yoki deduktiv 
(deduksiya – mantiqiy xulosa chiqarish) usullarni qo‘llash, o‘rganilayotgan mavzu mazmunini ochishning 
ma’lum mantiqini xususiydan umumiyga yoki umumiydan xususiyga o‘tishni tanlash tushuniladi. O‘quv 
materialini tezroq o‘tish, tafakkurni faolroq rivojlantirishga yordam beradi. 
Barcha tadqiqot ishlarda yuqorida bayon etilgan zamonaviy pedagogik va boshqa texnologiyalar ta’siri 
hisobga olinadi hamda ularning roli yaratiladi. 

Download 8,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish