Вазирлиги ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги



Download 8,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet293/308
Sana25.02.2022
Hajmi8,21 Mb.
#283922
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   308
Bog'liq
1kitob

 
Библиографический список 
1. Баутин В.М. Устойчивое развитие сельских территорий: вопрос стратегии и тактики. – М.: 
ФГНУ «Росинформагротех», 2009. – 322 с. 
2. Баутин В.М. Концептуальные основы освоения достижений научно- технического прогресса в 
агропромышленном комплексе России. – М.: ФГНУ «Росинформагротех», 2010. – 122 с. 
3. Лещиловский П.В. Экономика предприятия агропромышленного комплекса. – Минск, 2012. – 
302 с. 
 
 
 
TA`LIM, FAN VA ISHLAB CHIQARISHNING UZVIYLIGI 
 
B .Sapayev 
1
 , L.T Djurayeva 
2
, D.T Xajiqulova 
3
, M .Eshonqulova 
3
 
TDAU
1
 , TVDPI
2
. k.f.n. dotsent, Ohangaron tumani, Nurobod “Energetika” kolleji
3
 
 
Ta’lim sohasida O‘zbekistonda «Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dastur» ning qabul qilinishi sanoat, 
qishloq xo‘jaligi, transport, xizmat ko‘rsatish va boshqa barcha ishlab chiqarish sohalari uchun bozor 
iqtisodiyotidan kelib chiqqan holda yetuk va malakali kadrlar tayyorlashga qonuniy asos bo‘ldi. Milliy dastur 
— kadrlar tayyorlash va ta’lim sohalaridagi davlat siyosatini amalga oshirishning strategik negizi bo‘lib, turli 
darajadagi yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash tizimini rivojlantirishga ma’naviy 
boy, erkin, ijodiy va har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda respublikamizning shahar va qishloqlarida zamonaviy akademik 
litsey va kollejlar qurilib ular zamon talablariga to’la javob bera oladigan o’quv va laboratoriya jihozlari 
bilan ta’minlangan.Toshkent Davlat Agrar Universiteti “Fizika va kimyo” kafedrasi bilan bevosita 
hamkorlikda ish yuritadigan Ohangaron tumani “Nurobod Energetika” kolleji ham shular jumlasidandir. 
Fan va texnika tezkor rivojlanib borayotgan hozirgi paytda iqtisodiyotning boshqa sohalari kabi 
energetika sohasida xizmat qiluvchi injener energetiklarni tayyorlashda Respublikamizda bu sohadagi olib 
369


borilayotgan islohatlar hamda uning istiqbollari haqida talaba yoshlarni uzluksiz tanishtirib borish, ularni bu 
boradagi bilimlarini orttirish bilan bir qatorda kelajakda yetuk mutaxassis kadrlar bo`lib yetishishiga turtki 
bo`ladi. Shuning uchun dars jarayonida internet ma`lumotlaridan foydalangan holda talabalarni sohalariga 
oid bilim va ko`nikmalar bilan qurollantirib borish muhim o`rin egallaydi. 
Ma`lumki mamlakatimiz iqtisodiyotidagi muhim o'rinlardan birini ko'mir sanoati egallaydi. 
Ushbu berilgan diagrammaga ko`ra elektr energiyasini ishlab chiqarishda ko`mir ham alohida 
ahamiyatga ega. Shuning uchun Respublikamizda energiya ishlab chiqarishda qattiq yoqilg'ining o`rnini 
bilgan holda ko`mir zahiralari va uni qazib chiqarish va elektr energiyasiga aylantirish borasidagi so`ngi
ma`lumotlar energetika sohasini egallayotgan talaba yoshlarimiz uchun qiziqarlidir. Bu kabi ma`lumotlar 
ayniqsa talabalarning o`zlari yashayotgan hudud bilan bog`liq bo`lsa, yanada ahamiyatliroq bo`ladi. 
Masalan, ushbu ishda Ohangaron tumani va Angren
shahri bilan bog`liq ma’lumotlardan foydalanamiz. 
Ayni davrda Respublikamizda aniqlangan ko'mir zahiralari 1832.8 mln tonnani, jumladan: qo'ngir 
ko'mir - 1786.5 mln tonnani, toshko'mir - 48.3 mln tonnani tashkil qiladi. Bashorat qilingan ko'mir resurslari 
3.5 mlrd. tonnadan oshadi. Surhondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida toshko'mirning katta zahiralari 
joylashgan. Samaradorlikni oshirish va yoqilg'i energetika resurslaridan oqilona foydalanishdagi ustuvor 
yo'nalishlardan biri energiya ishlab chiqarishda qattiq yoqilg'ining ulushini ko'paytirishdir.
Ko'mir stansiyalarini yanada rivojlantirish zaruriyati qidirib topilgan va tadbiq etilgan ko'mir konlarida 
foydali qazilmalarning kattagina resurslari mavjudligi bilan izohlanadi. Ko'mirning balans zahiralari 1.5 
mlrd. tonnadan ziyod. "Angren" ko'mir konida ko'mir zahiralari ochiq usulda ishlab chiqiladi. Bundan 
tashqari “Yerostigaz" OAJ yer osti gazlashtirilishi usuli bilan qo'ngir ko'mirdan gaz ajratib oladi. 
"Yerostigaz" OAJ stansiyasi jahon amaliyotida o'xshashi bo'lmagan eng qudratli sanoat ob'yekti hisoblanadi. 
Korxonaning bosh maqsadi qo'ngir ko'mirni yer ostida energetika gaziga qayta ishlab chiqish va undan 
keyinchalik Angren lESda foydalanishga qaratilgan. 2012 yilda ko'mir qazib olish 3.9 mln. tonnani tashkil 
qildi. 147 mlrd. so'mdan ziyod tovar mahsuloti ishlab chiqarildi. Respublika energetika balansida ko'mirning 
ulushini oshirish muhim ekanligini inobatga olib hukumat qarori bilan ko'mir sanoatini rivojlantirishning 
2019 yilgacha mo'ljallangan dasturi tasdiqlangan. Unga ko'ra, yangi ilg'or texnologiyalarni joriy qilish, ishlab 
chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, mavjud quvvatlarni modernizatsiyalash, texnologik jihatdan 
yangilash va kengaytirishga qaratilgan qator investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. 
Dasturning amalga oshirilishi 2019 yilga kelib foydali qazilmalarning yuzini ochish hajmini 71 mln
3
gacha, 
ko'mir qazib olishni - 8.1 mln tonnaga yetkazish, respublika ko'mir sanoatini sifat jihatidan yangi rivojlanish 
bosqichiga ko'tarish, uning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirishga imkon beradi. Investitsiya 
siyosatiga muvofiq, kompaniya tomonidan “Yangi Angren lESning 1-5-energobloklarini “Angren" ko'mir 
konini modernizatsiyalash bilan birga yil bo'yi ko'mir yoqishga o'tkazish", “Angren lESda kulchanligi yuqori 
bo'lgan ko'mirni yoqish uchun issiqlik olish bilan 130-150 MVt quvvatli energoblok qurish" loyihalari 
amalga oshirilmoqda.
370


Bu “Angren" konida ko'mir qazib olish jarayonida to'planib qoladigan taxminan 1.0 mln tonna past navli 
ko'mirni stansiya uchun yoqilg'i sifatida ishlatishga imkon beradi. Mazkur texnologiyadan jahondagi 25 ta 
issiqlik elektr stansiyalarida foydalaniladi xolos. Qo'ngir ko'mir qazib olish darajasini oshirish maqsadida, 
“Apartak" MChJni modernizatsiyalash zaruriyati munosabati bilan innovatsion texnologiyani qo'llagan holda 
“Apartak" konida muqobil qo'ngir ko'mirdan dizel yoqilg'isi hosil qiluvchi zavod qurilishi rejalashtirilgan. 
Zavodning loyiha quvvati yiliga 2.2 mln tonna qo'ngir ko'mirga ishlov berish yoki 700 ming tonna dizel 
yoqilg'isini olishni nazarda tutadi. Shuningdek, ikkilamchi kaolindan gil-sement ishlab chiqarishini 
rejalashtirilmoqda. 

Download 8,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish