Вазирлиги ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги



Download 8,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/308
Sana25.02.2022
Hajmi8,21 Mb.
#283922
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   308
Bog'liq
1kitob

Tadqiqot uslubiyoti. Har doim yosh avlodning ta’lim-tarbiyasiga Davlat ahamiyati darajasida e’tibor 
qaratilib kelinmoqda. Chunki yurtboshimiz aytganlaridek “…yoshlar ertangi kunimizning ishonchi va 
tayachidir”. Shu maqsadda 2013-yili 28 ta yangi KHK qurildi, 381 ta umumta’lim maktabi, oliy o‘quv 
yurtlari tizimidagi 45 obyekt, 131 ta KHK va litseylar rekonstruksiya qilindi va capital ta’mirlandi. 
Shuningdek, 55 ta bolalar musiqa va san’at maktabi, 112 ta bolalar sporti obyekti va 4 ta suzish havzasi 
foydalanishga topshirilib, ularning barchasi zarur uskuna va inventarlar bilan jihozlandi. Mamlakatimizda 
sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda uzlusiz ta’limida faoliyat ko‘rsatayotgan har bir tarbiyachi, 
muallim, professor-o‘qituvchi baholi qudrat sidqidildan mehnat qilib kelmoqda. Biroq “Sog‘lom bola yili” 
Davlat dasturini rejali tarzda amalga oshirishda ta’lim tizimida faoliyat yurituvchi kishilar o‘z ish rejalarini 
tizimli ravishda tashkil qilishlari va dasturdan ko‘zlangan maqsadga erishishlari lozim bo‘ladi. 
Yosh avlodning yetuk shaxs bo‘lib shakllanishida uzluksiz ta’lim tizimidagi oliy ta’limning o‘z o‘rni va 
amaliy ahamiyati mavjud. Chunki murg‘ak qalb egasini mustaqil ravishda hayotning turli go‘zalliklari va 
qiyinchiliklari oldida esankirab qolmasligi, dunyo yoshlariga qo‘yilayotgan talablarga javob bera olishi, 
intelektual salohiyatli, zukko inson bo‘lib yetishishida oliy ta’lim muassasalari hamda unda mehnat 
qilayotgan professor-o‘qituvchilarning zahmatli mehnatlari yotibdi. 
Oliy ta’limning boshqa talim muassasalarida o‘zaga xos farqi bor. Birinchidan, OTMga aqlini tanigan 
yoshdagi farzandlarimiz o‘qish, ilm olish uchun keladi. Ikkinchida, ularda maqsadli ravishda ilm olishga 
ishtiyoq mavjud.
Biroq, talabalarning turli viloyat va tumanlardan kelishi, ularning ota-onalari farzandlarini kundalik 
ravishda kuzata olmasliklari, ota-onalarni professor-o‘qituvchi va murabbiylar bilan har doim muloqot qilishi 
umumta’lim maktablariga nisbatan biroz cheklanganligi, talabalarning ijarada va talabalar turar joylarida 
(TTJ), qarindosh-urug‘larning uylarida istiqomat qilishi ayrim qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. 
Buning natijasida ayrim talabalar tomonidan to‘qlikka sho‘xlik qilish harakatlari amalga oshirilmoqda. 
Ish tajribamizdan kelib chiqqan holda ularning ayrimlarini keltirib o‘tamiz: 
ko‘pchilik talabalarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi yo‘lga qo‘yilmagani; 
- ba’zi talabalarning sog‘ligi, biologik immunitet tizimi o‘zining yoshiga nisbatan belgilangan talabga 
javob bermasligi; 
- ayrim talabalarning g‘oyaviy immun tizimidagi bo‘shliqni mavjudligi va ularni noto‘g‘ri yo‘llarga kirib 
qolishi; 
- talabalarni Internetdan o‘z ilmiy salohiyatini oshirish uchun emas, balki turli buzg‘unchilikka undovchi 
saytlarni kuzatishi, bizning mentalitetimiz va sharqona tarbiyamizga to‘g‘ri kelmaydigan materiallarni olishi; 
- kam sonly ba’zi talabalarni sababsiz institut yoki universitet bilan aloqasini uzib qo‘yishi; 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning Mamlakatimizni 2013 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
yakunlari va 2014 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar 
Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. “Xalq so‘zi” gazetasi. 2014 yil 18-yanvar, №13. 
36


- mamlakatimizdagi yoshlarning porloq kelajagi uchun mamlakatimiz miqyosida va ta’lim tizimida 
amalga oshirilayotgan ishlardan ba’zi yoshlarning kam darajada xabardorligi, uning ishtirokchisi bo‘lishda 
sustkashligi. 
Bunday kamchiliklarning mavjudligi albatta ko‘nglimizni xira qiladi. Biroq hamma yoshlar ham 
yuqoridagi xislatlarga ega deyishdan umuman yiroqmiz. Turli tanlovlarda, sport musobaqalaridafaxrli 
o‘rinlarni olib kelayotgan, o‘z kelajagi uchun tinimsiz ilm, hunar, kasb sirlarini o‘zlashtirayotgan yoshlarimiz 
ko‘pchilikni tashkil qiladi. 
Yuqorida keltirib o‘tilgan salbiy holatlarni bartaraf etish uchun OTMlarining professor-o‘qituvchilari 
oldida tizimli ravishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb ishlar turibdi. Quyida ularning mazmuni 
bilan tanishtirib o‘tamiz. 
1. Har bir OTMda ochiq va yopiq turdagi sport zallari mavjud bo‘lishi, u yerda sport to‘graklarini faoliyat 
ko‘rsatishi hamda talabalarni unga jalb qilinishi. Chunki TTJda yashovchi talabalarning ko‘pchilik qismi 
sport bilan shug‘ulanishni xohlaydi, biroq sport to‘garaklari tizimli yo‘lga qo‘yilmagan. Ayrim OTMlari 
yopiq turdagi sport zallari mavjud emas. 
2. Sog‘lom turmush tarzini tashkil qilish mexanizmlarini mutaxassis yordamida guruhlarda talabalarga 
yetkazish.
3. Shaxsiy gigiyena qoidalari va uni yo‘lga qo‘yishning ahamiyatini bevosita guruh murabbiylari 
talabalarga, ayniqsa, ijarada va talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchilarga aniq misollar orqali 
yetkazishi. Bunda albatta axborot soatlari va guruhning ma’naviyat darslariga tibbiyot xodimlarini jalb 
qilish, mutaxassislarning fikrlarini jonli tarzda talabalarga yetkazish o‘rinli bo‘ladi. Chunki guruhlarimizda 
oila qurgan yoki ushbu ostonada turgan yoshlarimiz ko‘pchilikni tashkil qiladi. 
4. Talabalarga Internet tizimi va undan foydalanish madaniyati yetkazish. Biz hozirgi kunda Internet 
tizimini yopib yoki chegaralab qo‘ya olmaymiz. Bu xususida Prezidentimiz shunday degan: “Bugungi kunda 
yoshlarimiz nafaqat o‘quv dargohlarida, balki radio-televideniya, matbuot, internet kabi vositalar orqali ham 
rang-barang axborot va ma’lumotlarni olmoqda. Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan 
shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat o‘rab-chirmab, uni o‘qima, buni ko‘rma, deb bir 
tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o‘rab olish, hech shubhasiz, zamonning 
talabiga ham, bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga ham to‘g‘ri kelmaydi” [2]. Shunday ekan har bir 
professor-o‘qituvchi avvalo o‘zi Internet tizimi va undan foydalanish madaniyatiga ega bo‘lishi va uni 
yoshlarga aniq misollarda ko‘rsatib berishi, yoshlarda axborotdan foydalanish madaniyatini shakllantirishi 
lozim. 
5. Talabalar ichida sodir etilayotgan qonunbuzarliklar va ularning oqibatlari, buni oldini olishga 
qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar to‘g‘risida davra suhbatlarini tashkil qilish. Albatta bunda ichki ishlar 
xodimlarining ishtirokini ta’minlash o‘zining ijobiy samarasini beradi. 
6. Guruh murabbiylari, fakultet rahbariyati va murabbiylar kengashi faollarini talabalarning ota-onalari 
bilan aloqalarini mustahkamlash. Fakultetda ota-onalar kuni va kengashini tashkil qilish, ota-onalar bilan 
ularning farzandlarini o‘qishi, yashashi, ma’naviy qarashlari to‘g‘risida bevosita suhbatlashish lozim. 
7. OTM larida faoliyat yuritayotgan murabbiylar kengashi va murabbiylar faoliyatini moddiy 
rag‘batlantirish orqali ularning faolligini oshirish. Shunda guruh murabbiylari ijarada, TTJlarida va o‘z uyida 
yashovchi talabalar bilan jiddiy ish olib borishga o‘ta mas’ul bo‘lishga majbur bo‘ladi. Guruh 
murabbiylarning shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv yuklamasiga har haftaning seshanba kuni o‘tkazadigan 
“Axborot soati” va “Murabbiylik soati”ni kiritish masalalasini o‘ylab ko‘rish lozim. 

Download 8,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish