Ish joyining asosiy qismlaridan biri operatorning kreslosi (o'rindig'i) hisoblanadi. U
operatorga fiziologik jihatidan mehnat harakteri va sharoitiga binoan qulay ishchi holat (poza)ni
ta'minlash va funksional shinamlikni ta'minlash mezoni bo'lishi lozim. Kreslo o'z ichiga o'tirgich,
suyanchiq va tirsak qo'ygichlar hamda qo'shimcha elementlar - bosh qo'ygich va oyoq
qo'ygichlardan iborat bo'ladi. Kresloning hamma qismlari vertikal va gorizontal tekislikda, hamda
ma'lum burchakka sozlanadigan bo'lishi kerak. Yana u polga nisbatan mustaxkamlanadigan
moslama, hamda zarur bo’lgan hollarda vertikal o'q bo'yicha 180-360° buraladigan moslamaga
ega bo'lishi lozim. Harakatlanadigan texnikada kreslo xavfsizlik tasmasi bilan jihozlanishi lozim.
Ish joyida odamning kompleks harakatlarini loyihalashda quyidagi qoida va nizomlarni
bilish foydali: harakat trayektoriyasi va sonini minimumgacha; harakatning oddiy va ritmik
bo’lishi; har bir harakat keyingi harakatni boshlash uchun qulay holda tugashi; o'tgan va bo’lajak
harakatlar bir-biri bilan tekis bog'langan bo'lishi; harakatni boshlash va tugatish uchun zarur
bo'lgan vaqt taxminan doimiy va yo’l uzunligiga bog’liq bo’lmasligi; qo'lning egri chiziqli
uzluksiz harakati to'satdan yo'nalishini o'zgartirgan yakka harakatdan tez bo'lishi;
aylanma harakat ilgarilama harakatdan tez bo’lishi; qo'lning gorizontal harakati vertikalga
nisbatan aniq va tez bo'lishi; agar harakatda ikkala qo'l qatnashsa, ular vaqt bo'yicha simmetrik va
sinxron (tekis) bo'lishi (bir vaqtda boshlanishi va tugashi kerak).
Tizimlarning muvaffaqiyatli ishlab turishini ta'minlash uchun ergonomika sohasidagi
mutaxassisllar uni 5 xil jihati (moslik)ka ajratadilar: ma'lumot, biofizik, energetik, fazoviy -
antropometrik va texnikaviy estetik jihatlar.
Ma'lumot jihatining maqsadi - mashinaning barcha tavsiflarini aks ettirish va operatorning
bu ma’umotlarni xatosiz qabul qilish va ishlov berish, uni va xotirasini zo'riqtirmaslik demakdir.
Natijada operator mehnatining xavfsizligi, aniqligi, sifati va unumi ta'minlanadi. Biofizik jihatiida
- shunday atrof-muhitni tashkil qilish tushuniladiki, bunda operator uchun normal fiziologik holat
va zarur ish qobiliyati ta'minlab beriladi. Misol: mashinalarni yaratayotganda muhitning shovqin,
titrash, yorug’lik va havo muhitining ko'rsatkichlarini maxsus izlanish zaruriyati paydo bo'ladi.
Energetik jihatidan mohiyati- mashinaning boshqarish qismlari bilan operator optimal
imkoniyatlarining kelishuvi ko'riladi. Bunda operator tomonidan qo'yilgan kuch, sarflangan
quvvat hamda mashina harakatining tezligi va aniqligi nazarda tutiladi.
Fazoviy-antropometrik jihatida - ish jarayonida odam tanasining o’lchamlarini, tashqi
fazoning ko'rinish imkoniyati va operatorning holatini hisobga olish nazarda tutiladi. Bu masalani
yechish uchun ish joyining hajmi, operatorning yeta olish qobiliyati va uning pultgacha bo'lgan
masofasi va boshqalar aniqlanadi.
Ergonomikaning texnikaviy-estetik jihatilari - mehnat jarayonida insonning mashina bilan
muloqotda bo'lishi natijasida qay darajada qanoatlanganligining ta'minlanishini ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: