4. Ergonomik usul. Bu usulda mehnat turlarining o‘ziga xos tomonlari ergonomik
omillarning mehnat xavfsizligiga ta’sir darajasi baholanadi.
5. Iqtisodiy usul. Bu usulda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishdan keltirilgan iqtisodiy zarar,
shuningdek, mehnat xavfsizligiga sarflangan mablag‘ning to‘g‘ri taqsimlanishi baxtsiz voqeani
oldini olishga ketgan harajatlarni samaradorligi aniqlaniladi. Bu usul qo‘shimcha usul bo‘lib
hisoblaniladi chunki u baxtsiz hodisalarni aniqlashga imkon bermaydi.
Mehnat sharoitlari ish jarayonida inson salomatligi va ishga layoqatliligiga ta’sir
ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish muhiti omillari yig’‘indisidir. Mehnat sharoitlari shikastlanishlar va
kasb kasalliklari yuzaga kelishi uchun har qanday shart-sharoitni istisno etish kerak. Mehnat
sharoitlarini tashkil qiluvchi omillar odatda 4 ta asosiy guruhga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |