75
6-MAVZU. HUJJATLASHTIRISH VA INVENTARIZATSIYA
Takrorlash uchun savollar
1. 19-son BHMSning mazmuni nimadan iborat?
2. Inventarizatsiya buyrug‗i nima?
3. Inventarizatsiya kim tomonidan o‗tkaziladi?
4. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomad va ortiqchalik qanday
yopiladi?
5. Inventarizatsiya o‗tkazish va natijasini rasmiylashtirish qanday amalga
oshiriladi va qaysi me‘yoriy hujjat bilan tartibga solinadi?
6. Inventarizatsiya qanday xususiyatlariga ko‗ra turkumlanadi?
7. Inventarizatsiyaning boshqaruvdagi axamiyatini qanday izohlanadi?
8. Inventarizatsiyaning qanday turlari mavjud?
9. Pul hujjatlarini rasmiylashtirishga qo‗yilgan talab nimadan iborat?
10. Hujjat nima?
11. Hujjatlar aylanish jadvalini kim rasmiylashtiradi va kim tomoidan
tasdiqlanadi?
12. Hujjatlardagi rekvizitlar nimalardan iborat?
13. Hujjatlarni aylanishi nima?
14. Hujjatlarni qabul qilishda nimalarga e‘tiborni qaratish lozim?
15. Hujjatlarni qayta ishlash qanday amalga oshiriladi?
16. Hujjatlarni rasmiylashtirish qanday amalga oshiriladi?
17. Hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi qaysi me‘yoriy hujjatlar bilan tartibga
solinadi?
18. Hujjatlarni rasmiylashtirishda nimalarga e‘tiborni qaratish lozim?
19. Hujjatlar ro'yxati nima maqsadda yuritiladi?
20. Hujjatlarning aramiyati nimada?
1-masala. Xo‗jalik xarajatlariga hisobot oyidagi summadan foydalanish
bo‗yicha vaziyatni ko‗rib chiqib va buxgalteriya hujjatlarini to‗ldiring hamda
muomalalarni provodkalarda aks ettiring. Masalani bajarish uchun ma‘lumotlar.
Korxona nomi: ―SSB‖ MChJ.
Rekvizitlari:
INN
263403122,
X/R
20208000007050000201
O‗zsanoatqurulish bank ATB. Yuridik shaxs manzili: Toshkent sh., A.Temur 60-
uy. ―SSB‖ MChJ Direktori O.Saidov. Bosh hisobchi S.Abdullaev. Kassir
A.Sherov. Ko‗rib chiqilayotgan davr joriy yilning fevral oyi.
―SSB‖ MChJ ta‘minotchisi kassadan ehtiyot qismlarni xarid qilishga 90000
so‗m hisobdorlik summasi olgan. U kerakli ehtiyot qismlar (lentani aylantiruvchi
rolik - donasi 16500 so‗mdan 4ta, metiri 2000 so‗mdan 10 metr lenta) xarid
qilgan va kassaga avans hisobotini topshirgan. A.Alisherov ehtiyot qismlarni
76
omborga, hisobdorlik summasining qoldig‗ini ―SSB‖ MChJ kassasiga topshirgan.
Quydagi hujjatlarni to‗ldirish topshiriladi:
10 fevral 10-sonli chiqim kassa orderi, 11 fevral 12-sonli avans hisoboti, 11
fevral 32-sonli yuk xati, 12 fevral 13-sonli kassa kirim orderi.
Hisobdorlik summalardan xizmat safari xarajatlariga foydalanish bo‗yicha
vaziyatni ko‗rib chiqish va kerakli hujjatlarni to‗ldirish lozim.
―SSB‖ MChJ ta‘minotchisi A.Alisherov direktorning 14 fevralidagi 7-sonli
buyrug‗iga ko‗ra 15 fevraldan 7 kun muddatda Urgench shaxrida xizmat safarida
bo‗lgan. A.Aliev xizmat safari uchun kassadan 2000 000 so‗m hisobdorlik
summasi olgan va safardan qaytib kelishi bilan avans hisobotini topshirgan.
Hisobot bo‗yicha xizmat safari xarajatlar:
- mehmonxonada yashash kuniga 110 000 so‗m;
- somolyot chiptasi borish-kelish uchun 850 000 so‗m;
- kundalik xarajatlar jami 350 000 so‗m.
Quydagi hujjatlarni to‗ldirish kerak: 14 fevral 6-sonli xizmat safari
guvohnomasi, 14 fevral 12-sonli kassa chiqim orderi, 24 fevral 17-sonli avans
hisoboti, 24 fevraldan 19-sonli kassa kirim orderi.
Do'stlaringiz bilan baham: