Balansdan tashqari schyotlar – qoldig‗i buxgalteriya balansiga
kirmaydigan buxgalteriya hisobi schyotlari. Bu schyotlar korxonada vaqtincha
turgan va boshqa korxonalarga (ijaraga olingan asosiy vositalar, masul saqlashga
qabul qilingan moddiy qiymatliklar va h.k.) tegishli bo‗lgan tovar-moddiy
qiymatliklarni hisobga olish uchun tayinlangan. Balansdan tashqari schyotlarda
shuningdek qat‘iy hisobot blankalari, zararga hisobdan chiqarilgan debitorlik
qarzlari ham hisobga olinadi. Balansdan tashqari schyotlarda hisob oddiy tizimda,
ya‘ni ikki yoqlama yozuv qo‗llanmasdan yuritiladi. Bu schyotlar o‗zaro yoki
balansli schyotlar bilan korrespondentlanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |