41
ketishi bilan bog„liq bo„lgan gipoksiya (organizmga kislorod etishmasligi) holati sababli
yuz beradi. Haddan tashqari ko„p qon yo„qotilsa turli og„ir holatlar koma, karaxtlik
hayot uchun ancha xavfli boshqa o„zgarishlar sodir bo„ladi.
Oshqozon va o„n ikki barmoq ichak yara kasalligida qon tomirlar butunligi buzilsa
va qon ketishi sodir bo„lsa, qon tarkibidagi gemoglobin xlorid kislota ta‟sirida
gematinga o„tadi va uning rangi to„q, qoramtil qizil (kofega o„xshash) rangga o„tadi va
bemor qayt qilganda tashqariga chiqadi. Ingichka ichakka oqqan qon esa najasni qora
rangga aylantiradi va tashqariga chiqadi.
Jarohat olgan zaxoti kelib chiqadigan qon ketishlar birlamchi, vaqt o„tgan so„ng
kelib chiqsa ikkilamchi xisoblanadi.
Qon yo„qotishning asosiy ko„rsatkichi, kechishi va asorati yo„qotilgan qon
miqdoriga bog„liqdir. Qon yo„kotishning
engil, o„rta va og„ir darajalari farqlanadi.
Engil darajadagi qon ketishda tomirlardagi umumiy qonning 10-15 % i yo„qotiladi.
Bunda arterial bosim 100/60 mm s.u., eritrostitlar 3, 5.10
12
/l, gemoglobin miqdori 100
g/l, puls biroz tezlashgan bo„ladi. Bu depodagi qonni tomirlarga chiqishi va gemopoezni
tezlashishi xisobiga 1-2 kunda tiklanishi mumkin. O„rtacha darajadagi qon ketishida
umumiy qoni miqdorining 15-20 % i yo„qotiladi. Bunda yuqorida keltirilgan belgilar
yanada yaqqolroq ifodalangan bo„ladi (art.bosim 90/60 mm s.u, Nv 80 g/l, eritrostitlar 2,
5 mln dan kam). Bu darajadagi qon ketishida tanaga poliglyukin, reopoliglyukin va xak.
infuzion eritmalar kiritiladi. Og„ir darajadagi qon ketishlarda umumiy qonning 20-30 %
yo„qotiladi. Utkir qon yo„qotishlarda bemor xushsiz bo„lib, sitsolik art.bosim 70-80 mm
s.u.gacha, Nv 60 g/l dan pastgacha, eritrostitlar soni 2 mln. dan ham tushib ketadi, puls
yo„qoladi. Bunda qonni zudlik bilan to„xtatishga va qon urnini bosuvchi eritmalar yoki
qon qo„yishga kirishish kerak.
Qon ketishini
vaqtincha va butunlay tuxtatishga qaratilgan bo„ladi. Vaqtinchalik
qon ketishini tuxtatish bosib turuvchi bog„lam quyish, tomirni barmoq bilan bosib turish,
jgut quyish, oyoq-qo„llarni qayirib turish yoki kutarish yordamida amalga oshiriladi.
Qon ketishini uzil-kesil to„xtatishning mexanik, fizik, kimyoviy va biologik usullari
mavjud. Mexanik usullarga qon tomirni tikish, tomirni har ikki tomonidan bog„lash,
sirkulyar bog„lam qo„yish va xak. kiradi. Fizik usullarga yuqori xarorat yordamida qon
ivishini
kuchaytirish,
diateromokoagulyasiya-elektr
pichoq
bilan
qonayotgan
to„qimalarni kuydirish, sovuq xaroratdan foydalanish (muzli xaltacha quyish), yuqori
energiyalardan foydalanish (lazer pichoq, elektrokoagulyasiya) misol bo„ladi. Kimyoviy
usullar-parenteral usul bilan kalsiy xlorid, aminokapron kislota, vikasol va boshqalarni
tanaga kiritishdan iborat. Biologik usullarga qon quyish, gemotsatik gubka, fibrin
plyonkadan foydalanish, qon oquvchi yuzalarni tamponadasi kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: