Тошкент фармацевтика институти


Pedagogik texnologiya usullari



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/264
Sana01.01.2022
Hajmi2,14 Mb.
#283099
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   264
Bog'liq
btyo

 
Pedagogik texnologiya usullari. 
 Takdimot usulidan foydalangan xolda axborot texnologiyasi qo„llaniladi 
1-ilova 
 
1.  BTYO faniga kirish. 
2. 
Tibbiy yordamning bosqichlari 
3.  YOtiqli bemorlarni parvarishlash 
4.  Davolash muolajalarini o„tkazish usullari. 
5.  Dorilarni tanaga yuborish    usullari  
 
1 – ma‟ruza.  
BTYO 
to„g„risida  tushuncha  Bemorlarni  parvarish  qilish.Davolash 
muolajalari. (dorilarni yuborilish usullari) 
Ақлий хужум саволлари 
 


 
33 
Reja: 
1.  BTYO faniga kirish. 
2.  Etika va deontologiya xaqida tushuncha 
3.  Tibbiy yordamning bosqichlari 
4.  YOtiqli bemorlarni parvarishlash 
5.  Davolash muolajalarini o„tkazish usullari. 
6.  Dorilarni tanaga yuborish    usullari 
Vrach va provizorlar zaruriyat tug„ilganda malakali BTYO ni kursata bilishlari kerak. 
SHundan kelib chiqib BTYO fanining asosiy vazifasi talabalarga malakali BTYO 
ko„rsatishni, nazariy va amaliy jixatlarini o„rgatishdan iborat. 
BTYO ko„rsatishda bir nechta bosqich farqlanadi: 
1.  Malakasiz  tibbiy  yordam-bu  xar  qanday  shaxslar  tomonidan  amalga  oshirilishi 
mumkin ( chukkan odamni qutqarish, binolar tagidagi shaxsni tuproqdan olib chiqish va 
x.k.) 
2.  Vrachgacha  bulgan  BTYO-  bu  asosan  urta  tibbiy  xodimlar  yoki  provizorla 
tomonidan amalga oshiriladi (sun‟iy nafas oldirish, yurakni massaj qilish, qon oqishini 
vaqtinchalik  to„xtatish  va  x.k.)  Bemorni  kasalxonaga  jo„natish  xam  shu  bosqichga 
kiradi. 
           Malakali shifokorlik yordami- bu shifokorlar tomonidan amalga     oshiriladi.  
Oxirgi  yillarda  deontologiya  muammosi  har  xil  kasbga  ega  bo„lgan  tibbiyot 
xodimlari  va  keng  jamoatchilik  e‟tiborini  o„ziga  jalb  qilmoqda.  Har  xil  nashr qilingan 
materiallarda,  gazeta  va  jurnallar,  monografiyalarda  deontologiyaning  turli  sohalari 
bo„yicha,  jumladan  tibbiy  deontologiya  va  etikasi  haqidagi  masalalar  yoritilayotganini 
guvohi bo„lamiz. 
Bular orasida tibbiy deontologiya masalasi muhim o„rin egallaydi. Bunda birinchi 
navbatda tibbiyotning etika, ijtimoy psixologiya  va  fanning boshqa sohalari haqida gap 
ketsa  ikkinchidan  tibbiyot  xodimlarining  ma‟lum  soha  bo„yicha  kasbiy  faoliyatini 
amalga oshirishdagi masalalarga ahamiyat beriladi. 
SHuning  uchun  ham  tibbiy  deontologiyaning  oldida  ko„pgina  murakkab  ham 
echilmagan  yoki  har  xil  darajada  echilgan  masalalar  turadi.  Bu  qonuniy  holat 
hisoblaniladi,  chunki  tibbiyot  fanining  rivojlanishi  tufayli  uning  oldida  YAngi 
muammolar paydo bo„la yotganini guvohi bo„lamiz. 
Mamlakatimizda  deontologiyaning  rivojlanishi  tufayli  umuman  tibbiyotining 
rivojlanishiga  mos  holda  uning  turli  sohalariga  aloqador  turlari  shakllandi  (xirurgik, 
terapevtik, pediatriyaga aloqador deontologiya va boshqalar). 
SHuni  alohida  ta‟kidlash  zarurki,  talabalar  kasalxonaga  birinchi  marta  kelishi 
bilan  ularga  deontologiya  haqida  ma‟lumot  beriladi.  Birinchi  navbatda  kasalxona  va 
uning  bo„limlari  tartib-qoidalari  haqida  gapiriladi  hamda  har  bir  deontologik  muhit 
bemorning ruhiy holatiga to„g„ridan to„g„ri ta‟sir qilishligi to„g„risida uqtiriladi. 
Bunda  bemor  va  uning  karindoshlari  bilan  doimiy  aloqa  paytida  tibbiyot 
xodimlari ularga nisbatan xushmuomulalik, ochiq yuzlilik e‟tiborlilik, toqatlilik bo„lishi 
bilan ajralib turishligi haqida gap ketadi. 
Bundan  tashqari,  tibbiyot  xodimlarining  har  xil  sharoitda  (voqea  sodir  bo„lgan 
joyda,  tez  yordam  mashinasida,  davolash  muassasasida)  og„ir  holatda  bo„lgan  bemor 
bilan  o„zaro  aloqasida  deontologiya  qoidalariga  rioya  qilish  ham  muhim  ahamiyatga 


 
34 
egadir. SHuningdek, navbatchi tibbiyot xodimining kasbiy tayyorgarligi, sifatiy belgilari 
va navbatchilik paytidagi chidamligi ham alohida o„rin egallaydi. 
Tibbiyot  fanining rivojlanishida yanada  muhimroq ahloqiy  va huquqiy  masalalar 
ham  kuzatilish  lozim.  Ulardan  ayrimlari  (odam  xulqini  dori-darmonlar  va  xirurgik 
usullar  yordamida,  sun‟iy  organlar  qo„llanish  va  boshqa  usullar)  jamoatchilikni  kuchli 
tashvishga  solishi  va  gazeta,  jurnallar  sahifalari  hamda  xalqaro  yig„ilishlar 
muhokamasining  sababchisi  bo„lishi  mumkin.  Fuqarolarni  sog„lig„ini  huquqiy 
himoyalash  masalasi  O„zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  ko„rsatilgan  bo„lib, 
birinchi  navbatda  tibbiyot  xodimlaridan  tibbiy  xizmat  sifati  va  madaniyatini 
kuchaytirishni  talab  qiladi,  ya‟ni  har  bir  tibbiyot  xodimidan  o„z  kasbiga  sitqidildan 
yondashishga undaydi. Bu o„z navbatida, qonun bo„yicha tibbiyot xodimlarining kasbiy 
majburiyatlariga talabni kuchaytiradi. 
Konstitutsiyamizda tibbiyot xodimlari kasbiy faoliyatini huquqiy boshqarish bilan 
moral-etik  qoidalar  orasida  uzviy  bog„lanish  borligi  ko„rsatilgan.  Axloqiy  tarbiya 
qonunga chuqur hurmat bilan qarashni shakllantirsa, huquqiy tarbiya esa kundalik hayot 
amaliyotiga axloq prinsiplarini kiritilishini ta‟minlaydi. Bunda vrach faoliyatining ayrim 
axloqiy  normalari  vrachning  qasamyodi  hamda  vrachning  sirida  yaqqol  o„z  aksini 
topgan. 
Sog„liqni  saqlash  organlarining  kundalik  amaliyotida  tibbiyot  xodimlari 
faoliyatini huquqiy boshqarish va  moral-etik normalarining uzluqsiz bog„liqligi alohida 
ta‟qidlangan.  Aholiga  yomon  tibbiy  yordam  ko„rsatilayotligi  to„g„risidagi 
shikoyatlarning  taxlili  ko„pincha  vrachlarga  xos  etika  va  deontologiya  qoidalarining 
buzilishi bilan bog„liq. 
Ayrim  vrachlarning  past  axloqiy  qobiliyati  o„zlarining  kasbiy  burchlarini 
sitqidildan  bajarmasligiga  olib  kelib,  bu  ularning  kasbiy  huquqbuzarligi  hisoblanadi. 
Bunga bemorga yordam ko„rsatmaslik, o„z mansabini yoki xizmat mavqeini su‟istemol 
qilish,  qonunsiz  abort  qilish,  sovuqqonlik,  o„z  burchiga  e‟tiborsizlik  bilan  qarash, 
konunsiz  vrachlik  faoliyati  bilan  shug„ullanish,  sanitariya  epidemiologiya  qoidalarini 
buzilishi,  qonunsiz  soxta  xujjatlar  tuzish  va  berish,  fuqarolarda  ruxsatsiz  tajriba 
o„tkazish, tovlamachilik yo„li bilan pora olish, kuchli ta‟sir qiluvchi zaharli va narkotik 
moddalarni  ishlab  chiqarish,  saqlash,  bir  joydan  ikkinchi  joyga  tashishi,  sotish  va 
boshqalar kiradi. 
Odatda  vrachlar  va  farmatsevtlar  bilan  bemorlar  hamda  ularning  qarindoshlari 
orasidagi  kelishmovchiliklar  davolashdagi  noxush  oqibatlar  tufayli  sodir  bo„ladi. 
Bularning sabablari esa xilma xildir. Ular ko„pincha bemordagi kasallikning o„ziga xos 
xususiyati  va  o„tishiga,  bemorni  vrachga  o„z  vaqtida  murojaat  qilmasligiga  hamda 
tibbiyot  xodimlarining  noto„g„ri  harakati  yoki  harakat  qilmasligi,  ishlash  uchun  etarli 
sharoit  bo„lmasligi  va  boshqalarga  bog„liq.  Ayrim  hollarda  hatto  birgina  kasallikni 
noaniq holatda o„tishi, kasallikni ob‟ektiv va sub‟ektiv belgilarini solishtirishni qiyinligi, 
noxush  oqibatining  asosiy  sabablarini  ajratish  qiyinligi  kabi  holatlar  kasallikni  noxush 
oqibatlarini  tibbiy  va  yuridik  jihatidan  to„g„ri  baholashda  anchagina  qiyinchiliklar 
tug„diradi. 
Tibbiyotda  bemorga  bir  xil  yondoshish,  bir  xil  diagnostik  va  davolash  usulini 
tanlash  mumkin  emas,  hatto  bita  kasallikda  ham.  CHunki  vrach  kasllikni  emas  kasalni 
davolaydi.  Tibbiyot  kasbining  bunday  o„ziga  xos  xususiyatlari  davolashda  har  xil 


 
35 
kasallarda  hatto  bir  xil  kasallikda  ham  operativ,  ham  konservativ  usullarni  qo„llashni 
takoza  qiladi.  Ko„pgina  kasalliklarning  diagnostikasi  va  davolashda  maxsus  qoida  va 
ko„rsatmalar  yo„qligi  tufayli  noxush  oqibatlarni  baholashda  anchagina  qiyinchiliklar 
tug„iladi. 
SHuningdek  donorlik  oqibatining  huquqiy  aspektlari  ham  ishlab  chiqilishi  zarur. 
Bunda  ish  qobiliyatini  yo„qotilishi,  organning  olinishi  bilan  bog„liq  donorning  o„limi 
masalasi,  etkizilgan  zararni  qoplash  to„g„risidagi  fuqaroning  talabi,  boquvchisining 
o„limi  haqidagi  masalalar  muhimligi  bilan  ajralib  turadi.  Donor,  retsipient  va  vrach 
o„rtasidagi  huquqiy  munosabatlarni  ishlab  chiqish,  organi  olinishi  tufayli  yuzaga 
keladigan  asoratlar.  Haqida  donor  xabardor  qilinadi  va  bunday  xabar  huquqiy  jihatdan 
hujjatlantiriladi. 
Qonunda  spirtli  ichimliklar,  narkotik  moddalalar,  psixotrop  va  boshqa  dorivor 
moddalarni  suis‟temol  qiluvchi  axolini  sog„lig„ini  saqlashni  huquqiy  himoyalash  va 
uning  moral-etik  normalariga  ham  alohida  e‟tibor  berilgan.  Hozirgi  davrda  ta‟sir 
qiluvchi qonuniyatlarga asosan alkogoliklar, narkomanlar  va toksikomanlarni majburan 
maxsus  kasalxonalarga  yotqizish  va  davolashni  tartibga  solishni  yangicha  huquqiy 
normalari  taklif  qilinishi  zarur.  Bu  atrofdagilarga  xavf  tug„diruvchi  (sil,  ruhiy,  tanosil 
kasalliklari va SPID) boshqa kasalliklarni davolash va profilaktikasiga ham talluqlidir. 
Bundan tashqari eutanaziya, sun‟iy urug„lantirish, sterillash va ular bilan bog„liq 
tibbiy  va  sotsial  masalalarni  hozirgi  zamon  qarashlariga  ko„ra  tanqidiy  taxlil  qilish 
hamda  har  tomonlama  ko„rib  chiqish  kabi  muammolar  ham  dolzarbligi  bilan  ajralib 
turadi. 
Tibbiyot  fani  yutuqlarini  huquqiy  boshqarish  fuqaro  huquqlari  buzilishi  va 
bemorlarni asossiz talabalari tufayli vrachlarni qonunsiz ayblanishini oldini oladi hamda 
ularni himoyalaydi. 
Tibbiyot  fanini  rivojlanishi  bilan  bemorlar  va  ularning  qarindoshlarini  davolash 
natijalariga talabi yanada oshadi. SHunga qaramasdan barcha hollarda tibbiyot fanining 
istagan darajasi  ham doimo davolashni ijobiy oqibatini ta‟minlay  olmaydi. SHuni aytib 
o„tish  kerakki,  hatto  yuqsak  malakali  mutaxassis  davolaganda  ham  davolashni  noxush 
oqibatini  tibbiy  baholashda  qiyinchiliklar  tug„iladi.  Bu  birinchi  navbatda  tibbiy 
faoliyatining  o„ziga  xosligiga  (davolab  bo„lmaydigan  kasal,  diagnostik  yoki  dorivor 
moddalarni  individual  ko„tara  olmaslik,  o„z  vaqtida  kasalxonaga  yotqizilmaslik,  bita 
kasallikka  har  xil  diagnostik  va  davolash  usullarini  qo„llash  va  h.q.)  bog„liq.  Bunday 
hollarda  salbiy  oqibat  vrachning  haraqatiga  bog„liq  bo„lmay,  balki  u  faqat  shu  vaqtga 
to„g„ri keladi. Bu o„z navbatida yuristlar faoliyatida ham qiyinchilik tug„diradi. 
Bizning fakrimizcha, bosh masala fuqarolarga foydali tibbiy yordam ko„rsatishda, 
ularning sog„lig„ini saqlashda, vrachlarning kasbiy va fuqarolik burchi vrachning kasbiy 
mahorati, malakasi hamda sifatiy belgilariga bog„liq. Bunday vrachlar sog„liqni saqlash 
sistemasida  ishlovchi  Gippokrat  qasamiga  sodiq  bo„lishi  kerak.  SHunga  qaramasdan 
talabalik 
yillarida 
vrachlik 
kasbiga 
xos 
deontologik 
qoidalarni 
mujassam 
o„zlashtirmaganligi,  umumiy  tayyorgarlik  darajasining  pastligi  tufayli  o„z  burchiga 
befarq qarovchi vrachlarni ham kuzatishimiz mumkin. Bu o„z navbatida ularga nisbatan 
harxil e‟tirozlarning sodir bo„lishini sababchisi hisoblanadi. 
Xulosa  sifatida  shuni  aytib  o„tish  lozimki,  vrachning  va  farmatsevtning  kasbi, 
xususan  xirurglik  inson  faoliyatining  barcha  turlari  orasida  eng  muhim  insonparvar 


 
36 
kasbdir. SHunday ekan, bemorni hayotini saqlab qolish uchun kurashish eng oliyjanob 
ishdir. Bunda har bir vrach va farmatsevt o„zining butun bilimi, tajribasini shu oliyjanob 
ishga qaratishi zarur. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish