77
Klinik belgilari yaralanishdan 3-4 kun o„tgach yuzaga chiqa boshlaydi. YArada
qattiq tortishadigan og„riq paydo bo„lishi va yaralangan bemor umumiy ahvolining
yomonlashishi, qo„zg„alish, yuz oqarishi, tilning quruqlashishi datslabki belgilar
hisoblanadi. Keyinchalik yara sohasi quriydi, to„qimalar tezlik bilan shishadi va atsa-
sekin qo„l yoki oyoqning hamma eriga tarqaladi, mushaklar rangi o„zgaradi (qaynatilgan
go„shtga o„xshab qoladi) va terida har xil rangdagi dog„lar paydo bo„ladi. Teri osti
kletchatkasida gaz bo„lganligidan ushlab ko„rilganda g„ijirlagandek bo„ladi. Bundan
tashqari yaradan yomon hid keladi, atrofiga po„fakchalar toshadi, mushaklar iriydi.
Bemorning ahvoli zaharlanish tufayli yomonlasha boradi. Ayni vaqtda Yumshoq
to„qimalar o„la boshlaydi, gangrena yuqoriga ko„tarilib boradi.
Gazli gangrenaga jarrohlik usuli bilan davo qilinadi, ya‟ni SHikastlangan sohaning
terisi mushaklar yo„nalishi bo„ylab kesiladi. Agar bu choralar yordam bermasa, qo„l
yoki oyoq amputatsiya qilinadi. Bundan tashqari antibiotiklar, qon o„rnini bosuvchi
suyuqliklar qo„yish va b. choralar ko„riladi. Maxsus davosi 50000 AB gangrenaga
qarshi zardob yuborish hisoblanadi. Bemor alohida palatada parvarishlanadi. Uning
yarasiga tekkan narsalar tashlab yuboriladi.
Oldini olish uchun Yumshoq to„qimalar SHikastlanganda, suyaklar singanda
mushaklar orasiga gangrenaga qarshi (3000 birlik zardobni 100-150 ml serillangan
fiziologik eritmada eritib) zardob yuboriladi hamda yaralar o„z vaqtida birlamchi
jarrohlik qayta ishlovi o„tkaziladi.
Qoqshol-o„tkir yuqumli kasallik bo„lib, uni terida, odamlar kiyimida, erda
bo„ladigan qoqshol tayoqchalari keltirib chiqaradi. SHuning uchun ham teri yoki shilliq
pardaning har qanday kichik kichik SHikastlanishi natijasida qoqshol tayoqchasi odam
organizmiga shu jarohatlar orqali tushishi mumkin. Qoqsholning belgilari o„ziga xos
bo„lib, asosan yarada tortishadigan og„riq paydo bo„lishi hamda mushaklarning, hatto
kuchsiz taassurotda ham (tovush, yorug„lik tushishi, tegi shva boshqalar) tortishib
qolishi va natijada tirishib qolishidan iborat bo„ladi. Tirishish asosan chaynash
mushaklaridan boshlanadi (trizm), keyin mimika mushaklariga (sardonik kulish), ensa
mushaklariga hamda badanning hamma mushaklariga tarqaladi. Bemor majburiy holatni
egallaydi (opitsotonus). Tana harorati 40-42
0
S gacha ko„tariladi, nafas va puls
tezlashadi, bemor ko„p terlaydi, behol bo„lib qoladi, ichki a‟zolarida spazm paydo
bo„ladi. Davolashda tanaga kuniga 3-4 l suyuqlik kiritiladi. Nafas yo„llarida asoratlar
yuzaga kelmasligi uchun antibiotiklar, tirishishlarni oldini olish uchun miorelaksantlar-
diplatsin, ditilin, neyroleptiklar-aminazin, antigitsamin dorilar-dimedrol, supratsin,
qoqsholga qarshi zardob (venaga200000 AE kuniga) yuboriladi.
Qoqsholni oldini olish uchun har qanday Shikastlanishlarda teri ostiga maxsus
zardob va anatoksin qilinadi. Zardobning bir profilaktik dozasi 1500 AB ni tashkil
qiladi, agar yara tuproq yoki changli kiyim bilan ifloslangan bo„lsa 3000 AB yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: