1.2. Bugungi kunda energetika holatining tahlili va kelajak energetikasi
Bugungi rivojlanish bosqichida elektr energiyasiga bo„lgan ehtiyojni
qondirish, mavjud elektr stansiyalar va tarmoqlarni modernizatsiya va
rekonstruksiya qilish, yuqori samarali energiya ishlab chiqarish texnologiyalari
asosida yangi ishlab chiqarish ob‟ektlarini qurish, elektr energiyasini hisobga olish
tizimini takomillashtirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni
rivojlantirish hisobiga yonilg`i-energetika resurslarini diversifikatsiyalash elektr
energetika sohasining asosiy maqsadi hisoblanadi. 2021 yilgacha energetikani
rivojlantirishning barcha sohalariga tegishli 52 ta investitsiya loyihasini amalga
oshirish ko„zda tutilgan.
Respublika elektr energetikasi xaqli ravishda O‟zbekiston iqtisodiyotining
asosiy tarmoqlari tarkibiga kiradi. U yirik ishlab chiqarish va ilmiy-texnik
imkoniyati bilan iqtisodiyotning rivojlanishi va xalq farovonligiga salmoqli hissa
qo„shib kelmoqda.
Energetika vazirligi elektr energetika sohasidagi maxsus vakolatli organ
bo`lib, respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va aholisini markazlashtirilgan holda
elektr energiyasi bilan ta‟minlaydi, shuningdek respublikaning bir qator
shaharlaridagi sanoat va kommunal-maishiy iste‟molchilariga issiqlik energiyasini
yetkazib beradi.
Ishlab chiqarish texnologik jarayonining, elektr energiyasini taqsimlash va
iste‟mol qilishning o„ziga xosligi jamiyat tarkibiga kiruvchi elektr stansiyalar,
magistral va taqsimlovchi elektr tarmoqlarini markazlashtirilgan holda
boshqarishni saqlash zarurligini taqozo etadi.
Elektr energiyasini hosil qiluvchi korxonalardan umumiy uzunligi 8,8
mingdan ortiq bo„lgan 220-500 kV quvvatli magistral elektr tarmoqlari orqali
hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga elektr energiyasini yetkazib berish ishlari
“O‟zelektrtarmoq” unitar korxonasi tomonidan amalga oshiriladi. Elektr
energiyasini respublika iste‟molchilariga sotish har bir hududiy tuzilmada
aksionerlik jamiyati sifatida faoliyat ko„rsatuvchi 14 ta hududiy taqsimlash-sotish
korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.
Korxonalar balansida umumiy uzunligi 226,2 ming kilometrdan ortiq elektr
uzatish liniyalari va kuchlanishi 110 kV gacha bo`lgan kichik stansiyalar mavjud.
Umumiy uzunligi 196 ming kilometrdan ortiq 0,4-6-10 kV kuchlanishli
elektr tarmoqlari eng keng tarqalgan bo„lib, ular orqali elektr energiyasining ko„p
qismi respublika iste‟molchilariga yetkazib beriladi.
“O‟zbekenergo” AJ loyihalash, qurilish-montaj va sozlash ishlarini amalga
oshiruvchi hamda elektr stansiyalari va tarmoqlarining asosiy va yordamchi
uskunalarini ta‟mirlash va ulardan foydalanish bilan shug`ullanuvchi yagona ishlab
chiqarish majmuasi hisoblanadi.
Issiqlik
energiyasi
sohasidagi
tadbirlarni
amalga
oshirish
bilan,
energobloklarning foydali ish koeffitsiyenti 60 foizgacha yetadigan yuqori
samarali bug„-gaz va gaz-turbina qurilmalari asosida zamonaviy energiya ishlab
chiqarish texnologiyalarini joriy etish imkonini beradi.
Shuningdek, elektr energiyasini yetkazib berishni nazorat qilish va
hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bilan respublikaning barcha
hududida loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirishni nazarda tutadigan elektr
energiyasini hisoblash tizimini modernizatsiya qilish masalalariga alohida e‟tibor
qaratilmoqda.
Noan‟anaviy qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni
rivojlantirish sohasida, Samarqand, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida quvvati
100 MVt dan bo„lgan quyosh elektr stansiyalarini hamda Navoiy viloyatida
quvvati 102 MVt ga teng shamol elektr stansiyasini qurish rejalashtirilgan.
Zamonaviy texnologiyalar va energiya tejovchi uskunalarni joriy etish bilan
belgilangan dasturni amalga oshirish, elektr energiyasini yetkazib berish uchun
maxsus yonilg`ining solishtirma sarfini 10 foizgacha qisqartirish bilan elektr
energiyasini ishlab chiqarish samaradorligini sezilarli darajada oshirish, yoqilg`i
energetika balansining diversifikatsiyasini qattiq yoqilg„ining ulushini 2016 yildagi
5,2 foizdan 2021 yilda 7,1 foizgacha ko„tarish bilan amalga oshirish va
iste‟molchilarning ortib borayotgan elektr energiyasiga bo„lgan ehtiyojini
qondirish imkonini beradi.
O‟zbekiston o„z energetik resurslari hisobidan o„zining ehtiyojini to„liq
ta‟minlovchi mamlakatlar qatoriga kiradi. Markaziy Osiyo Birlashgan energetika
tizimidagi elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarining deyarli 50%
respublikaga tegishlidir.
2012-yilda elektr energiyasiga bo‟lgan ehtiyoj 59,3 mlrd kVt*soat tashkil
qilgan bo‟lib, bu ko‟rsatgich 2019-yilda 66,7 mlrd kVt*soatga yetgan. Bundan
ushbu davr mobaynida elektr energiyasiga bo‟lgan ehtiyoj 12%ga oshganligini
ko‟rish mumkin. O‟z navbatida 2012-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiya
qiymati 52,9 mlrd kVt*soatga teng bo‟lgan bo‟lsa, 2019-yilga kelib 63.5 mlrd
kVt*soat elektr energiya ishlab chiqarilgan. Ushbu raqamlar asosida 2012-yilda
ishlab chiqarilgan elektr energiya va unga bo‟lgan talab 12%ga farq qilgan bo‟lsa,
bu ko‟rsatgich 2019-yilga kelib 5%gacha qisqargan.
2020-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiya hajmi 68,7 mlrd kVt*soat,
iqtisodiyot taqmoqlarida is‟temol qilingan elektr energiyasi 42,7 mlrd kVt*soat,
aholi tomonidan elektr energiyasining iste‟moli 14,4 mlrd kVt*soatni tashkil etishi
kutilmoqda.
Hozirgi kunda davlatimiz iqtisodiyotiga oid sohalarda keng qamrovli ijobiy
islohotlarni olib borilayotganligi va buning natijasida iqtisodiyot tarmoqlaridagi
ishlab chiqarish salohiyati yildan-yilga oshib borayotganligini kuzatish mumkin.
Bu esa o‟z navbatida elektr energiyaga bo‟lgan talabni ham oshishiga olib keladi.
Xususan, elektr energiyasining ishlab chiqarish va iste‟mol qilishning
taxminiy dinamikasiga ko‟ra 2030-yilda iqtisodiyotga oid sohalar tomonidan
iste‟mol qilinishi kutilayotgan elektr energiya qiymati 85 mlrd kVt*soatga yetishi
yoki 2020-yilga nisbatan 99% oshishi kutilmoqda. Aholining elektr energiya
iste‟moli esa 21,9 mlrd kVt*soatga teng bo‟lishi taxmin qilinyapti.
2030-yilga kelib elektr energiya ishlab chiqarish qiymati 120,8 mlrd
kVt*soatni tashkil etishi yoki 2020-yilga nisbatan qariyb 80%ga oshish ehtimoli
kutilyapti.
2019-yilgi
elektr
energetika
tizimidagi
yuklanishlar
sarhisob
qilinganda qish faslidagi maksimal va
minimal yuklanish mos ravishda
10,4GVt va 8,1 GVtni tashkil etgan.
Yoz faslida esa maksimal yuklanish
9,4GVt, minimal yuklanish esa 6,4
GVtga
yetgan.
Energotizimning
yuklanishi nafaqat kun davomida,
balki
yil
davomida
ham
teng
taqsimlanmagan.
Hozirgi vaqtga kelib O‟zbekistondagi ishlab chiqarilayotgan elektr
energiyaning 84,7% yoki 11GVt Issiqlik elektr stansiyalarida, 14,3% yoki 1,85
GVt gidro elektr stansiyalarida, qolgan 1% esa blok-stansiyalar ulushiga to‟g‟ri
keladi. Hukumatimiz tomonidan qabul
qilingan “2020-2030 yillarda O`zbekiston
Respublikasini
elektr
energiya
bilan
ta'minlash konsepsiyasi”ga ko‟ra 2030-yilga
kelib IES (gaz)larda 13,4 GVt (45%),
GESlarda 3,8GVt (13,1%), FESlarda 5 GVt
(17,3%), SHESlarda 3 GVt(10,4), AESda
2,4GVt(8, 3), IES(ko‟mir)larda 1,7
GVt(5,9%) elektr energiya ishlab chiqarish
ko‟zda tutilgan.
Elektr energiyasini ishlab chiqarish, taqsimlash va iste‟mol qilish texnologik
jarayonining o`ziga xosligi jamiyat tarkibiga kiruvchi elektrostansiyalar, magistral
va taqsimlovchi elektr tarmoqlari bilan birgalikda markaziy boshqaruvni saqlashni
taqozo etadi.
Elektr energiyasini hosil qiluvchi korxonalardan, umumiy uzunligi 8,8 ming
kilometrdan ortiq bo„lgan 220 - 500 kV quvvatli magistral elektr tarmoqlari orqali
hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga elektr energiyasini yetkazib berish ishlari
“O‟zelektrtarmoq” unitar korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.
Respublika iste‟molchilariga elektr energiyasini sotish har bir hududiy
tuzilmada aksionerlik jamiyati sifatida faoliyat ko„rsatuvchi o„n to„rtta tarqatish-
sotish hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.
Korxonalar balansida umumiy uzunligi 226,2 ming kilometrdan ortiq elektr uzatish
liniyalari va kuchlanishi 110 kVgacha bo`lgan podstansiyalar bor.
Respublika iste‟molchilariga elektr eneregiyasini yetkazib berish asosan eng
sertarmoq kuchlanishga ega 0,4-6-10 kVli uzunligi 196 ming kilometrdan ortiq
bo„lgan elektr tarmoqlari orqali amalga oshiriladi.
Issiqlik energiyasi sohasidagi tadbirlarni amalga oshirish energobloklarning
foydali ish koeffitsiyenti 60 foizgacha yetadigan yuqori samarali bug„-gaz va gaz-
turbina
qurilmalari
asosidagi
zamonaviy
energiya
ishlab
chiqarish
texnologiyalarini joriy etishi mkonini beradi.
Rejalashtirilgan dasturni amalga oshirishda zamonaviy texnologiyalarni va
energiya tejovchi tejamkor uskunalarni joriy etish bilan 10 foizgacha elektr
energiyasini yetkazib berish uchun yoqilg`i sarfini kamaytirish hisobiga elektr
energiyasini ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga hamda iste‟molchilarning
elektr energiyasiga bo„lgan talabini qondirishga, yoqilg`i va energiya balansini
diversifikatsiya qilishga erishiladi.
Nazorat savollari:
1. O„zbekistonda energetikaning rivojlanish tarixi ?
2. Elektr stansiya turlari haqida ma‟lumot ?
3. O`zbekistonda nechta elektr stansiyalari bor va ularni o`rnatilgan quvvatlari
qancha ?
4. Bugungi kunda energetika holatining tahlili va kelajak energetikasi ?
Do'stlaringiz bilan baham: |