Ali: Bugun Bahodir boqqa bormay bobosinikiga bordimi, bozorga
bordimi?
Vali: Bugun Bahodir bobosinikigayam bormadi, bozorgayam bormadi.
Bahodir bolalar bilan birgalikda Bog‘dodga bordi.
Ali: Bahodirga Bog‘dodda balo bormikan?
Vali: Balo bormi bilmadimku, Bahodir Bag‘dodga bot-bot boradigan
bo‘ldi.
Ali: Bir balosi bordirki bot-bot Bag‘dodga boradi. Bilmadingmi?
80
Vali: Bilmadim. Bolalardan birgina Bobur bilarkan.
Ali: Boburdan so‘rab ko‘rchi.
Vali: Yutqazding!
Alliteratsiyadan xalq maqollaridagi intonatsion butunlikni ta’minlashda
ham keng foydalanilganligini kuzatishimiz mumkin:
Suymaganga suykanma, suyganingdan ayrilma.
***
Tulkining tushiga tovuq kirar,
Tovuqning tushiga tariq kirar.
***
Tek turganga shayton tayoq tutqazar.
***
Xalq hukmi – haq hukmi.
Assonans. Badiiy nutqqa intonatsion butunlik, ohangdorlik va
emotsional – ekspressivlik bag‘ishlash maqsadida qo‘llaniladigan fonetik
usullardan biri assonansdir. Adabiyotlarda assonans aynan yoki yaqin
unlilarning takrorlanib kelishidan hosil bo‘ladigan ohangdoshlik ekanligi
bayon qilingan. Unlilarning takrorlanishi maqollarda ko‘p kuzatiladi:
Ovni otsang, bilib ot,
Dol nishonga qo‘yib ot.
***
Non qon bo‘lsa, qon – jon.
***
O‘zing o‘yda bo‘lsang ham, o‘ying uyingda bo‘lsin.
***
Bir tup tok eksang, bir tup tol ek.
Assonans qofiyadosh so‘zlar tarkibida kelib, she’riy nutqqa ko‘tarinki
ruh va o‘ziga xos musiqiylik baxsh etadi:
Ruhimda yo‘qoldi qarorim,
Tanimda qolmadi madorim.
Bizlarni bir yo‘qlab kelibsan,
Vafo qilarmisan, bahorim?!
Yoz o‘tdi, kuz o‘tdi, qish o‘tdi,
Boshlardan savdoli ish o‘tdi.
Yurakka izg‘irin - nish o‘tdi,
Vafo qilarmisan, bahorim?!
81
Yam-yashil qirlarni sog‘indim,
Chechakzor erlarni sog‘indim,
U inja sirlarni sog‘indim,
Vafo qilarmisan, bahorim?!
Lolaning lablari xandadir,
Dog‘i ham tubida – andadir.
O‘xshashi ruh ila tandadir,
Vafo qilarmisan, bahorim?!
Intiqmiz do‘st bilan, yor bilan,
She’r bilan, soz bilan – tor bilan.
Diydorlash bizningdek xor bilan,
Vafo qilarmisan, bahorim?! (A.Oripov)
Geminatsiya. Badiiy nutqda keng qo‘llaniladigan fonetik usullardan
yana biri – geminatsiyadir. «Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati»da
mazkur hodisa «qo‘sh undoshlik – ikki aynan bir xil undoshli holatning
yuzaga kelishi» sifatida izohlanadi.
143
«O‘zbek tili tarixiy fonetikasi» o‘quv
qo‘llanmasida esa bu hodisa «qo‘shoqlanish» yoki «ikkilangan undosh»
deb yuritiladi: «Qo‘shoqlanish – undoshlarning cho‘zilishi, ikkilanishi
hodisasini fonetik o‘zgarishlar sirasida ko‘rib chiqish o‘ta shartlidir. Lekin bu
hodisa faqat ikki unli orasidagi yakka undoshda sodir bo‘la olishi bilan
fonetik o‘zgarishlarga o‘xshaydi. Qo‘shoqlanish, asosan, ikki unli orasida
kelgan k, q, t, l tovushlarida va faqat 2, 7, 8, 9, 30, 50 sanoq sonlarini
nomlashda sodir bo‘ladi. Bu sonorlarni bir undosh bilan ham, ikkilangan
undosh bilan ham talaffuz etish mumkin bo‘lgan. Sanoq sonlar nomidagi bu
xil qo‘shoqlanish sabablari haligacha ochilmagan. Lekin katta, latta, yakka,
yalla, chakki, ukki kabi so‘zlardagi ikkinchi t, l, k lar tarixan morfologik
ko‘rsatkich bo‘lib, ulardagi qo‘shoqlanish singish (adaptatsiya) natijasidir
degan fikr mavjud.»
144
Adham Abdullayev esa «undoshlarni qavatlash»
atamasini ishlatgan.
145
Undoshlarni qavatlab qo‘llash orqali badiiy asarda
qahramon ruhiyatidagi xursandlik va xafalik holatlari tugal tasvirlashga
erishiladi. Masalan, Ayyorlikda uchchiga chiqqanman deb maqtansam
yolg‘on emas (Oybek). Uni ayblashga sizning ma’naviy haqqingiz yo‘q, uka!
- dedi g‘azab bilan (gazetadan). Keltirilgan misollardagi undashlarning
qavatlanishi qahramonlar tabiatidagi sub’ektiv holatni ifodalashga xizmat
144
Неъматов Ҳ. Ўзбек тилининг тарихий фонетикаси. –Т.: Ўқитувчи, 1992, 86-б.
82
qilgan. Ya’ni, birinchi gapdagi qahramonning o‘z «ishi-hunaridan»
mamnunligi, «anoyi» emasligini ta’kidlash istagi qavatlangan «ch» undoshi
orqali yanada aniq ifodalangan. Ikkinchi gapdagi qahramonning qahr-g‘azabi
esa «q» geminatasi bilan ko‘rsatib berilgan.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, undoshlarning qavatlanishi alohida
uslubiy vositadir. Duch kelgan tovushni qavatlab qo‘llab bo‘lmaganidek,
so‘zda turli sabablar bilan yonma-yon kelgan barcha undoshlar ham
lingvopoetik jihatdan ahamiyatga ega bo‘lavermaydi. Masalan: – Ukaginam,
bu ke nnoyingizga ( kelin oyingizga – ellipsis) zagsda pa tta ( so‘z imlosida
mavjud) kesilmagan. Birinchisidan to‘ qqizta ( so‘z imlosida mavjud) bola bor.
Bechora giroy bo‘laman rosa tug‘di. To‘qqizinchisini tug‘diyu o‘zimizning
tilda aytganda bra kka ( brak+ga/ka) chiqib qoldi. (S.Ahmad)
Do'stlaringiz bilan baham: |