Tili va adabiyoti universiteti



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/217
Sana01.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#281903
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   217
Bog'liq
MATNLINGVISTIKASI-converted

5. Xabar mazmunli matnlar (Le texte informatif – informativ matn). 
Biror  voqea-hodisa  haqida  xabar  berish  maqsadida  tuzilgan  yoki  havola 
qilingan  matn  informativ  matn  hisoblanadi.  Badiiy  matnda  informativlik 
o‘ziga  xos  tarzda  bo‘ladi.  Oddiy  xabardan  farq  qiladi.    Estetik  maqsad 
yuklangan bo‘ladi. Narrativ, deskriptiv, argumentli, didaktik kabi matn tiplari 
tarkibida keladi. Masalan, Abdulla Qodiriy «O‘tkan kunlar» romani yakunida 
shunday bir xabarni keltiradi: 
Keyingi  Marg‘ilon  borishimda  yaqin  o‘rtoqlardan  Yodgorbek 
to‘g‘risini  surishtirib  bildim:  Yodgorbek  ushbu  asrning  o‘n  to‘qqiz  va 
yigirmanchi ochliq yillari miyonasida vafot qilib, undan ikki o‘g‘ul qolibdir. 
O‘g‘ullaridan  bittasi  bu  kunda  Marg‘ilonning  mas’ul  ishchilaridan  bo‘lib, 
ikkinchisi  Farg‘ona  bosmachilari  orasida  ekan.  Bu  kunda  nomu  nishonsiz, 
o‘luk-tirigi ma’lum emas, deydilar. 
Bu  ham  xabar  mazmunli  matn  hisoblanadi.  Lekin  asar  ichida  emas 
balki, ilova sifatida keltirilgan. Asar qahramonlarining hayotdan olinganligini 
ta’kidlash, bunga kitobxonni ishontirish istagi bilan kiritilgan. Bu haqda asar 
avvalida  ham  yozuvchi  alohida  ta’kidlagan  edi:  «xalqimizni  shu  zamonning 
«Tohir-Zuhra»lari, «Chor darvesh»lari, «Farhod-Shirin» va «Bahromgo‘r»lari 
bilan tanishdirishka o‘zimizda majburiyat his etamiz.» Balki, yozuvchi, ushbu 
 
        
101
 Абдулла Орипов. Сайланма. –Тошкент:Шарқ,  1996
.   


 
54 
qahramonlar taqdiri qanday kechganligi haqida  kitobxonlarga xabar berishni 
xohlagandir, balki, romanni davom ettirajagini, agar davom ettirilsa voqealar 
shu  mazmunda  bo‘lishi  mumkinligi  haqida  xabar  berayotgandir.  Bu  bizga 
qorong‘u, lekin keltirilgan matn xabar mazmuniga ega. Asar ichida yozuvchi 
tomonidan  keltirilgan  turli  havolalar  ham  informativ  xarakterda  bo‘lishi 
mumkin.  «O‘tkan  kunlar»da  muallif  Musulmonqulning  dovyurakligi  haqida 
shunday havolani keltiradi: 
Musulmonqulning  o‘zi  ham  favqulodda  yuraklik  edi. 1853  m.  tarixida 
Musulmonqul  qo‘qonlilarga  asir  tushib,  uni  to‘pdan  otib  o‘ldirish  uchun 
dordek bir narsaning  ustiga o‘tquzurlar.  Ikkinchi tomondan to‘pka  o‘t berish 
kutiladir.  Shu  vaqtda  kishilar  Musulmonquldan  so‘raydilar:  «Endi  qalaysan, 
cho‘loq?»  Musulmonqul  kulibkina  javob  beradir:  «Alhamdulilloh,  hali  ham 
sizlardan yuqori bir erda o‘ltiribman!»  
 6.  Buyruq  mazmunli  matnlar  (Le  texte  injonctif  –  injonktiv  matn). 
Buyruq  hamda  maslahat  ohangi  etakchilik  qiladigan,  buyruq  maylidagi 
gaplardan  tuzilgan,  biror  ishni  bajartirish  yoki  turli  ta’qiqlashlarni  ifoda 
etadigan  matn  tipiga  buyruq  mazmunli  matn  deyiladi.  Asosan  qahramonlar 
nutqida  kuzatiladi.  Lekin  muallif  nutqida  maslahat  yoki  tavsiya  ma’nosida 
qo‘llanilishi ham ma’lum. Masalan: 
Odat.  Ishdan  nega  kech  kelganingizni  surishtirsa,  xayron  bo‘lmang. 
Bo‘yinbog‘ingizni  echishga  ko‘maklashish  bahonasida  yoqangizni  hidlab 
ko‘rsa, hayron  bo‘lmang. Majlisda nima masala ko‘rilganini so‘rasa, hayron 
bo‘lmang.  Kimning  yonida  o‘tirganingizni  so‘rasa,  hayron  bo‘lmang. 
Telefoningiz  rangi  qanaqaligini  so‘rasa,  hayron  bo‘lmang.  Necha  kishi 
qo‘ng‘iroq  qilganini  so‘rasa  hayron  bo‘lmang.  Qaerda  tushlik  qilganingizni 
so‘rasa,  hayron  bo‘lmang.  Bufet  nechanchi  qavatdaligini  so‘rasa,  hayron 
bo‘lmang.  Nima  ovqat  eganingizni  so‘rasa,  hayron  bo‘lmang.  Sizga  choyni 
qaysi  qo‘li  bilan  uzatganini  so‘rasa,  hayron  bo‘lmang!  Boringki,  oftob  qaysi 
tomondan  chiqqanini  so‘rasayam  hayron  bo‘lmang.  Qiziquvchanlik  – 
ayolning tabiiy odati! (O‘.Hoshimov)  
*** 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish