Iboralar:
1. Aftini burishtirmoq – Qimirlasam, biqinim sanchadi, –dedi Saidiy
xuddi hozir sanchadiganday aftini burishtirib. (41-b.)
2. Bo‘yniga olmoq – Saidiy xayrlashib chiqdi, qishloqqa borishni
bo‘yniga olib qo‘ydi. (83-b.)
3. Dami ichiga tushmoq – Saidiy Yoqubjonning aytganini qilganida
Kenjaning dami ichiga tushdi. (124-b.)
123
4. Oqizmay-tomizmay etkazmoq – So‘z o‘rni kelganda, u Saidiyda
zakovat belgilari ko‘rganini, bu yigit oddiy studentlardan yuqori
turishini so‘zlar, buni esa Munisxon oqizmay-tomizmay Saidiyga
etkazar edi. (67-b.)
5. Ta’bi ochilmoq – U qishloqqa kelganida dastlab yangi muhitga
o‘rganolmay ko‘p qiynalgan edi, ammo o‘rganganidan so‘ng, ta’bi
ochilib ketdi. (89-b.)
6. Yuragi dov bermaslik – Munisxon paltosining yoqasini ko‘tardi-yu,
eshikdan chiqishga yuragi dov bermay, turib qoldi. (43-b.)
7. Uhda qilolmaslik – Shef bilan ishlab ham uhda qilolmayotirsizmi? (82-
b.)
8. Quloq bermoq – Qiz uning so‘ziga o‘zi ustidan chiqarilgan hukmni
tinglaganday quloq berar edi. (35-b.)
Metaforalar:
1. – Assalomu alaykum, shervachcha, – dedi bir keksa tovush va bu
tovushning egasidan ilgari «to‘q» etib hassa kirdi.(88-b.) –
Shervachcha, – dedi chol ikkala qo‘lini ko‘kragiga qo‘yib, xirillab, -
gazetaga bersalar... (89-b.)
2. Dori – Yo bosh og‘rig‘ini dori bilan bosaylikmi? Bir ryumka-bir
ryumka... (129-b.)
3. Yaqinlik iplari – Bora-bora ikki oradagi Ehson tug‘dirgan yaqinlik
iplari uzila boshladi. (42-b.)
4.
«To‘ngak» bilan professor o‘rtasida o‘tgan bu gap butun universitetga
dovruq bo‘ldi. (43-b.)
Metonimiyalar:
1. Zal – Yana qarsak zalni ko‘targuday bo‘ldi. (94-b.) Butun zal domlaga
qaradi (94-b.)
2. Katta, mayda – U «katta» yozish uchun avval «mayda» bilan o‘quvchi
orttirish kerak, dedi. (136-b.)
3. «Oshiqlar» – Xususan, Kenja Saidiyning «Oshiqlar»i ochiqdan-ochiq
sho‘ro hukumatining xotin-qizlar ozodligi to‘g‘risidagi siyosatiga
zarba berish, (...) Abbosxonning o‘zi tasalliga muhtoj bo‘lib qoldi.
(139-b.)
4. Fakultet – Fakultetni tashlashga o‘zingizda bu qadar majburiyat
sezsangiz noiloj davom etmang, chunki bu narsa fakultetdan
haydalishga olib keladi. (106-b.)
5. Firqa – Shunda, albatta firqa ko‘rsatgan yo‘ldan boramiz. (94-b.)
6. Universitet – Universitet chaqirtirayotir. (91-b.) «To‘ngak» bilan
professor o‘rtasida o‘tgan bu gap butun universitetga dovruq bo‘ldi.
(43-b.)
7. Shisha – Buni esa ko‘proq shisha osonlashtiradi. (112-b.)
124
Do'stlaringiz bilan baham: |