Mikrobiologiya va immunologiya


Kasallikning  odamlardagi  patogenezi



Download 3,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/101
Sana01.01.2022
Hajmi3,93 Mb.
#280733
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   101
Bog'liq
xususiy mikrobiologiya i-qismi

Kasallikning  odamlardagi  patogenezi.  So‘zak  (gonoreya)  yuqishining 
ko‘proq  uchraydigan  yo‘li  bu  aksariyat  jinsiy  yo‘ldir,  ya’ni  bu  kasallik  so‘zak 
bo‘lgan bemor bilan jinsiy aloqa qilganda, shuningdek kasalligi surunkali tus olgan 
erkak  va  ayollardan  yuqadi.  Kamdan-kam  xollarda  bemor  foydalangan 
buyumlardan  yuqishi  mumkin.  Chaqaloqlarga  bemor  onasining  tug‘ish  yo‘llari 
orqali  o‘tadi.  Ularda  asosan  ko‘z  konyunktivasi  zararlanadi  (blennoreya).  Yosh 
bolalarning  jinsiy  sohasiga  kattalar  bilan  bir  o‘rinda  yotganida,  tuvakdan,  vanna, 
tog‘ora  va  boshqa  buyumlardan  umumiy  foydalanilganda  ham  kasallik  yuqish 
extimoli bor. 
 
Kasallikning birdan-bir manbai so‘zak bilan og‘riganini bilmay yurgan yoki 
surunkali  so‘zakka  chalingan  bemor  hisoblanadi.  So‘zakda  asosiy  patologik 
jarayon odatda qo‘zg‘atuvchi birlamchi kirgan joyidan boshlanadi. Shunga asosan 
siydik-tanosil a’zolari (genital), ekstragenital va meta-statik so‘zak tafovut qilinadi. 
Metastatik so‘zak genital va ekstragenital so‘zak asorati hisoblanadi. 
Gonokokklar  aksariyat  siydik-tanosil  a’zolari  shilliq  qavatlarining  silindrik 
epiteliylarini (uretra, bachadon bo‘yni, ko‘z shilliq qavati, to‘g‘ri ichak) zararlaydi. 
Qo‘zg‘atuvchi limfogen yo‘l bilan ham tarqalishi mumkin deb taxmin qilinadi. 
 
Ayollarda  gonokokklar  avval  siydik  chiqarish  kanali,  bachadon  bo‘yni, 
so‘ngra  bachadon  va  naylarini  hhamda  tuxumdonni  zararlantiradi.  Gonokokklar 
ajratgan  gonotoksin  tufayli  bemorning  boshi  og‘rib,  ishtahasi  yo‘qoladi.  Siydik-
tanosil  tizimida  achishish,  og‘riq,  ajralma  kelishi  kabi  sub’ektiv  va  ob’ektiv 
belgilar namoyon bo‘ladi. 
 
Kasallikning  yashirin  davri  3-5  kundan  2-3  xaftagacha  bo‘lib,  u  siydik-
tanosil  qismidan  katta  miqdorda  yallig‘lanish  elementi-yiring  kelishi  bilan 
boshlanadi. 


33 
 
So‘zakning  o‘tkir,  o‘rtacha  o‘tkir,  sust  kechadigan,  yangi  hamda  surunkali 
va  yashirin  xillari  farq qilinadi.  Kasallikning barinchi kunlarida bemorning siydik 
kanali  og‘zi  yopishib,  giperemiyalanibshishib  ketadi.  Siydikda  shilimshiq  va 
yiringli  ipchalar  ko‘rinadi.  Ertalablari  uretra  kanalidan  sarg‘ish-gungurt  yiring 
keladi.  Yallig‘lanish  kuchayganida  ajralayotgan  yiring  qon  aralash  bo‘lishi 
mumkin. Bemor tez-tez siyadi va og‘riq sezadi. 
Ayollar  so‘zagi  o‘zining  klinik  ko‘rinishi  va  kechishi  jihatidan 
erkaklarnikidan  bir  oz  farq  qiladi.  Bu  erkak  va  ayollar  siydik-tanosil  a’zolarining 
tuzilishidagi  tavofutlarga  bog‘liq.  Ayollarda  so‘zak  infeksiyasi  uretra,  Bartolin 
bezlari,  bachadon  bo‘yni,  shuningdek,  to‘g‘ri  ichakni  bir  yo‘la  shikastlantiradi  va 
jadal kechadi.  
So‘zak  bilan  xastalangan  erkaklar  yaxshi  davolanmasa  uretrit,  sistit, 
prostatit,  epididimit,  vezikulit  kabi  surunkali  kasalliklar  avj  olishi  mumkin. 
Ayollarda  esa  endotservitsit,  endometrit,  endomiometrit,  salpingit,  oofarit  kabi 
kasalliklar  yuzaga  keladi.  Ayniqsa  kasallik  oqibatida  erkak  va  ayollar  bir  umr 
bepusht bo‘lib qolishi mumkin. 
 
Immuniteti.  Odamda  so‘zakka  qarshi  tug‘ma  immunitet  yo‘q.  Kasallikdan 
sog‘aygandan  so‘ng  turg‘un,  kuchli,  uzoq  davom  etadigan  immunitet  hosil 
bo‘lmaydi. 
 

Download 3,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish