(Mil. avvalgi IX asr)
Miloddan avvalgi IX asrda Yunonistonda yashab
o‘tgan. Ayrim qadimshunoslar miloddan avvalgi VII
asrda yashagan deyishadi. Homeming barcha asarlari
Yunon-Troya urushi voqealari bilan boglangan. Rivo-
yatlarda Homerdan ilgari Muze, Evmolp, Tamir, Olen
kabi shoirlar yashab o4ganligi qayd qilinadi. Biroq
ulaming hayoti va ijodi haqida bizgacha m a’lumotlar
yetib kelmagan.
Homer yunon adabiyotining boshlovchisidir. Bu
ulug‘ shoirni jahon adabiyotining eng birinchi shoiri
deb ta’riflash mumkin. Homerdan bizgacha ikkita yirik doston - «Iliada»
va «Odisseya» yetib kelgan. Bundan tashqari, Homer nomi bilan bogMiq
15-20 she’rdan iborat gimnlar ham mavjud. Garchi bu asarlarning
barchasi mifologik xarakterda, ma’bud-ma’budalar, afsonaviy qahramon-
lar bilan bog‘liq bo‘lsa-da, ular tarixiy-estetik ahamiyatga egadir.
Yunonlar qadimgi Troyani Ilion shahri deb atashgan. «Iliada» Ilion
haqidagi dostondir. «Odisseya» - doston bosh qahramoni, Itaka podshohi
Odissey nomi bilan ataladi. Dostonda Troya urushidan g‘olib, muzaffar
qaytayotgan yunon pahlavoni Odisseyning ajoyib va g 4aroyib dengiz
safari haqida hikoya qilinadi.
Yana, Yunon-Troya urushining kelib chiqish sabablarini ifodalovchi
«Kipriya» dostonini ham Homer nomi bilan bog‘lashadi. Bu dostondan
ayrim parchalargina bizgacha yetib kelgan.
Homer asarlari mifologik xarakterda b o lsa ham, nihoyatda ishonarli.
Uning asarlarini qoMdan qo‘ymay o‘qigingiz, voqealarning nihoyasini
bilgingiz keladi.
Qadimda odamlar juda ishonuvchan, e ’tiqodli, sadoqatli bo'lganmi-
kan, deb o ‘ylanib qolasiz. Q o‘shin Troyaga j o ‘nash uchun qirgfcoqqa
to‘plangan. Kemaga o‘tirib, safarga otlanish kerak. Biroq shamol yo‘q.
Dengiz ma’budi Poseydon ham bu ishga aralashgan boMishi mumkindir.
Kohinlarning xabar berishiga qaraganda, qurbonlik berish kerak ekan.
Yana qanday deng. o ‘z qizini qurbonlik qilishi darkor. Nihoyat shamol
www.ziyouz.com kutubxonasi
turib, toMqinlar kemalami Troya tomon olib ketadi. Yunonlar Troyani
10 yildan ziyodroq qamal qiladi. Biroq Troyaning mustahkam devor-
laridan, xarsangtoshdan bino bo‘lgan darvozalaridan ichkariga kirish
oson emas. Umuman, birgina Yelena uchun qirg‘inbarot urushning,
behuda qon to‘kishning kimga keragi bor.
Homeming ulug‘ligi - yer yuzida birinchi bo‘lib, sevgi degan tuyg4-
uning ulug‘vorligini namoyon etdi. Bu tuyg‘uni qirg‘inbarot urush bilan
ham, zo‘ravonlik bilan ham yo‘q qilib boMmaydi.
Har qancha urinmasinlar Troyani ishg4ol etolmaydilar. Hatto yunon
pahlavoni Axill bor kuchini ishga solib har qancha chiranmasin, bari bir
Troyaga kirolmaydi. Nihoyat hiyla ishlatib, yog‘och ot yordamida bir
amallab Troyaga kirib, darvozani M enelay q o ‘shinlariga ochib
berishadi. Troyaning kulini ko‘kka sovurib, Yelenani olib, Spartaga
qaytadilar. Voqea ju d a qiziqarli. «Iliada» dostonining qisqacha
mazmuni shu bilan yakun topadi. Sparta podshohi Menelay ogMr jangga
otlanish oldidan Yunon pahlavonlari, yurt podshohlarini, do ‘stlarini
to ‘plab, m ashvarat o‘tkazgan, ularni yarashishga chaqirgan edi. Ular
ichida Itaka podshohi Odissey ham bor edi.
«Odissey» dostonida Troyadan o‘zyurtiga qaytayotgan Odisseyning
dengiz safari kuylanadi. «Odissey» dostoni «Iliada» dostonidagi voqea-
lardan ham qiziqarli sarguzashtlarga boy.
Dengizning asov toMqinlari goh u orolga, goh boshqa qirg‘oqlarga
olib ketadi. Odissey sheriklari bilan Quyosh m a’budasi G eliosning
m uqaddas vodiysiga borib qoladi. Shundan keyin ulkan q o ‘ylarini
boqib, g‘orda yashab yurgan bir ko‘zli devga yoMiqadi. Ayniqsa, pari-
zod Kirka qasriga borishda Odissey ancha tashvishga tushadi. Parizod
o ‘zining oltin qadahlarga quyilgan mayi bilan Odissey sheriklarini
to‘ng‘izga aylantirib, og‘ilga qamab qo‘ygandi.
Odissey xabarchi Termis yordami bilan Kirkaning makriga uchmas-
dan, sheriklarini o‘z holiga keltiradi. Parizod Kirka Odisseyga yalinib-
yolvoradi va pahlavon bilan umrguzaronlik o‘tkazish niyati borligini
m a’lum qiladi. Uzoq safarda boMib toliqqan, boz ustiga uyidan chiqib
ketganiga o ‘n yildan oshgani uchunmi, Parizodning bu taklifiga
Odissey rozi boMib, u bilan kayfu-safo qilib yashay boshlaydi. Kunlar-
dan bir kuni Parizod o 4z sevgilisi Odisseyni narigi dunyoga sayru
safarga olib ketadi. Odissey narigi dunyoda xotini va farzanlarini
tushida ko‘rib o4z yurtiga qaytish tashvishiga tushib qoladi.
Tadqiqotchilar «Odissey» dostonining yakuniy qismini «Alpomish»
dostoni voqealariga qiyoslab, ikki doston bir-biriga yaqinligini aytish-
www.ziyouz.com kutubxonasi
moqda. Shubhasiz, ko‘pgina xalq ijodi namunalarida o'xshash syujetlar
juda ko‘p. Negaki, dunyo xalqlarining orzu-niyatlari, ezgu o'ylari bir-
biriga hamohangdir. Jahondagi hamma xalqlar ham tenglik boMishini,
m ardlik, jaso rat, yaxshilikni kuylaydi. Homer asarlari xalq o g 4zaki
ijodiga asoslangan. Xalq dilidan kuylangan she’r barhayotdir.
HESIOD
Do'stlaringiz bilan baham: |