Mamasoli jumaboyev



Download 12,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/120
Sana01.01.2022
Hajmi12,16 Mb.
#280478
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   120
Bog'liq
Bolalar adabiyoti va ifodali o'qish (M.Jumaboyev)

KORNÅY IVANOVICH
CHUKOVSKIY
(1882 — 1969)
www.ziyouz.com kutubxonasi


347
Keyingi  yillarda  u  bolalar  adabiyoti  to‘g‘risida  ko‘plab
maqolalar  yozadi.  1907- yilda  „Bolalar  tili“  asari  maydonga
keladi.  K. Chukovskiy  dastlab  M. Gorkiy  hikoya  qilib  bergan
sujet  asosida  bugungi  kunda  o‘z  ahamiyatini  yo‘qotmagan,
badiiy  baquvvat  „Òimsoh“  ertagini  yozdi.  1918- yilda  esa
„Archa“  nomli  to‘plami  bosilib  chiqdi.  O‘sha  yili  „Jahon  ada-
biyoti“  nashriyotiga  ishga  kirdi.  1919- yilda  N. A. Nekrasov
asarlarining  to‘la  to‘plamini  nashr  ettirdi.  Shu  yillarda  uning
mashhur  „Moydodir“,  „Suvarakxon“  ertaklari,  „Kichik  bola-
lar“  kitobi  bosilib  chiqdi.
„Pashsha — xarxasha“,  „Barmaley“,  „Òelefon“,  „Fedora
o‘tkazgan  alam“,  „O‘g‘irlangan  quyosh“,  „Doktor  Voyjo-
nim“,  „Filinisa  kitob  o‘qir“,  „Kirpilar  kuladi“  asarlari  Kor-
ney  Chukovskiyning  nomini  olamga  yoydi,  kitobxonlar  hur-
matini  qozondi.
Korney  Chukovskiyning  ertak-dostonlarida  ezgulikning
yovuzlik  ustidan  g‘alabasi,  baxt,  yorqin  hayot  sari  keskin
kurash  bo‘rtib  turadi.  Masalan,  shoirning  „Moydodir“  asarida
bolalarning  odobli,  ozoda,  har  doim  to‘g‘riso‘z  bo‘lishi  va
tozalikka  rioya  qilish  mavzusi  ilgari  surilgan.
Asar  qahramoni  qator  fazilatlarga  loyiq.  Lekin  bir  aybi
bor,  doim  kir-chir  yuradi.  Shuning  uchun  bir  kuni  unga  xiz-
mat  qiluvchi  barcha  narsalar  ish  tashlaydi,  undan  yuz  o‘girib
qochib  ketishadi.  Bola  voqeaga  tushunmay,  xafa  bo‘lib  turganida
joniga  yuz-qo‘l  yuvgich — Moydodir  oro  kiradi.
Yosh  kitobxon  hamisha  hayvon,  jonivor  va  hasharotlar
haqidagi  voqea-sarguzashtlarni  sevib  o‘qiydi.  K. Chukovskiy-
ning  „Suvarakxon“  asari  ham  kichkintoylarning  sevimli  asar-
laridan  hisoblanadi.  Asarda  shoir  hayvon,  hasharot  va  yirt-
qichlarning  tuzilishlari,  fe’l-atvorlari,  dovyuraklik  va  qo‘rqoq-
liklari  to‘g‘risida  bahs  yuritadi:
Sho‘rlik,  baxtsiz  hayvonlar
Bo‘kirib,  dodlab  yig‘lar!
Har  bir  uyada
G‘or-u  qiyada —
Ochko‘z yovga
Òiz  cho‘kar.
Ana  shunday  vaziyat  tug‘ilib  turgan  paytda  paydo  bo‘lib
qolgan  chumchuqning  tadbirkorligi,  ishbilarmonligi,  chaqqon-
www.ziyouz.com kutubxonasi


348
ligi  qo‘l  keladi,  u  suvarakni  tiriklayin  yutib  yuboradi.  Shu
zaylda  chumchuq  o‘rmon-u  quruqlikda  yashaydigan  qushlar,
jonivorlar,  hayvon  va  yirtqichlarni  ozodlikka,  erkka,  baxtli  va
totli  hayotga  olib  chiqadi.  Bu  voqea  esa  bolalarning  estetik
didlarini  oshiradi,  hayvonot  olamiga  nisbatan  qiziqishlarini
shakllantiradi,  ona-Vatanga  bo‘lgan  mehr-muhabbatlarini  ka-
mol  toptirishda  yetakchi  omil  hisoblanadi.
„Doktor  Voyjonim“  asari  bir  umr  bolalarga  shodlik-qu-
vonch  bag‘ishlab  kelmoqda.  Doktor  Voyjonimning  oqko‘ngil-
ligi,  mehribonligi,  jonkuyarligi,  hayvonlar  bilan  inoq,  do‘st-
ligi  ibratomuz  chizib  berilgan.
Hayotda  nimalar  bo‘lmaydi  deysiz!  Hayot  ajoyib-g‘aroyib
voqealarga  boy.  K. Chukovskiy  mana  shunday  voqealar  ba’zi
befahm,  farosatsiz  bolalar  bilan  ham  sodir  bo‘lib  qolishi
mumkin,  deydi.  Mura  o‘y  o‘ylamaydigan,  fahm-farosat  bilan
ish  ko‘rmaydigan  qizcha.  U  bilan  juda  kulgili  voqea  yuz  beradi.
Shoir  „Muraga  „Ajoyib-g‘aroyib  daraxt“  ertagini  o‘qib
berishganida,  u  nima  qildi?“  she’rida  o‘ylamay,  aql  ishlatmay
tuflisini  bog‘  maydoniga  ekib,  ostini  yumshatib,  suv  quyib,
kulgili  ish  qilganligini  tanqid  qiladi:
Mura  yechib  tuflisin,
Bog‘ga  ko‘mib,  der  sekin:
— O‘s,  o‘saqol,  tuflicham,
Bo‘y  cho‘zaqol,  tuflicham!
Endi  jajji  tuflicham
O‘z  qo‘limdan  suv  ichar.
Niholcham  bo‘lar  daraxt,
Ulkan,  g‘aroyib  daraxt!
Pishib  bosonojkalar
Daraxt  sari  yo‘l  olar,
Qið-qizil  sapojkalar:
— Yulib  oling! — deb  qolar.
Shoirning  „Mechkay“  asarida  ham  shunday  kulgili,  ta’-
sirli  mavzu  yotganligini  ko‘ramiz.  K. Chukovskiy  ta’kidlab
o‘tganidek,  ba’zi  bolalar  bo‘ladiki,  yaxshi  o‘qish,  ozoda  bo‘-
lish,  yuvinib-taranib  yurish  o‘rniga  ko‘proq  ovqat  yeyish  ni-
yatida  yuradilar.  Haddan  ziyoda  ko‘p  ovqat  iste’mol  qilish
odamni  kam  o‘ylaydigan  qilib  qo‘yishini,  yaxshi  o‘qish,  ib-
ratomuz  ishlarni  amalga  oshirishda  unga  pand  berishi  mum-
www.ziyouz.com kutubxonasi


349
kinligini  tushunmaydigan  bolalar  onda-sonda  uchrab  turishini
boplab  tanqid  qiladi:
¾Òeshik  kulcha  juda  soz,
O‘ttiz  bog‘lamin  shovvoz
Bir-bir  yutay  deb  yechgan,
Òo‘rt  xumcha  sutni  ichgan.
So‘ng  urib  qirq  to‘rt  quymoq
Singlim  xo‘p  ozgan,  biroq
Ko‘plarni  hayron  etgan,
Eshikka  sig‘may  ketgan.
Sig‘sa  ham  jila  olmas,
Na  qilsin  bila  olmas.
Korney  Chukovskiy  sevimli  shoir,  iste’dodli  adib,  shu-
ningdek,  yirik  adabiyotshunos  olim  bo‘libgina  qolmay,  bilim-
don  tarjimon  ham  edi.  Uning  „Ikkidan  beshgacha“  nomli
mashhur  tadqiqotida  kichik  yoshdagi  bolalarning  xarakter  xu-
susiyatlari,  nutqi  va  ruhiyati  xususida  qiziqarli  hayotiy  ma’lu-
motlar  beriladi.
Ulkan  so‘z  san’atkori  Korney  Chukovskiy  bolalar  qalbini
to‘lqinlantiradigan,  hayajonga  soladigan  kitoblar  muallifi  sifa-
tida  hurmatga  sazovor.  E’zozli  muallifning  umri,  bosib  o‘tgan
hayot  yo‘li  ham  xuddi  kitoblari  singari  e’zozlanadi.

Download 12,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish