114
2 tasi bugungi O’zbekiston hududidan, VIII asr oxiri IX asr boshlarida mintaqa
adab ilmining iqtidorli namoyandalaridan Adib Ahmadning ilk turkiy dostoni shu
hudud bilan bog’lanadi, Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy,
Forobiy, Ibn Sino, Beruniy kabi islom ma’rifatchiligining dunyoga nomi taralgan
vakillari, mo’’tazila yo’nalishining so’nggi zabardast vakili, Qur’oni karimning
eng mo’’tabar tafsirlaridan «Al-Kashshof»ning muallifi Mahmud az-Zamaxshariy
(1075-1144), Kalom ilmida alohida yo’nalishga asos solgan Al-Moturidiy, fiqh
ilmining o’nlab zabardast allomalari, jumladan, butun islom dunyosi qozilarining
asosiy kitobi bo’lmish fiqh ilmining qomuslaridan «Hidoya fil-furu’» ni yaratgan
Burhonuddin Marg’inoniy (vafoti 1197 yil), tasavvufning uch buyuk tariqati -
yassaviya, kubraviya, naqshbandiya-xojagon asoschilari - Ahmad Yassaviy,
Najmiddin Kubro, Abduholiq G’ijduvoniy, Bahovuddin Naqshband va boshqa
yuzlab tasavvuf shayxlari ushbu zamin farzandlaridir. Butun islom dunyosida IX -
XIII asrlarda hukmronlik qilgan turkiy sulolalar ham ushbu zamindan chiqib borib,
dunyoni zabt etganlar. Agar bugun biz Shimoliy Afrika va Ispaniya, Arabiston
yarim oroli va Markaziy Osiyo hududlarida IX-XV asrlarda yashab o’tgan
allomalar merosini bir-biridan alohida o’rgana boshlasak, tarixiy-ma’naviy
voqelikni hech qachon to’g’ri ilg’ay olmaymiz va ko’p narsani chalkashtirib
yuboramiz. Asli Mahmud Koshg’ariy turkiy adabiy til va uning shevalariga
bag’ishlangan kitobini Bag’dodda yozgan bo’lsa, Mahmud Zamahshariyning
asarlari Xorazm vohasida arab tilida ijod etilgan bo’lsa, hatto XV asrda
hukmronlik qilgan Mirzo Ulug’bek o’zining asarlarini arab va fors tillarida yozgan
bo’lsa, bu uch til (arab, fors, turk) da yozilgan yaxlit madaniy merosning yagona
mohiyatini qanday qilib bir-biridan ajrata olamiz?
Xullas, 7 asrdan oshiq vaqt davomida katta bir mintaqada yagona madaniyat,
yagona ma’naviy muhit shakllandi. Ushbu muhitda arab, fors, turkiy millatlarning
o’ziga xos ma’naviy dunyosi bir-biri bilan nihoyatda yaqinlashib, o’zaro umumiy
jihatlar kasb etdi. Shu bilan birga ularning islomdan oldingi taraqqiyoti muayyan
darajada farqlangani bois va boshqa turli omillar tufayli umumiy rivojlanishning
milliy talqinlarida farq bo’lishi ham tabiiydir. Turkiy millatning bosh bo’g’ini
bo’lmish o’zbek xalqi milliy ma’naviyati taraqqiyotida Alisher Navoiyning
ma’naviy olami avj nuqtani tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: