Z. O. Nazarova farm atsevtika fan lari d o k to ri, professor



Download 5,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/536
Sana31.12.2021
Hajmi5,95 Mb.
#279482
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   536
Bog'liq
pdffox.com tibbiyot-tovarshunosligi

3.5.  Xalqaro  standartlar
1946-yilning  oktabr  oyida  Birlashgan  M illatlar  Tashkiloti 
(B M T)  to m o n id an   stan d artlash   b o ‘yicha  xalqaro  tashkilot 
(И С О —ISO)  tashkil  topgan.  ISOning  asosiy  vazifasi  —  xalqaro 
savdoga va ilmiy- texnik taraqqiyotga ko‘maklashish va rivojlantirish 
maqsadida xalqaro tavsiya (standart)lar ishlab chiqishdir.
ISO  va  uning  texnik  qo ‘mitalari,  hay’atlari  guruhlari  tom o­
nidan standartlash bo ‘yicha xalqaro tavsiyalar loyihalarini yaratish, 
kelishish va tasdiqlash bo‘yicha katta ishlar qilingan.  Bular qatorida 
xalqaro elektr hay’ati  (IEC )  (M J);  M e’yorlash Yevropa qo‘mitasi 
(C E N ,  EKH);  Sifatni  nazorat qilish Yevropa tashkiloti  (EOKK); 
Metrologiya xalqaro tashkiloti  (M O ZM )  va boshqalar.
X alqaro  e lek tr  h a y ’ati  (kom issiyasi)  (M E K —X EK )  va 
Xalqaro standartlash tashkiloti  (ISO—XST) standartlash borasida 
dunyoda eng  nufuzli  tashkilotlardir.  X EK  tibbiy elektr uskunalar 
xavfsizligiga nisbatan talablami tartibga soluvchi standartlar ustida 
ishlaydi,  XST—ISO  esa  m ahsulotning  boshqa  barcha  turlari 
bo‘yicha standartlarni  ishlab chiqadi.
Jami bo‘lib XEK va XST da tibbiy mahsulotlarni  standartlash 
bo‘yicha  14 ta texnik qo ‘mita,  kotibiyatlar tashkil etilgan,  ulardan 
7  tasini  Germ aniya,  3  tasini  AQSH,  2  tasini  Buyuk  Britaniya,  1 
tadan qo'mitani esa Shvetsiya va  Daniya boshqarmoqda.
Xalqaro  standartlarning um um iy soni  586 ta bo ‘lib,  ularning 
texnik  qo‘m italar  bo'yicha  taqsim oti  1-jadvalda  ko‘rsatilgan. 
Standartlash ayniqsa faol  rivojlanayotgan qo ‘mita va komissiyalar: 
T K /M E K   da  (62  ta),  Tibbiy  elektr  uskunalar  va  apparatlar 
qo ‘mitasi bo‘yicha  100 ta hujjat,  T K /IS O —106 tani tashkil etadi.
Xalqaro bozorga  kelib  tushayotgan  tibbiyot  mahsulotlarining 
ta ’sirchanligi, tozaligi va sifatining maqbul standartlarini belgilovchi
45


Xalqaro  Farm akopeya  (dori  tayyorlash,  tekshirish  saqlash  va 
bemorlarga yozib berishga oid qoidalar to'plam i) xalqaro standart - 
larning  asosini  tashkil  qiladi.  Ushbu  standartlar  BSST(VOZ) 
nizomiga  muvofiq  BSSTga  a ’zo  mamlakatlar  tom onidan  qabul 
qilinishiga qulaydir.  Milliy farmakopeyalar asosan qimmat turadigan 
asbob-uskunalar  va  yuqori  malakali  xodimlami  talab  qiladigan 
murakkab  tahlil  usullariga  tayanadi.  Shu  bois  ularning  iqtisodi 
yetarlicha rivojlanmagan  mamlakatlar uchun maqbul emas. Xalqaro 
farmakopeya usullari oddiy va kam xarajatlidir.
Shunday qilib,  Xalqaro  Farmakopeya ayrim keng qo‘llaniladi- 
gan  milliy  va  mintaqaviy  Farmakopeyalarning  muqobilini  o‘zida 
mujassamlantiradi.  Uning  asosiy maqsadi klassik uslublar negizida 
sifatning  ishonchli  standartlarini  tak lif  qilib,  rivojlanayotgan 
m amlakatlam ing ehtiyojlariga moslashishdan iboratdir.
1-jadval
Texnik qo‘m italar  tomonidan  xalqaro 
standartlaraing  ishlab  chiqilishi  bo‘yicha 
m a’lum otlar
X alqaro texnik 
Q o'm italar
S tandartning yo'nalishi
Т К /М Э К   62
Elektr-tibbiyot uskunalari
T K /IS O
76
Q on  quyish bo'yicha tizim lar
TK /1SO
84
Tibbiy ignalar,  inyeksiyalar uchun shprislar
T K /IS O
106
Tish  davolash  ishi
T K /IS O
121
N arkoz-nafas apparaturasi
T K /IS O
150
Jarroh lik  uchun  im p lan tan tlar
T K /IS O
168
Protez-ortopediya buyumlari
T K /IS O
170
Jarrohlik asboblari
T K /IS O
172
Optika buyumlari va optik asboblar
T K /IS O
173
N ogironlam i reabilitatsiya qilish vositalari
T K /IS O   194
Tibbiy buyum lam i sterilizatsiya qilish
T K /IS O   210
Tibbiyot sanoatida sifat tizimi
T K /IS O
212
Klinik laboratoriya tadqiqotlari va  in vitro 
tashxis test-tizim lari
46


Boshqa  standart,  bu  — 
Yevropa  Farmakopeyasi
  bo‘lib,  u 
1964-yilda  Yevropa  Kengashi  (E C —ruscha)  nomidan  tatbiq 
etilgan. Yevropa  Kengashining direktivasiga binoan  (20.05.1975) 
Yevropa  farmakopeyasining  monografiyalari  savdo  litsenziyasi 
uchun hujjatlami tuzishda  (ya’ni, dori vositalarni  ro‘yxatga olish) 
majburiy  hisoblanadi.  Yevropa  Farmakopeyasining  maqsadi  — 
jam oatchilik  salomatligini  saqlashda  dori  preparatlar  sifatini 
kafolatlovchi  ijtimoiy standartlarni ta ’minlashga ko‘maklashishdan 
iborat.
Milliy  Farmakopeyalar  birinchi  b o ‘lib,  Yevropa  davlatlarida 
yaratilgan  edi:  P ru ssiy ad a(1 7 8 9 -y .),  A vstriyada  (1 8 1 2 -y .), 
Fransiyada (1818-y.),  Britaniyada (1864-y.),  Germaniyada (1872), 
shuningdek  AQSH  (1820-y.).
2001 -yilda  Ukraina  SogMiqni  saqlash  vazirligi  tom onidan 
Ukrainaning  Yevropa  Farmakopeyasi  bilan  uyg‘unlashtirilgan 
Davlat  Farmakopeyasining  1-nashri amalga kiritildi.
Rossiya  Federatsiyasi  davlat  farmakopeyasining  12-nashrini 
bosmadan chiqarishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.  M D H ning  12 ta 
davlatida milliy farmakopeyani yaratish murakkab muammo.  Lekin 
bu  muammo dolzarb va zamonaviy.  M DH   davlatlari-qatnashchi- 
larining  dori  vositalari,  tibbiy  buyum lar  va  tibbiy  texnikani 
standartlash,  ro‘yxatga  olish  va  sifatini  nazorat  qilish  bo ‘yicha 
Davlatlararo  majlisi  (2002-yil,  may)  da  M DH  farmakopeyasini 
yaratish  bo ‘yicha  ishlarni  tashkil  qilish  to ‘g‘risida  qaror  qabul 
qilindi.
Oxirgi  m a’lumotlarga ko‘ra,  Belorussiya davlatining Yevropa 
Farmakopeyasi  bilan  uyg‘unlashtirilgan  Milliy  Farmakopeyasi 
2007-yilning  1-yanvaridan joriy  etildi.

Download 5,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   536




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish