3.3. Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari. A.Ouken qonuni
Barcha mavjud resurslardan tо„liq foydalanish yoki ishsizlikning tabiiy darajasi
holatida iqtisodiyotda yaratilishi mumkin bо„lgan mahsulot hajmini iqtisodiyotning
ishlab
chiqarish potensiali
deb ataladi. Mamlakatning ishlab chiqarish potensiali potensial
YAIM kо„rsatkichi bilan о„lchanadi.
Makroiqtisodiy beqarorlik tufayli, iqtisodiy pasayish davrida mamlakat о„z iqtisodiy
potensialini tо„liq ishga solmasdan, yaratilgan haqiqiy YAIM hajmi (Yh) potensial YAIM
(Yp) hajmidan ortda qoladi. YA‟ni YAIMning uzilishi (YUZ) rо„y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |