44
I. Umumiy qoidalar
Mazkur Nizom O‗zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‗g‗risida»gi qonuni va
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi talablari asosida ishlab chiqilgan bo‗lib, unda
o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalari qoshida faoliyat ko‗rsatuvchi
"Iqtidorli o‗quvchilar bilan ishlash markazi" (keyingi o‗rinlarda Markaz) ning
maqsad va vazifalari belgilangan.
II. Markazning maqsadi va vazifalari
1. Markazning maqsadi quyidagilardan iborat:
O‗zbekiston Respublikasining "Ta‘lim to‗g‗risida" gi qonuni, Kadrlar
tayyorlash milliy dasturini hayotga keng tadbiq etish, kelajakda O‗zbekiston
Respublikasini har tomonlama rivojlangan buyuk davlatga aylantirish uchun
xizmat qiladigan yetuk va barkamol shaxslarni tarbiyalab yetishtirish;
mamlakatimiz ilmiy salohiyatini yuksaltirish, yuqori malakali ilmiy kadrlar
sonini ko‗paytirish uchun zamin tayyorlash;
O‗zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlari
bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iborat.
Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
iqtidorli va iste‘dodli yoshlarni aniqlash, ularning qobiliyatlarini to‗g‗ri
yo‗naltirish va intelluktal salohiyatini o‗stirish;
o‗quvchilarni fan sohalariga qiziqtirish va ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb
qilish;
o‗quvchilardagi noyob qobiliyatlarni namoyon qilish uchun imkoniyatlar
yaratish;
o‗quvchilarning mustaqil bilim olish va o‗z ustida ishlash samaradorligini
oshirish;
iqtidorli o‗quvchilarning respublika va xalqaro fan olimpiadalari va
musobaqalari, respublika miqyosidagi konferensiya, ko‗rik-tanlov va anjumanlarda
faol ishtirok etishlarini ta‘minlash;
o‗quvchilarni ilmiy-konstruktorlik ishlarini bajarish, asbob-uskunalar,
qurilmalar, mashina-mexanizmlar modellari va maketlarini yaratishga jalb qilish;
45
o‗quvchilarning o‗quv dasturlari hajmida tabaqalashtirilgan va ma‘lum
ixtisoslikka yo‗naltirilgan keng kamrovli va chuqur bilim olishlariga yordam
berish;
o‗quvchilarning ilmiy dunyoqarash, mustaqil va mantiqiy fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantirish;
o‗quvchilarda tashabbuskorlik va tashkilotchilik ko‗nikmalarini
rivojlantirish;
o‗quvchilarning kutubxonada darsliklar, qo‗shimcha adabiyotlar bilan
mustaqil ishlash hamda ularni tahlil qilish, xulosalar chiqarishga o‗rgatish;
o‗quvchilarning o‗z fikr-muloxazalarini jamoatchilik oldida erkin ifodalash,
dalil keltirib isbotlash yoki rad etish usullarini o‗rganishlariga ko‗maklashish;
o‗quvchilarda milliy va umumshaxsiy qadriyatlarga muhabbatni kuchaytirish,
ma‘naviy-axloqiy, barkamol shaxs qilib tarbiyalash;
iqtidorli o‗quvchilar banki va monitoringini shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: