Vaziyatga doir masalalar:
1.Preparatni yo‘rug‘lik mikroskopida o‘rganayotganimizda yadroning hujayra
qobig’iga yopishgan, siqilgan holda joylashgani ko‘rindi. Bu qanday hujayra
bo‘lishi mumkin, nima uchun uning yadrosi periferiyaga joylashganligini
tushuntiring.
2.Hujayraning elektron mikroskopda olingan rasmini o‘rganayotganimizda umumiy
membrana bilan o‘ralgan, ichida parchalanayotgan mitoxondriyalar, kanalchalar
joylashgan yirik pufakcha ko‘rindi. Bu qanday organoid bo‘lishi mumkin?
3.Hujayraning elektron mikrofotografiyasida sitoplazma endoplazmatik to‘r
kanalchalari va pufakchalari bilan to‘la ekanligi ko‘rindi. Bu hujayra qanday asosiy
funsiyani bajarishi mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |