A'zolar evolyutsion o‘zgarishlarining asosiy zaminlari multifunksionallik va
funksiyalarning miqdoriy o‘zgarishidir.
Multifunksionallik - har qanday a'zoning bitta asosiy va birnechta
qo‘shimcha funksiyalari mavjud. Masalan, taloq faqat qon hosil qiluvchi a’zo
bo‘libgina qolmasdan ayrim gormonlar sintezi va boshqa funksiyalarni bajaradi.
Hazm a'zolari faqat hazm qilishdagina qatnashmasdan ichki sekretsiyada, limfa va
qon hosil qilishda ham qatnashadi. Multifunksionallik funksiyalar almashinishi
natijasida a'zolar evolyutsion o‘zgarishlariga imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |