350 MING DOLLARLIK GILAM
yoxud o‘zbek o‘g‘loning g‘aroyib sarguzashtlari
Savdo uyi vakillari gilamni
dastlab taklif qilingan narxda
sotib olish fi kridan qaytib,
uning qiymatini tushirishga va
natijada Otabekni aldashga
urinishadi.
Bundan g‘azablangan
Otabek gilamni sotishdan
bosh tortib, uning asl qiymatini
biluvchi odamlar bilan
uchrashish uchun dunyo
bo‘ylab o‘zining tahlikali, ammo
qiziqarli sayohatiga otlanadi.
Gilam AQShda birinchi narxdan
ham yuqoriroq qiymatga -
350 ming AQSh dollariga
baholanadi. Dunyoning uch
qit’asini kezgan Otabek endi
faqat gilamni sotish fi kri
bilan cheklanmasdan, balki
“Christie’s” savdo uyining
kirdiorlarini fosh etishni ham
o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
Safari so‘ngida Otabek ushbu g‘aroyib sayohati
tafsilotlarini kitob holiga keltirishga jazm etadi.
Shu tariqa sarguzasht-detektiv uslubidagi “Kristis
fosh etildi” asari dunyo yuzini ko‘radi.
Kitob bugun xalqaro jamoatchilik tomonidan
katta qiziqish bilan o‘qilmoqda. U rus, ingliz va ispan
tillarida chop etildi. Kitobning nemis va fransuz
tilidagi tarjimalari ham tayyorlanmoqda. Asar
ko‘plab xalqaro adabiyotshunos va tanqidchilarning
nazariga tushdi. Marhum adib, dunyo adabiyoti
tarixida o‘chmas iz qoldirgan yozuvchi Chingiz
Aytmatov asar haqida iliq fi kr bildirganini alohida
ta’kidlash lozim. Ushbu asar yuzasidan hozirda
bir qator Gollivud kinoijodkorlari fi lm ishlash taklifi
bilan chiqishmoqda. Yaqin yillarda ushbu asar
asosida suratga olingan detektiv janridagi Gollivud
fi
lmi jahon kinoteatrlariga
chiqib qolsa ajab emas.
Biz Otabek Teshabekov
bilan bog‘lanib, bu kitobni
yozish istagi unda qanday
paydo bo‘lgani bilan qiziqdik.
- Kitobda hikoya
qilinayotgan «Kristis» savdo
uyi bir yilda 17.5 milliard
dollar daromad qiladi, -
deydi tadbirkor-yozuvchi
Otabek Teshabekov. -
Lekin bu pullarning asosiy
qismi odamlarni aldash va
yolg‘on bilan topilgan. Men
«Kristis» kompaniyasining
fi
ribgargarlik ishlarini fosh
qilish maqsadida va aldangan
odamlarning haq-huquqlarini
himoya qilish maqsadida
ushbu kitobni yozishga jazm
qildim.
Otabekning ushbu
jasorati uning boshiga ko‘p sinovlarni soldi.
- Ikki marta hayotimga suiqasd uyushtirishdi
– deydi u. – Bularning ortida «Kristis» turganiga
ishonchim komil.
- Gilamning taqdiri nima bo‘ldi? Uni
sotdingizmi? – deya qiziqib so‘raymiz muallifdan.
- Buni kitobni o‘qisangiz bilib olasiz – deya
savolni ochiq qoldiradi Otabek.
Kitob va uning muallifi haqida qo‘shimcha
ma’lumotlarni gazetxonlarimiz www.
christiesunmasked.com internet sahifasidan
topishlari mumkin. Xarid qilish istagida bo‘lganlar
kitobga ushbu manzildan buyurtma berishlari
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |