A. M. Abduvohidov, F. S. Qutlimurotov



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/113
Sana31.12.2021
Hajmi0,88 Mb.
#277905
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   113
Bog'liq
Turizm iqtisodi. Abduvohidov A.M. Dars 2011.

 
 
 


 

KIRISH 
 
 XX  asr  insoniyat  hayoti  va  faoliyati  tarzi  tarovatining  barcha 
sohalariga  ulkan  o‘zgarishlarni  olib  keldi.  Bu  o‘zgarishlar  fan  va  ilmiy 
tadqiqotlar,  texnikani  rivojlantirish,  yangi  materiallar,  texnologiyalar 
yaratish  va  ishlab  chiqarishni  boshqarish  sohalarida  yorqin  namoyon 
bo‘ldi. Insonning o‘zi, ya’ni moddiy boyliklarni ishlab chiqaruvchi va shu 
bilan    birga  ularni  iste’mol  qiluvchi  shaxsning  o‘zi  ham  sifat  jihatidan  
o‘zgarib bormoqda.  Insonlarning falsafasi, dunyoqarashi, fikri - tafakkuri 
ham  tubdan  o‘zgarib  bormoqda.  O‘zbekiston  o‘z  mustaqilligini    qo‘lga 
kiritganidan  so‘ng  bozor  munosabatlariga  o‘ziga  xos  model  orqali    kirib 
bormoqda. Bozor munosabatlariga o‘tish ob’yektiv zaruriyat bo‘lishi  bilan 
birga zamon talabi hamdir. Bozor iqtisodiyoti barcha imkoniyatga  daxldor 
hodisa  bo‘lib,  jahon  sivilizatsiyasining  rivojlanish  yo‘lida  muqarrar  bosib 
o‘tiladigan bosqichdir. Bozor iqtisodiyotining chinakkam  oxirgi maqsadi, 
avvalo,  insonga  munosib  yashash  sharoitlarini  yaratish  va    respublikani 
madaniyat 
va 
taraqqiyot 
cho‘qqilariga 
olib 
chiqishdir. 
Bozor  
munosabatlariga  o‘tish  qaror  topib  kelayotgan  yangi  davlatchilik  uchun 
jamiki  resurslardan  foydalanishni,  xalq  xo‘jaligining  farovon  turmush  
kechirayotgan,  iqtisodiy  jihatdan  rivojlangan  mamlakatlar  qatoriga  olib 
chishni ta’minlab beradigan qudratli iqtisodiy asos yaratib  berishi kerak. 
Hozirgi  vaqtda  butun  dunyoda,  shuningdek  O‘zbekistonda  ham  
iqtisodiyotning noishlabchiqarish, xususan turizm sohasiga e’tibor  tobora 
kuchayib  bormoqda.  Insonlar  bo‘sh  vaqtlarini  samarali  o‘tkazib,    dam 
olishga,  sog‘ligini  tiklashga,  dunyoni,  xalqlarning  urf  -  odatlari,  
qadriyatlarini  bilishga  intilmoqdalar.  Bunday  xizmatlarni  turizm    sohasi 
ko‘rsatadi. Insoniyat har doim o‘zining harakat doirasini  o‘zgartirib, yangi 
yerlarni  kashf  qilishga  intilgan.  XX  asrga  kelib    bunday  intilishlar 
kuchaydi  va  turizm  industriyasining  rivojlanishiga    turtki  bo‘ldi.  Ayrim 
mamlakatlarda  turizm  sohasi  juda  ham  barqaror    rivojlanib  bormoqda  va 
ularning  har  yillik  o‘sish  sur’ati  8%-10%    gacha  boradi.  Bu  esa  turizm 
sohasining  qanchalik  darajada  mamlakatlar  iqtisodiyoti  tizimida  hal 
qiluvchi ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Shunisi qiziqki, turizm 
rivojlanishi  natijasida  transport,  bozor  infratuzilmasi,  savdo-sotiq,  oziq-
ovqat  tarmoqlari,  qurilish,  hunarmandchilik  va  boshqa  xizmat  ko‘rsatish 
tarmoqlari ham rivojlanib  boradi. 
 
2010 yil yakunlariga  ko’ra,  mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 8,5 
foizga,  sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  hajmi  8,3  foizga,  qishloq 
хo’jaligi mahsulotlari etishtirish hajmi 6,8 foizga, qurilish ishlari hajmi 8,1 


 

foizga, chakana tovar aylanmasi 14,7 foizga, pullik хizmatlar 13,4 foizga 
ko’paydi.  Iqtisodiyotga  soliq  yukining  kamaytirilgani  holda  Davlat 
byudjeti  yalpi  ichki  mahsulotga  nisbatan  0,3  foiz  miqdorda  profitsit  bilan 
ijro  etildi.  Inflyatsiya  darajasi  belgilangan  prognoz  ko’rsatkichidan 
oshmadi
1

O‘zbekiston  yangi    XXI  asrga  shaxdam  qadamlar  bilan  kirib  keldi. 
XXI  asr  turizm  va  sayyohlik  asri  bo‘ladi  deb  bashorat  qilinmoqda.  XXI 
asrda  turizm  o‘zining  salmoqli  hissasi  bilan  respublika  budjetida  valyuta 
tushumini 
ta’minlaydi. 
Bunga 
respublikamizda 
har 
tomonlama 
imkoniyatlar  va  asoslar  yetarli.  Faqat  zamonaviy  turizmni  rivojlantirish 
strategiyasini  hayotga  tatbiq  etib,  turizm  sohasini  yuqori  pog‘onalarga 
ko‘tarish  imkoniyatini  yaratishimiz  kerak.  O‘zbekistonda  turizm  yangi 
soha  hisoblanmaydi,  bu  soha  qadimdan  mavjud  bo‘lgan,  faqat  bizning 
oldimizda turgan vazifa turizmni yangicha strategiya asosida rivojlantirish 
va istiqbolini belgilashdir. 
Turizm  turistlarga  xizmat  ko‘rsatishga  aloqador  bo‘lgan  tarmoqlarni 
qamrab  oluvchi  o‘ziga  xos  dam  olish  sanoati  hisoblanadi.  Turizm 
sohasidagi  hamkorlik    xo‘jalik  jamoat  ishlab  chiqarishga  aholining  band 
bo‘lmagan  yoki  qisman  band  bo‘lgan  qatlamlarini  jalb  qilib,  mehnat 
resurslaridan  to‘liq  va  oqilona  foydalanish  muammosini  hal  qilishga 
yordam beradi. Bu ayniqsa sanoati yaxshi rivojlanmagan mintaqalar uchun 
muhimdir.  Turizm  sohasidagi  hamkorlik  iqtisodiy  imkoniyatlari  nisbatan 
yuqori  emasligi  bilan  farqlanuvchi  ayrim  mintaqalarni  rivojlantirishda 
muhim rol o‘ynaydi. Turizm, bu mintaqalarda ishga oid faollikka yordam 
beradi,  jamoat  ishlab  chiqarishida  band  bo‘lmagan  mehnatga  layoqatli 
aholini  jalb  qiladi,  mehnatni  tatbiq  qilish  sohasini  kengaytiradi.  Turizm 
sohasida  hamkorlik  qilish  iqtisodiyotning  rivojlanishini  faollashtiradi, 
mintaqaviy  resurslardan  samarali  foydalanishga  hamda  xizmat  ko‘rsatish 
sohasi  xodimlarining  malakasini  oshirishga  yordam  beradi.  Turistik 
tarmoq  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishni  rivojlantirishni  jadallashtirish 
va  uni  yaxshilashga  yordam  beradi.  Kelajakda  aholiga  xizmat  ko‘rsatish 
sohasining  kengayishi  bilan  xizmat  ko‘rsatish  sohasida  band  bo‘lganlar 
soni ortib boradi.  
 
                                                           
1
 
Каримов  И.  “Барча  режа  ва  дастурларимиз  Ватанимиз  тараққиётини 
yuксалтириш, халқимиз фаровонлигини оширишга хизмат қилади” мавзусидаги 
маърузаси. // Халқ сўзи. 2011 йил 22 январь. 
 
 


 


Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish