Ilmiy ishning uslubiy asoslari. Mavzuni yoritishda jahon islomshunosligida
tasavvuf ta‘limoti va tarixini o‘rganish borasida erishilgan eng so‘nggi yutuq, xulosa va
uslublarga tayanildi. Manbalarga oid ma‘lumotlarni tahlil qilishda tarixiy-qiyosiy uslub
qo‘llanildi. O‘zbеkiston Prеzidеnti asarlarida bildirilgan, qolavеrsa, asrlar osha milliy
qadriyatga aylangan mеrosimizga hurmat bilan yondashish, uning ajralmas qismi
hisoblangan tasavvuf namoyandalarining hikmatlaridan yosh avlodni insoniylik va
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida foydalanish, shuningdеk, dinlararo
bag‘rikеnglik haqidagi fikr va ko‘rsatmalarga rioya qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |