41
mohiyatiga katta ahamiyat bergan. Ijodkoming operalarida musiqa hamma vaqt sahna
harakatlarining rivojlanishi bilan to'liq uyg'unlikda bo'lgan.
Motsart o'z operalarining librettolariga haddan tashqari talabchanbulardi. U
librettochilardan musiqaga nisbatan maksimal darajadagilo'ndalik va e'tiborni talab qilar
edi. Musiqaga ustivorlikni bersa-da,Motsart operaga murakkab yaxlit organizm sifatiga
qarardi. Motsartopera harakatining barcha unsurlarini bir-biriga bo'ysundirgan
holdamusiqa va dramatik harakatlarning to'la moslashuviga erishgan.
Motsart buffa, seria va zingshpil-janrlarida operalar yaratgan.Bu janrlarning har biri Vena
simfonizmining tamoyillariga o'xshab,uning ijodida boshqa janrlarning unsurlarini
qo'shish bilanboyitilib borardi. Jumladan, «Figaroning uylanishi» asosiy janr belgilariga
ko'ra, buffa operasi, biroq grafinya obrazi buffa obrazlari turiga kirmaydi: uning birinchi
ariyasi («Sevgi xudosi») seria operalarining lirik ariyalariga xos bo'lgan lamentoni ham
qamrab oladi. Motsart o'z qahramonlarining musiqiy tavsifini berishda nihoyatda mohir
edi. Bu qotib qolgan maskalar emas, balki tirik insonlar bo'lib, ularning ichki va tashqi
qiyofalari butun spektakl davomida ochilib boradi. Don Juan, Donna Anna, Suzanna va
boshqako'plab personajlar shular jumlasidandir.
Uning operalaridagi asosiy harakatlanuvchi shaxslar murakkab va ko'p qirrali
obrazlarni yaratadigan o'ziga xos, intonatsiyali davrlar (tovushlar izchilligi) bilan
ziynatlangan. Masalan, Don Juan obrazida Lining jur'ati, qat'iyati, hayotiy lazzatlarga
nisbatan behalovat muhabbati ta'kidlanadi; Suzanna obrazida — ayol
jozibasi, ayyorligi, aqli va hiylakorligi; Bazilio obrazida — pastkashlik va makkorlik kabi
qirralar ko’rsatilgan. Qahramonlarningtavsifi yakkaxon nomerlar va duetlardagina emas,
balki ansambllardaham ochib beriladi.
XVIII asr oprealarining kompozitsion tarkibi muayyan an'analarga ega: opera o'zida bir
qator mustaqil tugallangan nomerlarni ham mujassamlashtirgan, ular o'zaro yo
rechitativlar, yoki so'zlashuv dialoglari bilan bog’lanib turgan. Operaning har bir
ko'rinisni barcha ishtirok etuvchi shaxslarning qatnashuvidagi rivojlangan ansamblli
sahnadan iborat bo'lgan katta final bilan yakunlangan.
Bu an'anaga Motsart ham rioya qiladi, biroq nomerlarningbir-biridan keyin kelishi unda
har doim qotib qolgan sxemalarningkuchi bilan emas, balki dramatik harakatlarning
mantiqibilan shartlangan. Jumladan, «Figaroning uylanishi» Suzannava Figaroning ikkita
dueti bilan boshlanadiki, bu amaldagi qonuniyatlarni
ochiqdan ochiq bo’zish edi.
Motsart har doim qahramonlarining navbatdagi ariyani kutib, sahnada qotib
qolmasligi uchun qayg'urardi. Uning opera shakli sohasidagi kashfryotlari shu bilan
bog’liq. Ko'p hollarda u alohida nomerlarning tugallanganligini opera sahnasining yaxlit
rivoji bilan qo'shib yuboradi. Operaning eng hayajonli, asosiy
sahnalari ansamblli ko'rinishlar bo'lib, ularda ziddiyatlar ravshan va o'tkir nuqtasiga
yetadi.
• Motsart o'z qahramonlarining musiqiy tavsifmi berishda nihoyatdamohir edi. Bu
qotib qolgan maskalar emas, balki tirik insonlar bo'lib,ularning ichki va tashqi qiyofalari
butun spektakl davomida ochila boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: