1.1.1-jadval
Turizmni sayyohatdan ajratib turuvchi asosiy xususiyatlar
5
№
Farq qiluvchi
xususiyatlari
Turizm
Sayohat
1
Mamlakat
iqtisodiyotiga
ta‘siri
Turizm kuchli jahon
miqyosidagi iqtisodiyot
tarmog‗i bo‗lib, uning jaxon
yalpi ichki mahsulotidagi
ulushi mavjud
Sayohatlarning
iqtisodiyotiga bevosita
ta‘siri yo‗q
2
Qo‗yilgan
maqsadlar
bo‗yicha
Yo‗llanmada ko‗rsatilgan
aniq qo‗yilgan maqsadlar
bilan chegaralangan
Aniq qo‗yilgan
maqsadlar bilan
chegaralanmagan
3
Muddat
maboynida
Yo‗llanma bilan
chegaralangan
Muddati
chegaralanmagan
4
Ma‘lum makonda
bo‗lishi
Bo‗ladigan joyi yo‗llanma
bilan chegaralangan
Makoni yoki bo‗ladigan
joyi chegaralanmagan
5
Bo‗sh vaqtning
mavjudligi
Asosan bo‗sh vaqt
maboynida amalga
oshiriladi
Bo‗sh vaqt bo‗lishi shart
emas
6
Borgan joyida haq
to‗lanadigan
faoliyat bilan
shug‗ullanishi
Borgan joyida turist uchun
haq to‗lanadigan faoliyat
bilan shug‗ullanishi
mumkin emas
Borgan joyida
sayohatchi uchun haq
to‗lanadigan faoliyat
bilan shug‗ullanish
mumkin
7
Mablag‗ bilan
ta‘minlash
Turistning shaxsiy mablag‗i
va ijtimoiy fondlardan
Homiy tashkilotlar,
davlat va xususiy
jamg‗armalar tomonidan
moliyalashtiriladi
8
Tashkil qilish va
xizmat ko‗rsatish
Bu faoliyat turli xil turistik
korxonalar va xizmat
ko‗rsatish sohalari bilan
bog‗liq tarmoqlar
tomonidan amalga oshiriladi
Tashkil qilish homiy
tashkilotlar, davlat va
xususiy jamg‗armalar
tomonidan amalga
oshiriladi, sayohlarga
xizmat ko‗rsatish esa
bevosita o‗zi tomonidan
amalga oshiriladi
9
Yashash
faoliyatiga ta‘siri
Turistning sayohatga borib
kelishi yashash faoliyatiga
bevosita ta‘sir qilmaydi
Sayyohat sayohatchi
uchun kasbi yoki kun
ko‗rish manbai, turmush
tarzi bo‗lib xizmat qiladi
Shular bilan birga, turizm sohasi o‗z navbatida sayyohlik sohasining rivojiga
5
Manba: Tuxliyеv I., Qudratov G‘., Pardayеv M. Turizmni rеjalashtirish. Darslik. – T.: Iqtisod-moliya, 2010.
13
bog‗liq bo‗lib, uning taraqqiyotini belgilovchi omil hisoblanadi. Chunki, olimlarning
ta‘kidlashicha, sayohat boshqa xalqlar haqida bilim beradi va masofaviy jihatdan
uzoq bo‗lgan davlatlarni ham bir-biriga yaqinlashtiradi.
6
Darhaqiqat, turizm sohasi o‗z navbatida mehmondorchilik sohasi bilan
birgalikda jahondagi xizmatlar, yalpi ichki mahsulot va investitsiyalarning tarkibidagi
o‗zgarishlarni amalga oshirishga o‗z hissasini qo‗shmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda turizm sohasining tez sur‘atlar bilan o‗sishi
yurtimizga katta hajmdagi valyuta tushumlarini kirib kelishiga va yangi ish
o‗rinlarining paydo bo‗lishiga olib kelmoqda. Ushbu turizm va mehmondorchilik
sanoatiga jahon xizmatlari eksportining 1/3 qismi, jahon yalpi milliy mahsulotining
10 foizi, investitsiyalarning 7 foizi hamda 18 ish o‗rnining bittasi to‗g‗ri keladi.
Ma‘lumki, turizm sohasi mamlakatda ish bilan bandlikni ham ta‘minlovchi
sohalardan biri hisoblanadi. Xalqaro kuzatishlar natijalaridan kelib chiqib shuni
ta‘kidlash mumkinki, turizm industriyasida tashkil etilgan har bir ish joyiga
qo‗shimcha ravishda boshqa tarmoqlarda ham 5 tadan 9 tagacha qo‗shimcha ish
joylari yuzaga kelar ekan. Turizm bevosita va bilvosita 32 ta iqtisodiy tarmoqning
rivojlanishiga turtki bo‗ladi.
Turizm tez rivojlanib borayotgan tarmoq bo‗lganligi sababli investorlarga yuqori
daromad olish imkonini beradi. Demak, sarmoyalar qaytimi ham nisbati tezroq
amalga oshadi. Bu esa o‗z navbatida turizmni sarmoyadorlarni o‗ziga jalb etish
qobiliyatini oshiradi hamda sarmoyalarning ko‗paytirishga olib keladi.
Shuning bilan birgalikda, turizm tufayli turistik sayohatlar tashkil etiladi va
amalga oshiriladi turli muddatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Jumladan,
maqsadlariga ko‗ra turistik amalga oshiriladigan sayohatlar muddati bo‗yicha
quyidagi turlarga bo‗linadi:
- 1-2 kunlik;
- 3-7 kunlik;
- 8-28 kunlik;
6
Qudratov G‘.H., Pardayеv M.Q., Ataboyеv R. O‘zbеkistonda turizm salohiyati va uni rivojlantirishda davlat
siyosatining asosiy yo‘nalishlari. // Xizmat ko‘rsatish, sеrvis va turizm sohalarini rivojlantirish: muammolar va ularning
еchimlari. - T.: Iqtisod-moliya, 2008. - 61-70 b.
14
- 29-91 kunlik.
Avvalo, turizm iqtisodiyotning maxsus sohasi va inson faoliyatining o‗ziga xos
ko‗rinishi hisoblanadi.
7
Shu sababli ham, turizm sohasida iqtisodiy taraqqiyotning
umumiy qonuniyatlari o‗zining mahsus qirralarida namoyon bo‗ladi. Umumiy
qonuniyatlar o‗zini xususiyligi orqali namoyon qilsa, xususiylik esa mazkur turistik
tashkilotning aniq faoliyati orqali aks ettiriladi.
Turizm inson hayoti va faoliyatining ko‗p sohalarini qamrab oladi. Shuning
uchun ham, turizmni o‗rganish psixologiya, antropologiya, sotsiologiya, iqtisodiyot,
geografiya, informatika va huquq sohalarini o‗rganish bilan uzviy ravishda bog‗liq.
Chunki, turistik resurslar er sharining deyarli barcha burchaklari, qit‘alari va
mamlakatlarida mavjud bo‗ladi. Turizm yo‗nalishi va turini erkin tanlash sharoitida
turizm tashkilotchilari turistik oqimlarni bilishi, istiqbollashi va xatto ularni
boshqarishi kerak.
Shu bilan birga, bugungi kunda turizmni rivojlantirish uchun quyidagi dolzarb
muammolarning echimini ishlab chiqish lozim:
- turizm boshqaruv organlari tarkibini soha bo‗yicha kuchli bilimga ega bo‗lgan
kadrlar bilan ta‘minlash;
- turistik resurslarni xalqaro va ichki turizm darajalariga ajratish va ularni
mukammal o‗rganib ma‘lumotlar bazasini yaratish;
- hali o‗rganilmagan resurslarimiz ko‗pligi nuqtai nazardan ularni o‗rganib,
tavsiflarini yaratib tegishli turistik marshrutlarni ishlab chiqish;
- turizmi rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‗rganib, ularning o‗zimizda
qo‗llash mumkin bo‗lgan yo‗nalishlarini olib amaliyotga joriy etish;
- soha bo‗yicha kadrlar bilim va malakalarini oshirish maqsadida xalqaro
tajribalar almashinishni yo‗lga qo‗yish;
-
turizmni
rivojlantirish
chora-tadbirlar
datsurlarini
ishlab
chiqishni
jadallashtirish va ularning ijrosini ta‘minlash bo‗yicha doimiy monitoring olib borish;
- turizm organlarining mutaxassis kadrlar etkazib beruvchi o‗quv yurtlari bilan
7
Tuxliyеv I.S., Hayitboyev R., Ibodullayеv N.E., Amriddinova R.S.. Turizm asoslari. O‘quv qo‘llanma. – Samarqand:
SamISI, 2010. - 17 b.
15
aloqalarini kuchaytirish;
- xalqaro darajadagi reklama mahsulotlarini ishlab chiqish va turizm bozoriga
chiqarish va boshqalar.
Umuman olganda, turizm tushunchasi va uning mohiyatini ushbu sohaning keng
taraqqiy qilishidagi bosqichlar va omillar aks ettiradi hamda yildan yilga rivojlanib
boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |