Eng yuqori boshqaruvchi tashkilot
FIFA
Boshqa nom(lar)i
sokker, football
Qachondan beri
19-asrdan,
England
Angliya
Xarakteristikalari
Kontakt
Ha
Jamoa aʼzolari
11
Aralash jins
Ha, alohida musobaqalar
Turkum
Toʻpli sport, jamoa sporti
Anjom
Futbol toʻpi
Oʻynaladigan joy
Futbol maydoni, stadion
Olimpik oʻyin
Ha,
1936-yildan
Paralimpik oʻyin
Ha
Mintaqa
Butun dunyo
Futbolda muxlislarning asosiy maqsadi oʻyin davomida oʻz jamoalarini ragʻbatlantirishdir.
F.ga oʻxshash oʻyinlar miloddan avvalgi Misr va Sharq mamlakatlarida maʼlum boʻlgan, keyin
Yevropaga oʻtgan. 1848-yilda Buyuk Britaniyadagi Kembrij un-ti oʻqituvchilari F.ning dastlabki
zamonaviy qoidalarini ishlab chiqishgan. 1857-yilda shu mamlakatdagi Sheffild shahrida ilk F.
klubi tashkil etilgan. 1863-yilda Angliya F. uyushmasi tuzilib, F. qoidalari tasdiqlangan. 18-
asrning oxiri — 19-asrning boshlarida Yevropa va Jan. Amerika davlatlarida ham F.
uyushmalari tashkil kilindi. 1896-yil F. olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi. 1904-yilda xalkaro
futbol federatsiyasi -FIFA tuziddi. F. Braziliya, Germaniya, Italiya, Argentina, Buyuk Britaniya
kabi davlatlarda keng rivojlangan. Pele, Maradona, F. Bekkenbauer, L. Yashin, 3. Zidan, R.
Ronaldo va boshqa F.chilar bu oʻyinning jahonda ommaviylashishiga hissa qoʻshishdi.
Oʻzbekistonda 20-asr boshlaridan zamonaviy F. qoidalari asosida oʻyinlar oʻtkazilgan. 1912-
yilda Qoʻqonda birinchi F. jamoasi tuzildi. Keyinroq Fargona, Samarqand, Toshkent, Andijon,
Namangan shaharlarida ham F. jamoalari paydo boʻldi. 20-asrning 20-yillaridan
mamlakatimizda turli toifadagi musobaqalar (1937-yildan Oʻzbekiston birinchiligi) muntazam
ravishda oʻtkazila boshlandi. 1956-yilda Toshkentda „Paxtakor“ jamoasining tashkil etilishi va
shu nomdagi stadion qurilishi respublikada F.ning rivojlanishiga turtki boʻldi. 20-asrning 80-
yillaridan Oʻzbekistonda F.chilarning yangi avlodini tarbiyalashga kirishildi. M. Qosimov, I.
Shkvirin, A. Abduraimov, M. Shatskix Oʻzbekistondagina emas, Osiyo va boshqa qitalarda
ham nom qozondilar.
1959-yilda tashkil etilgan Oʻzbekiston futbol federatsiyasi 1992-yilda (keyin 2001-yilda) qayta
roʻyxatdan oʻtdi. 1992-yildan F. boʻyicha Oʻzbekiston milliy chempionati va kubogi, turli
toifadagi musobaqalar oʻtkazib kelinyapti, F. jamoalarining xalkaro uchrashuvlarda ishtirok
etishi taʼminlanayapti. Vazirlar Mahkamasining „Oʻzbekiston Respublikasida futbolni yanada
rivojlantirish tadbirlari toʻgʻrisida“ (1993-yil 18 mart) hamda „Oʻzbekistonda futbolni
rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish choratadbirlari
toʻgʻrisida“ (1996-yil 17 yanv.)gi qarorlari F.dagi yutukdarga zamin yaratdi. Fargʻonaning
„Neftchi“ klubi MDH kubogining finaliga chiqdi (1994), „Paxtakor“ klubi Osiyo chempionlar
ligasi yarim finalida oʻynadi (2003, 2004), mamlakat yoshlar terma jamoasi jahon
chempionati final bosqichida qatnashdi (2003), Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Osiyo
oʻyinlari (1994) va AfrikaOsiyo oʻyinlari (2003) gʻolibi boʻldi. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda 36 ta
(oliy va birinchi ligada) professional klub bor (2004). 2ligada 196 ta jamoa shunday makomga
erishish uchun mamlakat birinchiligida qatnashyapti. F. klublari qoshida 18 ta F. internat
maktablari, kollejlari faoliyat koʻrsatyapti, ularda 2000 dan ziyod oʻquvchi shugʻullanadi.
Shuningdek, F.ga ixtisoslashgan bolalaroʻsmirlar sport maktablari ishi yaxshilandi. F.
universiada, „Barkamol avlod“ va „Umid nihollari“ musobaqalari dasturlaridan urin olgan.
Bolalaroʻsmirlar oʻrtasida respublikada oʻtkaziladigan „Futbol gʻunchasi“ musobaqalarida 692
jamoada 13840, „Futbolimiz kelajagi“ musobaqalarida 15035 jamoada 300700 oʻyinchi
ishtirok etdi (2004). Ayollar oʻrtasida oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston chempionati va kubogi
musobaqalarida Andijonning „Andijanka“, Namanganning „Gulbahor“, Qarshining „Sevinch“
jamoalari yetakchilik qilib keladi. Faxriy F.chilar oʻrtasida ham muntazam ravishda
musobaqalar uyushtiriladi. Jismoniy qobiliyati cheklangan F.chilar oʻrtasida Toshkentning
„Matonat“ jamoasi (hozirgi „Baynalmilal“) jahon kubogini qoʻlga kiritgan (1991). Hozirgi kunda
respublikada 362 ta stadion, 7113 ta F. maydoni mavjud, 460658 kishi (ulardan 4642 nafari
ayollar) F. bilan shugʻullanadi, 1916 nafar murabbiy faoliyat koʻrsatadi (2004). „Oʻzbekiston
futboli“ (Toshkent), „FutbolEkspress“ (Andijon), „Asr futboli“ (Namangan), „Inter futbol“
(Kosonsoy), „Boks plyus futbol“ (Toshkent) kabi ixtisoslashgan gazetalar chiqib turibdi. S.
Arutyunov, Ye. Valitskiy, A. Keller, M. Akbarov, R. Akramov, Yu. Sarkisyan, M. Rahimov kabi
murabbiylarning oʻzbek F. i ravnaqida xizmati katta. I. Toshmuhamedov, A. Imomxoʻjayev, B.
Belozyorov, N. Rizametov, B. Haydarov singari tajribali hakamlar ishini davom ettirayotgan R.
Ermatov va I. Kutsillo rasmiy nufuzli xalqaro musobaqalarni boshqarishdi. F.ning turlaridan
biri minifutbol (futzal) dir. Maydonining oʻlchami 28-40 x 16-20 m, darvozasining oʻlchami 3x2
m, toʻpining ogʻirligi 400-600 g, aylana diametrining uz. 60-62 sm, oʻyinning sof vaqgi 40
daqiqa (20 daqiqadan 2 budim), jamoalar musobakalarda 12 tadan F.chini roʻyxatga
kiritishadi, maydonga chiqqan ikkala jamoada ham 5 tadan F.chi (bittadan darvozabon)
qatnashadi. MiniF. boʻyicha jahon chempionati 1989-yildan, Osiyo chempionati 1998-yildan
boshlab oʻtkaziladi. Oʻzbekiston miniF. chempionati 1997-yildan boshlangan. Murabbiy R.
Abdiyev boshchiligidagi Oʻzbekiston miniF. jamoasi Osiyo chempionatida 2oʻrinni egallagan
(2001, Tehron). Ushbu jamoada A. Nurmatov, A. Korolyov, F. Qudratov singari F.chilar
mahoratlarini koʻrsatishgan. Oʻzbekistonda 4244 ta miniF.ga moye maydon bor, 3235 kishi
F.ning shu turi bilan shugʻullanadi (2004).
Futbol boʻyicha jahon chempionlariYil Chempion1930 Urugvay1934 Italiya1938 Italiya1950
Urugvay1954 GFR1958 Braziliya1962 Braziliya1966 Angliya1970 Braziliya1974 GFR1978
Argentina1982 Italiya1986 Argentina1990 GFR1994 Braziliya1998 Fransiya2002
BraziliyaFutbol buyicha Osiyo oʻiinlari chempionlariYil Chempion1954 Xitoy1958 Xitoy1962
Hindiston1966 Birma1970 Birma va Koreya Resp.
1974 Eron1978 KXDR va Koreya Resp.
1982 Eron1986 Koreya Respublikasi1990 Xitoy1994 Uzbekistan1998 Eron2002 Eron
Planeta futbola, M., 2002; Safarov V. A., Match dlinoyu v 40 let, T., 1996; Imomxoʻjayev A.,
Futbol — quvonchim, dardim, faxrim, T., 1996; Pravila igri v futbol, T., 2002.
Adabiyot
Futbol (
ingl.
„foot“ — oyoq, „ball“ — toʻp) —
sport
oʻyini. Oʻyindan maqsad
toʻpni
raqib
darvozasiga
kiritish. Bunga har bir jamoadagi
darvozabon
xalaqit berishga intiladi, unga oʻz
darvozasi yaqinidagi jarima maydonchasi ichida toʻpga qoʻl bilan teginish ruxsat etilgan.
Boshqa barcha oʻyinchilarga, shuningdek oʻz jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan
darvozabonga ham bunday huquq berilmagan.
Toʻp uchun kurashda chalib yiqitish, raqibga zarba berish kabi kuch ishlatishlar taʼqiqlanadi.
Agar oʻyinchi toʻpga qoʻlidan tashqari tanasining istalgan boshqa yeri (odatda oyogʻi) bilan
istalgan vaqtda zarba bera oladigan holatda boʻlsa, oʻyinchi toʻpni egalladi, deb hisoblanadi .
Odatda futbol toʻgri toʻrtburchak shaklidagi maydonda oʻynaladi. Har bir jamoa 11
futbolchidan (10 ta oʻyinchi va bitta darvozabon) tashkil etiladi. Alohida bir futbol oʻyini
match, deb atalib, har biri 45
daqiqa
davom etuvchi
taymlardan
iborat boʻladi. Birinchi va
ikkinchi taymlar orasida jamoalar oʻrin almashishadi.
Bundan tashqari shunday futbol turlari borki, ulardagi oʻyinchilar soni kamroq boʻlishi
mumkin — jumladan
plyaj futboli
(qumda oʻynaladi),
mini-futbol
(maxsus qoplamali zalda
oʻynaladi),
mahalla futboli
(har qanday maydonda har qancha oʻyinchilar bilan oʻynaladi).
Darvozalar hajmi maydon hajmiga mutanosib boʻladi.
Futbol toʻpi
Futbol bezoriligi
Futbol toʻpi
Shuningdek
Soʻnggi tahrir 2 oylar avval NicoScribe tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Futbol&oldid=2198621
" dan
olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |