Nizomiy nomidagi тoshkenт davlaт pedagogika universiтeтi maтyoqubova тozagul rajapovna alisher navoiy hayoтi va ijodi fani bo’yicha o’quv qo’llanma



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/104
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#276765
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   104
Bog'liq
oLLVVLSJGBQnu45ThHwBmpV3vrC9RhJkPkcs8nKd

Uchinchi  iqlim  yo’lidan  keltirilgan  musofir  Sa’dning  ishqiy  sarguzashti  
haqida hikoya qiladi.  Hikoyat syujeti xalq ertaklariga juda yaqin turadi. Hikoyatni 
tashkil qiluvchi alohida  epizodlar  — dev bilan  olishish,  tush ko’rish  va  uni  ta’bir 
qilish,  g’orda  yotgan  donishmand  bilan  uchrashish  kabi  epizodlar  xalq  xalq 
ertaklarida  juda  ko’p  uchraydigan  epizodlardir.  Hikoyatda  qismat,  uning  inson 
hayotidagi  o’rni,  insonning  qismatga  bo’ysunishi  hikoya  qilinadi.  Sa’dning  ilmli, 
yuksak fazilatli inson ekanligi baxtli taqdiriga vosita bo’ldi.     


 
143 
«Sab’ai  sayyor»  dostonidagi  eng  yuksak  hikoyatlaridan  yana  biri  to’rtinchi 
hikoyatdir.  Navoiy  unda  o’z  davrining  muhim  masalalarini  ifodalaydi.  Mamlakat 
va  xalq  taqdirini  hukmdorlarning  xatti-harakatiga  borliq  deb  bilgan  Navoiy  bu 
hikoyatda ham shohlarni adolatli, xalqparvar, saxiy, oliyhimmat bo’lishga undaydi. 
Ana  shunday  shohlardan  biri  Dehli  shohi  Junadir  Juna  adolat,  insof  va  saxovatda 
tengsiz edi. Navoiy u haqda:  
Adlu insof o’lub sifoti aning, 
Shohlar ichra Juna oti aning.  
 
Elga bazlu ato bila mashhur, 
Olam ichra saxo bila mashhur. 
Adolat va  insofda tengsiz  bo’lgan  shoh  Тaroz hokimi  Mas’udning  saxovatda  
o’ztidan  ham  ortiq  ekanligini  eshitib,  u  yerga  boradi.  Mas’ud    oldiga  arzu  dod 
uchun  kelgan  kishilarni  hammomda  cho’miltirib,  yaxshi  liboslar  kiydirib,  qornini 
to’ydirishar,  shundan  keyin  kelgan  kishini  hokim  huzuriga  olib  kirishar  ekan. 
Junani  tanimay,  unga    ham  shunday  muomila  qiladilar.  Mas’ud  u  bilan  suhbat 
orasida saxiylikni o’zining  odil podshohidan  o’rganganligini  aytadi.  Mas’ud unga 
ichgan  bilan  mayi  tugamaydigan  idish  va  uchqur  ot  hadya  qiladi.      Juna 
Mas’udning saxovatiga qoyil qolib, Dehliga qaytadi.     
Тaroz shahri Junpur o’lkasiga qarashli bo’lib, uning voliysi Jaypur juda zolim 
kishi  edi.  Juna  uning  o’rniga  Mas’udni Junpur voliysi  etib  tayinlamoqchi  bo’ladi. 
Buni eshitgan Jaypur Mas’ud bilan yaqinlashadi. U bilan yolg’ondan do’st tutinib, 
mast  qilib,    chohga  tashlaydi.  Uni  qattiq  qiynaydi.  Qiynoqchilarning  boshlig’i 
Mallu  edi.  Navoiy  hikoyatda  zulm,  zo’rlik  va  munofiqlikni  Jaypur  va  Malluning 
xatti-harakatlarini ko’rsatish orqali qattiq qoralaydi.  
Hikoyatdagi  Malluning  qizi  adolatsizlik  va  insofsizlikka  qarshi  isyon 
ko’targan jasoratli qiz obrazidir. U Mas’udni chohdan qutqaradi, uyida yashirincha 
yigitni parvarish qiladi va Mas’ud o’ziga kelgach, u bilan birgalikda qochadi. Ular 
ta’qibchilardan  qochib  Dehliga  borib  qolishadi.  Mas’ud  toskashlik  qilib,  harid 
qilingan mollarni shohning chorbog’iga olib borganida Junani   tanib qoladi. Biroq 


 
144 
o’zini tanitishdan andisha qiladi. Eshik oldidagi xizmatchilaridan bittasi Mas’udni 
tanib qoladi. Mas’ud bor gapni Junaga aytib beradi.    
Juna - zolimlarga qarshi shafqatsiz kurashuvchi shoh. U Mallu va Jaypur kabi 
zolimlarni  qatl  ettiradi.  Mas’udga  Тaroz  va  Darbast  hokimligini  beradi.  Ko’p 
xazinalar in’om yetib, sevgilisi bilan nikohlab qo’yadi. 
 «Juna  va  Mas’ud»  hikoyati  ham  yuksak  badiiy  mahorat  bilan  yaratilgan. 
Keskin  konflikt  asosiga  qurilgan  hikoyatda  saxovat  bilan  baxillik,  insof  bilan 
insofsizlik,  to’g’rilik  bilan  munofiqlik  o’rtasida  qattiq  kurash  boradi.  Bu  konflikt 
hayotiy konfliktdir. 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish