Dostonning yaratilish tarixi. Alisher Navoiy «Хamsa»sining uchinchi
dostoni «Layli va Majnun» an’anaviy mavzuda yozilgan bo’lib, asar Sharqda
mashhur bo’lgan Layli va Majnun syujeti asosida yuzaga kelgan.
“Layli va Majnun” syujeti uzoq tarixga ega bo’lib, uning ildizlari akademik
I.Krachkovskiy ta’kidlaganlaridek, YII asrning ikkinchi yarmiga borib taqaladi.
Manbalarda Majnun haqida xilma-xil fikrlar bor. Ayrim arab manbalarida
aytilishicha, Majnun tarixiy shaxs bo’lib, Bani Omir qabilasidan chiqqan, uning asl
ismi Qays ibn Mullavah (yoki Qaysibn Muod)dir. Qays o’z qabiladoshi Laylini
sevgan, sevgi va hijron azoblari haqida mungli she’rlar bitgan. Bunday
ma’lumotlar ibn Qutayba (889 yilda vafot etgan) ning “Kitob ush-she’r va shuaro”
asarida ham keltiriladi. Boshqa arab manbalari esa bu ma’lumotlarni rad etadi.
Arab olimi Avon ibn-Hakim al-Qalbiy (vafoti 764 yil), arab tarixchisi Hishom al-
Qalbiy (vafoti 819 yil) ham Majnun tarixiy shaxs emas degan fikrni bildirishadi.
Ularning ma’lumotiga ko’ra, Majnun nomi majoziy bo’lib, sevgi va ayriliq
haqidagi she’rlar esa umaviy xonadoniga mansub bir oshiq yigitning qalamiga
mansub, u o’z nomini oshkor qilmaslik uchun she’rlariga Majnun taxallusini
qo’llagan. YII asrning ikkinchi yarmiga kelib arab she’riyatida Majnun taxallusli
mungli she’rlar ko’payib, keng tarqalgan, ulardan ayrimlari to’plamlarga kiritilgan.
Mana shu she’rlar zaminida Majnun haqida afsona va rivoyatlar to’qila boshlagan.
Bu rivoyatlar IX asrga kelib keng tarqalgan, Х asrga kelib esa Majnun nomi, u
haqdagi rivoyatlar Arabistondagina emas, balki Yaqin va O’rta Sharqda mashhur
bo’lgan.
Majnun nomi bilan bog’liq she’rlar rivoyatlar yaratilishiga asos bo’lgan
bo’lsa, shu rivoyatlar asosida yozma adabiyotda Layli va Majnun haqidagi yirik
hajmli asarlar paydo bo’lgan.
Ulug’ ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy birinchi bo’lib, “Layli va Majnun”
(1188) haqida doston yaratadi. G’oyaviy-badiiy jihatdan yetuk bo’lgan bu doston
yuksak, mukammal asar sifatida shuhrat qozondi va xamsachilikning an’anaviy
115
dostoniga aylandi. Ulug’ hind shoiri Хusrav Dehlaviy 1298-1299 yillarda “Majnun
va Layli” nomli asarini yaratdi. U Nizomiy dostonining mazmuni va kompozitsion
qurilishini saqlab qolgani holda asarga bir qator o’zgarishlar kiritadi. Majnunga
Navfal qizining nikoh qilinishi, Layli va Majnunning sahroda hayvonlar
himoyasida tunni o’tkazishi va boshqalar bunga misol bo’la oladi.
Shoir uni yozishga kirishishdan oldin arab manbalari orqali yetib kelgan
rivoyatlarni, Nizomiy, Amir Хusrav Dehlaviy, Ashrafning «Layli va Majnun»
dostonlarini mufassal o’rganib chiqqan. Uning o’zi, dostonning so’nggi qismida,
bu haqda shunday deydi:
Men xastaki bu raqamni chektim,
Тahriri uchun qalamni chektim.
Yozmoqta bu ishqi jovidona
Maqsudim emas edi fasona,
Mazmunig’a bo’ldi ruh mayli,
Afsona edi aning tufayli.
Lekin chu raqamg’a keldi mazmun,
Afsona anga libosi mavzun.
Men turkcha boshlabon rivoyat,
Qildim bu fasonani hikoyat.
Kim shuhrati kim jahonga to’lg’ay,
Тurk eliga dog’i bahra bo’lg’ay.
Bu misralardan ko’rinadiki, shoirning maqsadi shunchaki afsona so’zlash
emas, balki mazmunga, ya’ni ichki mohiyatga e’tibor qaratishdir. Ikkinchi maqsad
esa til masalasidir. Shoir dostoni orqali turkiy tilning shuhrati jahonga mashhur
bo’lishiga ishonch bildiradi.
Navoiy adabiy an’anaga ijodiy yondoshib, o’z davri talablariga javob bera
oladigan doston yaratishni maqsad qiladi. Shoir doston qahramonlarining fojiali
taqdiri misolida o’z zamonasining ayrim tartib-qoidalariga, urf-odatlariga qarshi
chiqadi. Sof sevgi, sadoqat va vafoni, ma’naviy-ruhiy barkamollikni ulug’laydi,
insoniy haq-huquqlarni yoqlaydi.
116
Doston 38 bobdan iborat bo’lib, dastlabki 8 bobi asarning boshlanish qismidir.
Dostonning oxirgi uch bobi uning xotimasidir.
1-4 boblar Yaratuvchi va uning rasuli Muhammad alayhissalom vasfidadir.
Mazkur boblarning o’ziga xosligi shundaki, unda Alloh vasfiga bag’ishlangan
o’rinlarda u bu dunyoda Layli ko’rinishida jilva qiladi va barchani Majnun kabi
o’ziga maftun etadi:
Ey har sorikim qilib tajalli,
Ul mahzar o’lub jahonda Layli.
Ey oniki, Layli atab otin,
Majnun qilmoq bo’lib sifotin.
Bu tasvirning o’ziyoq asar oddiy sevgi mavzusiga bag’ishlanmaganini
ko’rsatadi. Unda Layli ilohiy ishq ramzini anglatib kelganligi ayon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |