Navoiy – qasidanavis. Alisher Navoiy yuksak mahorat bilan yozilgan
qasidalar muallifidir. U “Hiloliya”dan tashqari Husayn Boyqaroga turkiy tilda bir
nechta qasidalar bag’ishlagan. Uning «Hiloliya» qasidasi o’zbek qasidachiligining
yuksak namunalaridandir. Qasida Husayn Boyqaroga bag’ishlangan bo’lib, u
taxtga o’tirishi munosabati bilan 1469 yilda yozilgan va shohga taqdim etilgan.
Qasida 90 baytdan iborat.
Hilol osmonda paydo bo’lgan yangi oydir. Shoir yangi davlat, yangi
hokimiyat boshlanganini shu yangi oyning paydo bo’lishiga nisbat beradi. So’z
o’yinlari, badiiy tasvir vositalari orqali o’zining yangi hokimiyatga ta’zimi va
sadoqatini izhor etadi.
55
Qasidaning dastlabki misralarida osmon gumbazida paydo bo’lgan yangi oy
(hilol) tasviri beriladi. Hilolning egilgan shaklini shoir yorning qoshiga va o’zining
egilgan qomatiga tashbeh etadi.
Chun nihon qildi turunji mehr rahshon tal’atin,
Oshkor etti falak bir taqvi g’abg’ab hay’atin.
Bas xayoli ravshani erdi vale andoq daqiq,
Kim nazar goh anglar erdi, gah yo’q aning diqqatin.
O’yla zohir bo’ldikim, qilg’ay
ani ko’rgan kishi
Dilbarim qoshig’a-u mening qadimg’a nisbatin.
Qasidada shoir samoviy jismlarni xuddi inson singari harakatda tasvirlaydi.
Shoir oydinli oqshom chiroyini tomosha qilish uchun osmonga ko’tariladi: u yerda
go’zallar, farishtalar va Zuhra bilan uchrashadi. Zuhra qalbida muhabbat
tuyg’ularini uyg’otish, may ichish havasini paydo qilish uchun changda o’ynaydi,
qo’shiqlar aytadi, marosimni xursandchilik bilan o’tkazish uchun Navoiy
g’azallariga kuylar yaratadi: shoh taxtini yoritish uchun osmonning uchinchi
qabatidan yerga uchib tushadi, sohibqiron uyida sham bo’lib yonadi. Shoir osmon-
ning beshinchi kabatida harbiycha kiyingan va qurollangan pahlavon Mirrixni
(Marsni) ko’radi. Mirrix ertalab yoydan o’q otib mashq qilish uchun harb
maydoniga ketayotgan sohibqironga yasovul bo’lishni istaydi. Хuddi shu onda
butun oomonni lojuvard atlas qoplab oladi va shoh taxtini yopadi. Shoir osmonga,
Atorud yoniga ko’tariladi. Atorud shoirga uning qasidasidan xam yuksak qasida
yozganini aytadi va o’z asari matlaini o’qib beradi. Navoiy shu onda Atorud
matlaiga javob qaytaradi. Sayyora Navoiyga juda qoyil koladi. Mushoirada g’olib
chiqqan Navoiy osmondan pastga tushadi, yori dam olayotgan xonaga kiradi.
Uning yori ham marosimga kelgan edi. Navoiy o’z yoriga Atorudning matlai,
unga yozgan javobiny o’qib beradi. Biroq Navoiy she’rlarini eshitgan yor yuzida
mayin tabassum paydo bo’ladi. U shu onda Navoiy matlaiga yusak javob yozadi.
Bunga qoyil qolgan Navoiy uning matlai, o’zi va Atorudning misralarini Sulton
Husayn Boyqaro hukmiga olib keladi. Shoh har uchalasining ham matlalarini
56
ma’qullaydi. Shoir bo’lgani uchun o’zi ham ularga javob yozadi. Navoiyning bu
misralari matla’ shaklida yozilgan va aa tarzida qofiyalangandir.
She’rning madh qismida shoir Husayn Boyqaroga katta umid bilan qaraydi.
Sulton Husayn ehtiros bilan madh etiladi. Qasidada shoir o’zi orzu qilgan shoh
timsolini Husayn Boyqaro obrazi orqali tasvirlashga harakat qiladi. Shoir nazarida
u surati shoh , siyrati darvesh maqomida bo’lganligi uchun ham yuksak ehtiromga
loyiqdir.
Shohlar shohi demay, ul shohlarning shohikim,
Har bir yuz shohlar shohicha tutqay muknatin.
Shohlar darveshiyu, darveshlar shohiki, haq
Shoh qildi suvratin, darvesh qildi siyratin
Qasida shakl jihatidan ham Navoiyga qadar yozilgan qasidalardan farq qiladi.
Bu, birinchi navbatda, qofiyalashda ko’zga tashlanadi. Qasidada Navoiy, unint
yori, Atorud va Sulton Husayn Boyqarolarning obrazi mavjud.
Unda «nasib» va «gurizgoh» kichik bir qismni tashkil qilmaydi. Navoiy
qasidada o’z yorini mavhum holda tasvirlamaydi. Unda yor ta’rifi oddiy vasfdan
iborat emas. Yor qasidada shoiradir. Uning oldida qalam, siyohdon. U Navoiy
she’rlarini eshitadi, yuzlarida tabassum paydo bo’ladi. Shuningdek, qasidada Hirot
raqqosalari esga olinadi. Ular yig’inlarda, marosimlarda, bayramlarda, to’y-
tomoshalarda o’zlarining go’zal raqslari bilan odamlarni xursand qiladilar.
Qasida shohga ezgu niyatlar bildirish, uni kelajagigi umidvorlik bilan
yakunlanadi:
Har kuning bayram bo’lub, joming hilol o’lsun mudom,
Ko’rmagil beaysh umrung muddati bir soatin...
Yangi oyu iyd ikki qullug’ching o’lsun, aylagan
Sen hilol aning otin, bayram bu yerning kunyatin.
Ko’rinadiki,
qasida
ko’tarinki
kayfiyat,
ezgu
niyatlarni
o’zida
mujassamlashtirgan. Mazkur qasida Navoiyning yuksak san’atkorlik namunasi
bo’lgan asarlaridan biri sifatida adabiyotimiz tarixida muhim o’rin tutadi.
57
Navoiyning fors tilida yaratgan bir nechta qasidalari ham mashhurdir. Bu
haqda shoir «Muhokamat ul-lug’atayn» asarida ma’lumotlar berib o’tadi
1
.
Navoiyning “Тuhfat ul-afkor qasidasi «Sittai zaruriya» (“Olti zaruriyat”)
nomli qasidalar to’plamiga kiradi. Bu to’plamda oltita qasida bor. Bular “Ruh ul-
quds” (“Muqaddas ruh”), “Ayn ul-hayot” (“Hayot chashmasi”), “Тuhfat ul-afkor”
(“Fikrlar tuhfasi”), “Qut ul-qulub” (“Qalblar ozuqasi”), “Minhoj un-najot”
(“Qutulish yo’li”), “Nasim ul-huld” (“Jannat shabbodasi”) qasidalaridir. Bu
qasidalarda Navoiy hayot va jamiyatga o’zi mansub bo’lgan naqshbandiylik
ta’limoti asosida yondoshgan va baho bergan. Bunga ko’ra ezgulik va insonni
ulug’lash asosiy o’rin tutgan.
Хullas Navoiy qasidalari yuksak san’atkorlik va badiiy mahorat bilan
yozilgan. Ularda shoirning falsafiy, diniy-ilohiy vaaxloqiy-ta’limiy qarashlari
betakror lavhalarda aks ettirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |