314
Uzunligi bo‘yicha eng kichik ko‘ndalang kesimining diametri
150 mm dan kam bo‘lmagan yog‘och
xoda deb yuritiladi. Xodani
bo‘ylama o‘qi bo‘ylab arralaganda plastinalar, choraktaliklar hosil
bo‘ladi.
Yog‘och materiallari ko‘ndalang kesimi o‘lchamlariga qarab
bruslarga (eni va qalinligi 100 mm dan oshadi), bruschalarga (eni
qalinligidan ikki barobardan ortiq emas) va taxtalarga (eni qalin-
ligidan ikki barobardan ortiq) bo‘linadi. Reyka va plankalar kichik
o‘lchamli taxtalarning bir turi hisoblanadi. Qanday ishlov berilga-
niga ko‘ra yog‘och materiallar to‘rt tomoni arralangan va qirralari
arralanmagan yoki qisman arralangan xillarga bo‘linadi.
Yog‘och buyumlar yoki yog‘och buyumli mashinalar ochiq
havoda saqlanganida, ularning namligi ortib, tob tashlashi va chi-
rishi mumkin. Chirigan yog‘ochdan foydalanishga ruxsat etilmay-
di. Hasharotlar shikastlagan yog‘ochdan ham foydalanish mumkin
emas, chunki ularning mustahkamligi keskin pasaygan bo‘ladi.
Yog‘ochning chirishi va hasharotlar shikastlashining oldini olish
uchun ko‘pincha yog‘och detallar lok-bo‘yoq bilan qoplanadi.
Ko‘pincha yog‘och buyumlarga chirishning oldini oluvchi maxsus
tarkiblar –antiseptiklar (rux xlorid, ftorli natriy aralashmasi) shim-
diriladi.
Yog‘ochning o‘tga chidamliligini oshirish uchun unga maxsus
tarkiblar shimdiriladi yoki o‘tdan himoya qiluvchi bo‘yoqlar bilan
bo‘yaladi. Bu moddalar qiziganida yog‘och sirtida havo kirishi-
ga to‘sqinlik qiluvchi parda hosil qiladi. Bunday ishlov berilgan
yog‘ochlar olov ta’sirida faqat tutaydi, olov manbayi uzoqlashtiri-
lishi bilan, tezda o‘chib qoladi. Bu qoplamalar yog‘ochga uzil-kesil
ishlov berilganidan so‘ng surtiladi.
Qayin, olxa, eman, qoraqayin va ba’zi boshqa yog‘ochlardan
shpon – qalinligi 0,5–1,5 mm li keng silliq payraha tayyorlanadi;
shpon aylanayotgan yog‘och bo‘lagidan qirqib olinadi. Shpondan
faner, yog‘och qatlamli plastiklar, yelimlab yopishtirilgan egik de-
tallar tayyorlanadi; eman, qoraqayin, yong‘oq daraxtlaridan tayyor-
315
langan shponlar qimmatbaho daraxt ko‘rinishida qoplama hosil
qilish uchun ishlatiladi; olxa va kedrdan olingan shpondan avtomo-
billar akkumulatorlari batareyasining separatori tayyorlanadi.
Yog‘och tolalarini o‘zaro perpendikular joylashtirgan holda uch
va undan ortiq shpon qatlamlarini yelimlab yopishtirish yo‘li bilan
fanerlar olinadi; ular 1,5–15 mm qalinlikda, 725–1525 mm keng-
likda va 1220–2440 mm uzunlikda ishlab chiqariladi. Fanerlarning
turli markalari bir-biridan ularda ishlatilgan yelim xili bilan farq
qiladi: ФСФ
– suvga chidamliligi yuqori bo‘lgan, fenolformalde-
gid yelim vositasida tayyorlangan; ФК – suvga chidamliligi o‘r
tacha bo‘lgan karbamid yelimi bilan tayyorlangan. Oqsil (kazein)
yelim bilan tayyorlangan ФБА fanerining suvga chidamliligi past
bo‘ladi.
Qayindan tayyorlangan shponlarni fenol smolalar yoki krezol-
formaldegid smolalar yordamida yelimlab yopishtirish yo‘li bilan
bakelitlangan ФБС faneri olinadi. Uning suvga chidamliligi yuqori.
Undan mexanik usulda biriktiriladigan, shuningdek, sovuqlayin
yelimlab yopishtiriladigan konstruksiyalarda foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: