sirt taranglik kuchi va issiqlik sig‘imi
Zamonaviy benzinli va tezyurar dizelli dvigatellar silindrlarida
yonilg‘ining yonishi juda jadal sur’atlarda kechadi (yonilg‘ining
yonishi uchun soniyaning mingdan bir ulushi miqdorida vaqt sarf-
lanadi). Yonilg‘ining bu darajada tez yonishi ta’minlanishi uchun
yonish jarayoni boshlanishidan oldin to‘la bug‘lanishi va, shu bilan
birga, yonilg‘i bug‘lari havo bilan ma’lum nisbatlarda (1 : 15 nis-
batdagi aralashma me’yoridagi aralashma hisoblanadi) yaxshi aral-
ashishi (ishchi aralashma hosil qilish jarayoni) lozim. Karburatorli
dvigatellarda ishchi aralashmadagi benzin miqdori ma’lum kesim
va shaklli teshigi bo‘lgan jiklorlar yordamida rostlanadi. Qalqo-
vuchli kameradan aralashtirish kamerasiga uzatiladigan benzin
miqdori benzinning qovushoqligiga va zichligiga bevosita bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |