ta’sirida o‘zgarishi
Avtomobillarni ishlatishda va rezina buyumlarni saqlashda ular-
ga suv va neft mahsulotlarining tegish ehtimoli bor. Suv uzoq vaqt
davomida rezinaning xususiyatlariga kuchli ta’sir ko‘rsatmaydi.
Suv armirlangan detallarga kuchli ta’sir etadi, metall armaturalar
nam muhitda jadal korroziyalanadi, paxta-qog‘oz tolali gazlamalar
esa mustahkamligini yo‘qotadi va tezda chiriydi. Shuning uchun
armirlangan rezina buyumlarni (metall karkasli, simli va gazlama-
li) imkoniyat qadar quruq holda saqlash zarur, majburiy hollarda
suv tekkanida esa rezina buyumlarni, albatta, quritish kerak.
TK, СКБ, CKC, СКИ va boshqa kauchuklar asosidagi rezinalar
neft mahsulotlari ta’sirida o‘z xususiyatlarini juda ham sezilarli da-
rajada o‘zgartiradi. Bu kauchuklar va ular asosidagi xom rezinalar,
yuqorida aytib o‘tilganidek, benzinda oson eriydi, ularning bu xu-
susiyatidan rezina yelimlari tayyorlashda foydalaniladi. Rezinalar-
ni vulkanizatsiyalash ularning neft mahsulotlari ta’sirida erishiga
barham beradi, ammo rezinalar benzin, dizel yonilg‘isi, moylar
va boshqa suyuq organik birikmalar ta’sirida shishish xususiyatini
saqlab qoladi. Rezina buyumlarning uzoq muddat neft mahsulotlari
ta’sirida bo‘lishi natijasida ularning hajmi ortadi, mustahkamligi,
elastikligi va qattiqligi kamayadi. Shuning uchun rezinani yonilg‘i,
moy va boshqa surkov materiallari ta’siridan saqlash lozim. Neft
mahsulotlari rezinaga bexosdan tushgan hollarda esa uni tezlik bi-
lan artib tozalash lozim.
10. 8. Avtomobil shinalarini ta’mirlash uchun materiallar
Olis masofalarga ishga chiqariladigan avtomobillar ichida zarur
materiallar va moslamalar bo‘lgan maxsus aptechka bilan ta’min-
lanishi kerak. Avtomobillar uchun quyidagi turdagi aptechkalar
ishlab chiqariladi: APK – kamerani ta’mirlash uchun; АРШ –
265
pokrishka va kameralar uchun; АРБ – yengil avtomobillarning
kamerasiz shinalari uchun. Har bir aptechka ichida turli o‘lchamli
vulkanizatsiya qilingan dumaloq va to‘g‘ri burchak shaklidagi re-
zinadan bir komplekt yamoq plastirlar, o‘zi vulkanizatsiyalaydigan
50 g rezina yelimi, kameraning shikastlangan qismini tozalash
uchun metall qirg‘ich va jilvir qog‘oz, kameraning shikastlangan
qismiga yamoqni yopishtirish uchun (ustidan bosish uchun) rolik,
ikkitadan qopqoqcha va zolotnik, yelim surtish uchun mo‘yqalam
va pakki pichoq bo‘ladi. АРШ aptechkasida, bundan tashqari, vul-
kanizatsiya qilingan rezinakord yamoqdan to‘rt qatlam qilib qirqib
olingan ikkita yamoq, pokrishka bortlarini ta’mirlash uchun chefer
lenta, teshilgan pokrishkani ta’mirlash uchun turli o‘lchamli oltita
gribok va griboklarni qo‘yish uchun moslama bor. АРБ aptechkasi-
da АРШ aptechkasidan farqli ravishda pokrishkalarning karkasini
ta’mirlash uchun plastirlar bo‘lmaydi. Ular o‘rniga rezina pastasi
bo‘lgan shpris, tiqinlar to‘plami va kameradagi teshikni shinalar-
ni to‘g‘indan olmay turib ta’mirlashda ularni shina ichiga qo‘yish
uchun moslama bor.
Aptechka bo‘lmaganida, avtomobilda quyidagilar bo‘lishi tav-
siya etiladi: rezina yelim (yaxshisi aluminiy tubikda); sellofandan
qilingan himoya qatlami bo‘lgan 2 mm qalinlikdagi vulkanizatsiya
qilinmagan kamera rezinasi (200 × 300 mm li bo‘lak); yamoq qirqib
olish uchun eski kamera bo‘lagi (200 × 300 mm); eski pokrish-
kadan qirqib olingan 2–4 qatlamli 2–3 ta manjet (250 × 400 mm);
elektrovulkanizator; kameralar va yamoqning sirtini g‘adir-budur
qilish uchun yirik tishli egov; rashpil yoki metall cho‘tka; zaxirada-
gi zolotnik va qalpoqchalar; shinalarni montaj qilishda kameralarga
sepish uchun talk kukuni.
Rezina buyumlarni 5–20°С haroratda, yorug‘lik kam tushadi-
gan, suv va neft mahsulotlari tegmaydigan joyda saqlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |