www.ziyouz.com kutubxonasi
331
ISTIG’FOR KITOBI
371-bob
Istig‘for xususida
Alloh taolo:
«Allohdan mag‘firat qilishini so‘rang» (Niso surasi, 106-oyat);
«Darhol Parvardigoringizga hamd aytish bilan (U zotni har qanday
«sherik»lardan) poklang va U zotdan mag‘firat so‘rang! Zero, U tavbalarni qabul
qilguvchi bo‘lgan Zotdir» (Nasr surasi, 3-oyat);
«Taqvodor kishilar uchun Parvardigorlari huzurida ular abadiy qoladigan,
taglaridan daryolar oqib turguvchi jannatlar, pokiza juftlar va Allohning Rizoligi
bor. Alloh bandalarini ko‘rib turguvchidir. Ular: «Parvardigoro, bizlar Senga
iymon keltirganmiz, endi O’zing gunohlarimizni mag‘firat ayla va bizni
jahannam azobidan asra!» deydilar. Ular sabr-qanoatli, iymonlarida sodiq,
ibodat-itoatli, infoq-ehsonli bo‘lgan va saharlarda Allohdan mag‘firat tilaydigan
kishilardir» (Oli Imron surasi, 15-17-oyatlar);
Do'stlaringiz bilan baham: |