Suv ostida sakson ming kilometr



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km



Ofort  -   mis  taxtachaga  o'yilgan yoki  kislota yordamida  ruxga 

o ‘yib tushirilgan gravyura.



Leonid -   spartan shohi; uncha katta bo'lmagan otryadga bosh- 

chilik qilib, Gretsiyada Fermopilga o'tish yo'lini forslarning behisob

 

qo'shinlaridan himoya etib, o ‘z otryadi bilan halok bo'lgan.



356


«hington, quldor-fanatik o ‘qidan halok bo'lgan Lin- 

t o ln  va  nihoyat  negrlarni  qullikdan  ozod  etish  ishi 

uchun  qiynoqqa  solinib,  dorga  tortilgan  Jon  Bro- 

unning Viktor  Gyugo  qo'li  bilan  qalamda  chizilgan 

vahimali va g'alati portretlari edi.

Nega  kapitan  Nemo  bu  portretlarni  o'z  yotoq- 

xonasiga  osib  qo'ydi  ekan?  U  bilan  bu  qahramon- 

lar  orasida  qanaqa  aloqa  bo'lgan?  Balki  bu  port- 

retlar  to'dasi  uning  hayotidagi  jumboqni  yechish- 

da  menga  yordam  berar?  Balki  u  ezilgan  xalqning 

yo'lboshchisi  bo'lib,  so'nggi  paytlardagi biror  siyo- 

siy  yoki  ijtimoiy  harakatda  ishtirok  etgandir?  Bal­

ki  u  shimoliy  va  janubiy  shtatlar  o'rtasida  bo'lib 

o'tgan  bir  umr  xotiradan  o'chmas  qonli  grajdanlar 

urushining qatnashchisidir?

Birdan  soat  sakkiz  marta  zang  urdi.  Soat  bol- 

g'achasining birinchi  zang urishidayoq  meni  shirin 

xayol og'ushidan uyg'otdi.

Ko'z  ilg'amas  bir  narsa xayolimdagi  sirga  sherik 

tbo'layotganday  cho'chib  ketdim  va  tezda  xonadan 

chiqdim.

Salonga  chiqib, birinchi  navbatda kompasga qa­

radim.  Uning mili birday,  shimol tomon ketayotga- 

jnimizni ko'rsatar edi.  Lag kemaning o'rtacha  tezlik 

bilan  suzayotganini,  manometr  taxminan  oltmish 

metr chuqurlikni ko'rsatar edi.

Shunday qilib,  sharoit Ned Lend rejalarini amal- 

ga oshirish uchun juda qulay edi.

Kayutamga  qaytib  kelib,  issiq  kiyindim:  oyo- 

g'imga  uzun  dengiz  etiklarini,  boshimga  mo'yna 

quloqchinimni  va  egnimga  astariga  tulen  terisi  ti- 

kilgan  issiq  kamzulimni  kiyib  oldim.  Men  tayyor 

edim. Faqat kutib turish qolgan edi.

«Nautilus»da  hukmron  bo'lgan  sukunatni  vint 

aylanishidan chiqayotgan ovozgina buzayotgan edi.

357



Men  eshik  oldida  quloqlarimni  ding qilib,  kutilma- 

ganda  Ned  Lend  «jinoiy»  rejalarini  amalga  oshi- 

rayotganda  qo‘lga  tushganini  ifodalovchi  biror 

kishining  qattiq  qichqirig'ini  eshitishdan  cho'chib 

turar  edim.  Men  telbalarcha  hayajonlana  bosh­

ladim... 0 ‘zimni osoyishta tutaman deb behuda uri- 

nar edim.

Soat  to'qqizga  bir  necha  minut  qolganda  qulo- 

g'imni kapitanning kayutasini menikidan ajratib tur­

gan  devorga  qo'yib,  tingladim.  U  yerdan  hech  qan­

day  ovoz  chiqmas  edi.  Kayutadan  chiqib,  salon-ga 

kirdim. U yer nim qorong'i, ammo hech kim yo'q edi.

Kutubxona  eshigini  ochdim.  U  yerda  ham  nim 

qorong'i bo'lib, bo'm -bo'sh edi.

Ned Lendning signalini kutish uchun trapga olib 

chiqadigan eshik oldiga borib turdim.

Shu  payt  vint  aylanishidan  chiqayotgan  ovoz 

ancha  pasayib,  so'ng  umuman  tindi.  «Nautiltis» 

nega  to'xtab  qoldi?  Bu  to'xtash  Ned  Lendga  reja- 

sini  amalga  oshirish  uchun  ko'maklasharmidi  yoki 

xalaqit berarmidi? Bunisini bilmas edim.

Endi  sukunatni yuragimning qattiq urib  turishi- 

gina buzar edi.

To'satdan  kema  bir  silkinib  qo'ydi.  «Nautilus» 

okean  o'zaniga  tushganini  sezdim.  Ko'proq  haya­

jonlana  boshladim.  Kanadalikning  signalidan  da- 

rak yo'q  edi.  Ned  Lendning yoniga borib,  qochishni 

qoldirishga  ko'ndirish  istagi  tug'ildi.  Biz  bu  kecha 

odatdagidan  boshqacha  sharoitda  suzadiganday 

bo'lib tuyuldi menga.

Shu  payt  kutubxona  ostonasida  kapitan  Nemo 

paydo  bo'ldi.  Meni  ko'rib,  salomlashmadi,  ammo 

juda iltifot bilan gapirdi:

-  


O,  janob  professor,  sizni  izlayotgan  edim.  Is- 

paniya tarixini bilasizmi?



358


,,  Hozirgi  g'oyat  sarosimador  va  tashvishli  hola- 

timda  u  mendan  o'z  vataning  tarixini  bilasanmi, 

deb  so'raganida  ham,  hech  nima  deb  javob  berol- 

mas edim.

-   Savolimni  eshitdingizmi?  -   so'radi  kapitan 

Nemo.  -  Ispaniya tarixini bilasizmi?

-   Juda  chala,  -   nihoyat  kuch  yig'ib,  javob  qay- 

tardim.


-   Voy-bo'y,  bunaqa  olimlardan!  -   dedi  kapi­

tan.  -   Ular  o'z  mutaxassisliklaridan  bo'lak  hech 

narsani  bilmaydilar!  O'tiring,  -   qo'shib  qo'ydi  u, 

shu tarixdan qiziq bir voqeani gapirib beraman.

Kapitan  divanga  yaxshilab  o'rnashib  oldi.  Men 

ham  kapitan  Nemoga  ergashib,  qorong'iroq  bur- 

chakni egallab oldim.

-   Janob  professor,  -   deya  so'z  boshladi  u,  -  

yaxshilab  quloq  soling.  Hikoyam  siz  uchun  qiziq 

bo'ladi.  Chunki,  u  o'zingizga  berib  javobsiz  qoldir- 

gan  bir  savolingizga  boshqa  yo'l  bilan  bo'lsa  ham 

javob beradi.

-   Qulog'im  sizda,  kapitan,  -   deya  javob  berdim 

bu muqaddimadan tashvishga tushib.

Kapitan  bu  gapni  nimaga  aytayotganini  bilmay, 

uning  bu  hikoyasi  bizning  amalga  oshmay  qolgan 

qochishimiz  bilan  bog'liq  emasmikin,  deb  o'z- 

o'zimdan so'radim.

-   Ruxsat bersangiz,  janob  professor,  so'zini  da­

vom  ettirdi  kapitan,  -   biz  1702-yildan boshlaymiz. 

Esingizdadir,  o'sha  davrda  Pireneyani  bir  chertish- 

da yer bilan yakson qilib yuboraman deb, katta ket- 

gan  fransuz  qiroli  Lyudovik  XIV  nevarasi  gersog 

Anjuyskiyni ispan taxtiga o'tqizib qo'ygan edi.

Filipp  V  nomi  bilan  podsholik  qilgan  bu  ancha- 

gina  layoqatsiz  shahzoda  zabardast  tashqi  dush- 

manlarning qarshiligiga duch kelib qoldi.

359



Chindan  ham  bir  yil  oldin,  1701-yilda,  Gol- 

landiya, Avstriya va Angliya qirollari Gaagada ispan 

tojini  Filipp  V  boshidan  olish  va  ularni  vaqt-soati 

yetmay Karl  III deb nomlagan ersgersogga kiygizish 

maqsadida ittifoq tuzgan edilar.

Ispaniya  ana  shu  ittifoqqa  qarshi  kurashmog'i 

kerak  edi.  Biroq  uning  soldatlari  ham,  matrosla- 

ri  ham  yo'q  edi.  Ammo  yetarli  miqdorda  puli  bor 

edi.  Biroq shunisi ham borki, basharti Amerika olti- 

ni  to'latilgan galionlar uning ko'rfaziga qarshiliksiz 

kira olsa.

Xuddi  1702-yilning  oxirida  Ispaniya  Ameri- 

kadan katta boylik yuklangan transport kutayotgan 

bo'lib,  admiral  Shato-Reno  qo'mondonligida  Fran- 

siyaning yigirma  uch  kemadan  iborat  eskadrasi  uni 

qo'riqlab  kelayotgan  edi.  Bu  qo'riqchilar  Ispaniya 

dushmanlarining birlashgan  floti  Atlantik  okeanda 

izg'ib yurgani uchun zarur edi.

Transport  Kadiks  tomon  yo'l  tutdi,  biroq  admi­

ral  Kadiks  suvlarida  ingliz  eskadrasi  soqchilik  qilib 

yurganini bilgach, biror fransuz portiga kirishga qa­

ror qildi.

Biroq  ispan  kapitanlari  bunday  qarorga  norozi- 

lik  bildirishdi.  Ular  birorta  ispan  portiga  kirishni 

talab  etishdi.  Kadiksga  kirish  mumkin  bo'lmagani 

uchun  inglizlar  tomonidan  qamal  qilinmagan  Vigo 

ko'rfaziga kirishni ma’qul topdilar.

Admiral  Shato-Reno  irodasi bo'sh kishi bo'lgani 

uchun bu talabga ko'ndi va galionlar Vigo ko'rfaziga 

kirdi.


Ammo  baxtga  qarshi  bu  ko'rfaz  dengiz  tomon- 

dan  lang ochiq bo'lib,  unga  kiradigan yo'lni  to'sish 

imkoniyati  yo'q  edi.  Shuning  uchun  dushman  itti- 

foqining floti yetib kelguncha galionlarni  zudlik bi­

lan bo'shatib olish zarur edi; agar to'satdan imtiyoz

360



buzilgani  borasidagi  bema’ni  ish  qo‘zg‘almaganida 

hammasi  muvaffaqiyatli  tugar  edi...  Siz  hikoyamni 

diqqat bilan tinglayapsizmi?  -   birdan  so'zini bo‘lib 

mendan so‘radi kapitan Nemo.

-   Juda  diqqat  bilan  tinglayapman,  -   javob  ber­

dim dovdirab uning nima maqsadda menga tarixdan 

leksiya o'qiyotganining sababini bilolmay.

-   Xullas,  so'zimni  davom  ettiraman.  Mana bun­

day  bo'ldi.  Kadiks  savdogarlarining  imtiyozi  bor 

edi.  Bu  imtiyozga  ko'ra  o'sha  vaqtda  Vest-Indiya 

deb  atalgan  Amerikadan  keltirilgan  butun  yuklar 

Kadiksda  tushirilishi kerak edi.  Shunday qilib,  oltin 

parchalari  yuklangan  galionlarning Vigo  ko‘rfaziga 

tushirilishi  ularning  imtiyozlariga  xilof edi.  Savdo- 

garlar  Madridga  arz  qilishdi  va  bo‘shang  Filipp  V 

dan  Kadiksni  ittifoqchilar  qamalidan  chiqarilgun- 

cha  kemalarni Vigo ko'rfazida to ‘xtatib  qo'yish ha­

qida farmon olishga erishdilar.

Biroq  Madridda  bu  qarorga  kelishguncha  1702- 

yilning  yigirma  ikkinchi  oktabrida  ingliz  kemala­

ri  Vigo  ko‘rfaziga  kirishdi.  Dushman  kuchliligiga 

qaramay,  admiral  Shato-Reno  mardona  kurash- 

di.  Biroq  oltin  transport  dushman  qo'liga  tushi- 

sljii  muqarrarligini  ko'rib,  u  galionlarga  o‘t  qo‘yib, 

cho'ktiradi,  shunday  qilib,  ular  yuklari  bilan  birga 

suvga cho'kishdi...

Kapitan Nemo jim bo'lib qoldi. Ochig'ini aytsam, 

bu voqea nega men uchun qiziqligini tushunmayot- 

gan edim.

-  Keyin-chi? -   so'radim men.

-   Keyin  deysizmi?  Keyin  shuki,  biz  hozir  Vigo 

ko'rfazining  o'zanida  turibmiz;  uning  sirlariga  na- 

zar solmoq o'z qo'limizda.

Kapitan  Nemo  o'rnidan  turdi  va  menga  orqasi- 

dan yurishni taklif etdi.

361



Men  o'zimni  qo'lga  olib,  bamaylixotir  unga  er- 

gashdim.


Salon  qorong'i  edi;  ochib  qo'yilgan  to'siqlar  or- 

tidan  okeanda  yaltirab  turgan  dengiz  suvi  ko'zga 

tashlanar edi.  Men oynaga yaqinlashdim.

Projektor  atrofidagi  suvni  yarim  milya  masofa- 

da  yoritib  turgan  edi.  Uning  yog'dusi  shu  qadar 

kuchli  ediki,  har  bir  qum  zarrasigacha  aniq  ko'rish 

mumkin edi.

Skafandrlarni  kiyib  olgan  «Nautilus»  matrosla- 

ri  o'zandagi  boshqa  siniq  narsalar  orasidan  yarim 

chirigan  bochkalar,  pachoqlangan  yashiklarni  tor­

tib olishayotgan edilar.  Bu yashik va bochkalarning 

ichidan  oltin,  kumush  va  qimmatbaho  toshlar  so- 

chilar edi.  Qum usti boylikka to'ldi.

Yelkasiga  yashik  yoki  bochka  o'ngarib  olgan 

matroslar  qimmatbaho  yuklarini  kemaga  keltirib 

taxlashar  va  yana  g'amlash  uchun  o'sha  bitmas- 

tuganmas xazina tomon borardilar.

Endi  menga  hamma  narsa  ayon  bo'ldi.  Bu  de­

ngiz  jang  maydoni  edi.  Bu  yerga  1702-yilning  22- 

oktabrida  ispan  qiroliga  oltin  olib  borayotgan  ga­

lionlar cho'kkan edi. Kapitan Nemo bu sochma kon- 

dan o'ziga kerak vaqtida oltin olar edi. Bu bochka va 

yashiklar  faqat  ungagina,  yolg'iz  uning  o'zigagina 

tegishli  edi.  U bu  millionlarning bevosita va yakka- 

yu yagona merosxo'ri edi.

-   Siz,  janob professor,  -  deya kulib so'radi men­

dan  kapitan  Nemo,  -   dengiz  o'z  bag'rida  shuncha 

boylikni yashirib yotishini bilarmidingiz?

-   Men  dengiz  suvida  ikki  million tonnaga yaqin 

kumush eritmasi borligini bilardim, xolos.

-   Gapingiz  to'g'ri,  bu  kumushni  suvdan  ajra- 

tib  olish  uchun  undan  keladigan  kirimdan  chiqimi 

katta  bo'lar  edi.  Bu  yerda  esa  odamlar  yo'qotgan

362



narsani  olish  uchun  egilishning  o‘zi  kifoya.  Xazi- 

na  sifatida  faqat  Vigo  ko'rfazining  o‘zigina  xizmat 

qilayotgani  yo‘q:  suvosti  xaritamda  boyligi  bun­

dan  kam  bo'lmagan  yana  minglab  halokat  joyla- 

ri  belgilab  qo'yilgan.  Boyliklarim  milliardlar  bilan 

o'lchanishiga endi tushunib yetgandirsiz?

-   Juda  yaxshi  tushunib  turibman,  kapitan.  Rux- 

satingiz  bilan  faqat  shuni  aytmoqchimanki,  xuddi 

shu  Vigo  ko'rfazidan  oltin  olishda  siz  bilan  raqo- 

bat  qilishi  mumkin  bo'lgan  bir  savdo  jamiyatini 

g'aflatda qoldirgansiz.

-  Oaysi savdo jamiyatini?

-   Cho'kkan galionlarni izlab topish ishlarini olib 

borish uchun  ispan hukumatidan  imtiyoz  olgan  ja- 

miyatni.  Bu  jamiyat  aksionerlarining  tushlariga 

ham o'sha besh yuz million kiradigan bo'ldi, chunki 

cho'kkan  galionlar  xuddi  shuncha,  ya’ni  besh  yuz 

million baholangan edi.

-   Besh yuz  million  deysizmi?  -   qaytarib  so'radi 

kapitan  Nemo.  -   Ular  shu  yerda  edi,  ammo  hozir 

yo'q.

-  Tushunarli,  -  dedim men.  -  Shuning uchun bu 



ish  qatnashchilarini  bundan  ogohlantirib  qo'yilsa 

chakki  bo'lmas  edi.  Ammo  bu  ogohlantirishni  ular 

qanday  qabul  qilishlarini  kim  bilsin?  Axir  o'zingiz 

bilasiz-ku,  korchalonlar  yo'qolgan  puldan  ko'ra 

aqlga  sig'maydigan umidlarining barbod bo'lganiga 

ko'proq  achinadilar.  Sirasini  aytganda,  men  bu 

korchalonlarga  achinmayman!  Men  ko'proq  yuz 

minglab  qashshoqlarning  og'irini  yengil  qilishi 

mumkin bo'lgan shu pullar hech qachon ularga bo­

rib tegmasligiga achinaman...

Men  gapimni  tugatmasdan  bu  gap  kapitan  Ne- 

moni ranjitganini payqadim.

-   Hech  qachon  ularga  borib  tegmasligiga  dey-

363



sizmi?  -   xitob  qildi  kapitan.  -   Demak,  sizningcha, 

modomiki  bu  pullarni  men  olgan  ekanman,  ular 

yo'qolgan  ekan-da?  Nahotki,  bu  xazinalarni  o'zi 

uchun  yig'yapti,  deb  oylasangiz?  Meni  shular yor­

damida  xayrli  ish  qilmayapti,  deb  sizga  kim  aytdi? 

Yer yuzida ko'mak va yordamga muhtoj, o‘ch olish­

ga da’vat etuvchi sira arimas kulfat,  ezilgan xalqlar, 

baxtsizlik borligini bilaman. Nahotki, siz...

Kapitan Nemo shunday deb birdan jim qoldi. Eh- 

timol  u  jahl  ustida  ortiqcha  gapirib  qo'yganiga  pu- 

shaymon bo'lgandir.

Ammo  men  endi busiz  ham  hammasini  tushun- 

gan  edim.  Uning  suv  ostida  mustaqillik  qidir- 

ganining  sabablari  qanday  bo'lishidan  qat’i  nazar, 

biroq baribir birinchi navbatda odamligicha qolibdi. 

Insoniyat chekayotgan azob-uqubatni ko'rib yurak- 

bag'ri  qon  bo'lganidan  saxiy  qo'llari  bilan  ezilgan 

xalqlarga yordam bermoqda edi.

«Nautilus» qo'zg'olon ko'tarilgan Krit oroli yoni­

da bo'lgan kuni  kapitan  Nemo  jo'natgan  millionlar 

kimga tegishli ekanligini endi tushundim!


Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish