1.2. Milliy demokratik taraqqiyotning “o‘zbek modeli” va uning
mohiyati.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgach, milliy davlatchilik poydevorini
barpo etish, mustaqil tarakqqiyot yo‘lini belgilab olishi zarur edi. Bunda
rivojlangan mamlakatlar tajribasiga tayangan holda, mamlakatimizning tarixiy-
milliy xususiyatlari va geografik-demografik shart-sharoitlariga mos bo‘lgan
o‘ziga xos modelni yaratish lozim edi. Bu vazifa O‘zbekiston Respublikasining
birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan muvaffaqiyat bilan uddalandi. SHu
tariqa taraqqiyotning “o‘zbek modeli” degan tushuncha fanga kirib keldi.
Bunday ulkan vazifani bajarishdan oldin jahonda mavjud bo‘lgan iqtisodiy
rivojlanish modellarini o‘rganish zarur edi. Ma’lumki, jahonda milliy taraqqiyot
modellari ko‘p bo‘lib, ularni asosan Yevropa va Osiyo taraqqiyot modellariga
ajratish mumkin. Bu modellar shu qit’ada yashayotgan tub aholisining nomi bilan
ataladi. Yevropa mamlakatlari iqtisodiy taraqqiyot modellari turkumiga: nemis,
52
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Murojaatnomasi.// Xalq so`zi 2017-yil 23-dekabr
britan, fransuz, shved; Osiyo mamlakatlari iqtisodiy taraqqiyot modellari guruhiga:
yapon, koreys, hind, xitoy modellari kiradi.
Bunda, nemis modeli ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga, britan
modeli iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishga, fransuz modeli davlat
tadbirkorligiga, shved modeli ijtimoiy tenglik va aholatni ta’minlash ustuvorligiga
asoslangan holda iqtisodiy faoliyat olib borishga qaratilganligi bilan ajralib turadi.
Osiyo mamlakatlaridagi yapon modeli iqtisodiyotni yaponcha hayot tarzi
an’analariga muvofiq “oila + jamoa”ni uyg‘unlashtirish asosida jamiyatni ijtimoiy
tashkil etish, koreys modeli investitsiyalarni jalb etish; hind modeli korxonalarning
innovatsion faolligi; xitoy modeli industrlashtirish, shaharlashtirish, marketinglash
va baynalmillashuv, shuningdek iqtisodiyot, siyosat, madaniyat, jamiyat va
ekologiya sinteziga asoslanadi
53
. Ushbu modellarning ishlash mexanizmlari, ular
keltirib chiqaradigan natijalar to‘liq o‘rganib chiqilgandan so‘ng, ulardan nusxa
ko‘chirilmagan holda, o‘zbek xalqining manfaatlariga mos keladigan va ularni
porloq kelajak uchun boshlab boradigan taraqqiyotning yangi “o‘zbek modeli”
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan 1992
yilda yozilgan “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” nomli kitobi va
keyingi asarlarida ilmiy jihatdan asoslangan holda ishlab chiqildi va hayotga tadbiq
etildi. Uning tarkibiy qismlari va yo‘nalishlarini nazariy tadqiq etish
mamlakatimizda ijtimoiy va gumanitar fanlarni rivojlantirishga juda kuchli zarurat
tug‘diradi.
Umuminsoniy demokratik qadriyatlarni milliy zaminga joriy etish, totalitar
tuzum shakllantirgan eski tushunchalarni zamonaviy demokratik tamoyilar bilan
almashtirish borasida O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan
o‘zgarishlar ibratli saboq - tajriba bo‘lishi mumkin. Ushbu mavzuda so‘z ketar
ekan, o‘zbek modeli”da SHarq va G‘arb demokratiyasining uyg‘unlashib ketishini
alohida ta’kidlab o‘tmoq joiz. Bu “o‘zbek modeli” ning o‘ziga xosligini belgilab
beradi. Bu yo‘l haqida Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi A.N.Yakovlev
53
To’xliyev N. O’zbek modeli: taraqqiyot tamoyillari. -T.: “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy
nashriyoti, 2014. –B.8
shunday fikr bildirgan: “Islom Karimov o‘tmishni kelajak bilan bog‘lash asosida
mamlakatni modernizatsiya qilish - zamonaviy tarzda taraqqiy ettirish yo‘lini
tanladi”
54
.
I.A.Karimov milliy davlatchilik asoslari haqida fikr yurita turib,
quyidagilarni ta’kidlaydi: “davlat qurilishi borasida tanqidiy nuqtai nazarsiz qabul
qilinadigan tayyor qolip va andozalar yo‘q. Dunyoda bir-biriga aynan o‘xshagan
ikkita inson bo‘lmaganidek bir-biriga aynan o‘xshagan ikkita davlat ham yo‘q.
Bunday bo‘lishi mumkin ham emas. Har bir davlat - betakror ijtimoiy hodisadir. U
har qaysi xalq tarixiy va ma’naviy tarakqiyotining hosilidir, uning o‘ziga hos,
o‘ziga mos madaniyati rivojining natijasidir
55
. Demak, O‘zbekiston xalqimizning
asrlar davomida shakllangan milliy davlatchilik va tarixiy-madaniy ananalariga
tayanishi lozim. SHu bilan birga, I.A.Karimov aytganidek “Biz barpo etayotgan
davlat eng avvalo, umumjahon sivilizatsiyasiga, davlat qurilishi sohasida boshqa
xalqlar erishgan tajribalarga, ijtimoiy qadriyatlarga asoslanishi lozim”
56
. Ushbu
konseptual ahamiyatga ega ko‘rsatmadan O‘zbekiston demokratik fuqarolik
jamiyatini qurishda Sharqona milliy an’analarga va umuminsoniy, jahon
sivilizatsiyasi erishgan demokratik tajribaga tayanishini taqozo etadi, degan hulosa
kelib chiqadi.
Bugun nafaqat Sharq xalqlari hayotida, balki butun jahonda (shu jumladan,
yuksak taraqqiy etgan davlat va mintaqalarda ham) darrov ilg‘ab olish va to‘g‘ri
idrok etish qiyin bo‘lgan ijtimoiy, siyosiy va madaniy o‘zgarishlar sodir
bo‘lmoqdaki, ulardan milliy taraqqiyotimiz manfaatlariga mos tajriba va
yo‘nalishlarni tanlab olish oson emas. Bu o‘rinda “o‘zbek modeli”ning
yo’nalishlarini yodga olish zarur. Ular, birinchidan, iqtisodiyotning mafkuradan
mutlaq xoli bo‘lishi, ikkinchidan, davlat bosh islohotchi ekanligi, uchinchidan,
54
Ozod va obod vatanga baxshida umr. Ishonch.// 2018-yil, 27-yanvar.
55
Каримов.И.А Ўзбекистоннинг сиёсий-ижтимоий ва иктисодий истиқболининг асосий тамойиллари //
Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. 3-том. Т.: “Ўзбекистон”, 1996. – B. 6.
56
Каримов.И.А Ўзбекистоннинг сиёсий-ижтимоий ва иктисодий истиқболининг асосий тамойиллари //
Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. 3-том. Т.: “Ўзбекистон”, 1996. – B.7.
qonun ustuvorligi, to‘rtinchidan, kuchli ijtimoiy siyosat, beshinchidan, bozor
iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |