11 Zamonaviy telekommunikatsiya vositalari,
ularning vazifalari va ahamiyati
12 Kompyuterda turli xil hujjatlarni tayyorlash
13 Muharrirlar. Ularning asosiy vazifalari.
14 Matn muharirlaridan biri- Word Padda
ishlash
15 Kompyuter grafikasining elementlari
16 Elektron jadvalning vazifalari va
Imkoniyatlari
17 Informatsion sistemalar va kompyuter
tarmoqlari
18 Internet – xalqaro kompyuter tarmog‘i.
19 Internetda ma`lumotlarni izlash
20 Inforfmatika fanining mamlakatimiz
taraqqiyotidagi roli.
21 Internetga bog‘lanish usullari
22 Elektron pochta
23 Axborot texnalogiyalari
24
Scratch dasturlash muhiti
25
Spraytlar bilan ishlash
26
Sodda animatsiya dasturini yaratish
27
Spraytlar liboslarini almashtirish
28
Ovoz va matn bilan ishlash
29
Scratch dasturida shakllar yaratish
30
Scratch dasturida sodda multfilmlar
yaratish
31 Axborotlarni kodlash
32 Saytlar yaratish
33 Inson va axborot
34 Yakunlovchi mashg‘ulot
Ekskursiyalar
Ma‟lumki, o„quvchilarni matbuot bilan tarbiyalash darsdan tashqari
mashg„ulotlarning muhim yo„nalishlaridan biridir. U gazetalar mazmuni va
o„quvchilarni gazeta chiqarish jarayonida muharrir, redkollegiya va korrespondent
sifatida faol qatnashish ta‟siri ostida amalga oshiriladi. O„quvchilar kompyuter
yordamida gazeta chiqarishlarini, tekst va grafik redaktorlari bilan ishlashini
matbuot idoralarida ekskursiyalarga borish orqali ularni o„rganadilar.
Kecha va konkurslar
Kecha va konkurslar o„quvchilar bilan ishlashda muhim ahamiyatga ega.
O„quvchilarda har xil konkurslar qiziqish uyg„otadi. Informatika bo„yicha konkurs
sifatida
“Nima?, qaerda?, qachon?”,
“Kompyuter o„yini musobaqasi” o„yinlarini tashkil qilish mumkin.
Olimpiada
Informatika bo„yicha olimpiada boshqa fanlardagi kabi faqat darsdan tashqari
tadbirlar kompleksining biri hisoblanadi. Olimpiadada yuqori natijalarga erishish
uchun fandagi avval o„tilgan mavzularini takrorlash lozim. Shundan so„ng
olimpiadada o„quvchilarga qiziqarli va murakkab masalalar bo„yicha topshiriqlarni
bajarish uchun tayyorgarlik qilish maqsadga muvofiq. Olimpiada butun yil yakuni
bo„lib qolmay, o„tilganlarni rivojlantirishga imkoniyat yaratadi. O„z oldiga
informatika va axborot texnologiyalari bo„yicha olimpiadada qatnashish
maqsadini qo„yib, o„quvchi informatika va axborot texnologiyalari bo„yicha
olimpiada masalalarini echishga to„garakga katta xohish bilan boradi.
Olimpiadaning tarbiya vazifalari ham bor: uyushqoqlikka, intizomlikka,
irodani mustahkamlashga va alohida o„quv jarayonida o„zini tekshirishga
o„rgatadi.
Informatika va axborot texnologiyalari bo„yicha olimpiada paydo
bo„lgandan beri 2 turda o„tkaziladi: amaliy va test.
Olimpiada vazifalari yoshidan qat‟iy nazar hamma qatnashchilar uchun bir xil
bo„ladi. Amaliy turda masalalarning algoritimi va dasturlash tillaridan biri(Python,
Paskal,Delphi, С++)da dastur yoziladi va kompyuterga kiritiladi. Amaliy turda
o„quvchilardan masala yechiminining barcha bosqichlarini, boshlanishi toki
dasturlash uchun til tanlash, kompyuterda natija olishigacha bo„lgan jarayonni
bajarish talab etiladi. Shundan so„ng o„quvchilar test asosida nazorat qilinadi.
Topshiriqlar:
1.Informatika va axborot texnologiyalari fani bo„yicha darsdan tashqari
ishning me‟yoriy hujjatlarining funksiya va vazifalarini o„rganing.
1-topshiriqni bajarish tartibi:
a. Kompyuterdan internetni ishga tushirib darsdan tashqari ishning
me‟yoriy hujjatlari haqida ma‟lumot to„plang.
b. Darsdan tashqari ishning me‟yoriy hujjatlari haqida ma‟lumotlarni tahlil
qiling.
2. “Yosh dasturchi” nomi bilan Pyton dasturlash tilini o„rganishga oid
to„garak rejasini tuzing.
2-topshiriqni bajarish tartibi:
a. Pyton dasturlash tilini o„rganishga oid materiallarni ko„chirib oling.
b. “Yosh dasturchi” nomi bilan Pyton dasturlash tilini o„rganishga oid
to„garak rejasini uzviylik tamoyili asosida ishlab chiqing
.