4 .3 . Rasmiy yozishmalar
Rasmiy yozishm alar, ya’ni xonlar, podshohlar, am irlar, tariqat
yetakchilari va shoirlar o'rtasidagi yozishmalar ham tarixiy manba bo'lib
xizmat qiladi va uning ham ijtimoiy-siyosiy tarixni o'rganishdagi ahamiyati
kattadir. Ular, ayniqsa mamlakatdagi ichki vaziyat va mamlakatlararo
m unosabatlarni o'rganishda tadqiqotchilarga katta m aterial beradi.
Shunday maktublardan ko'plari o'z vaqtida ko'chirilib kitobat qilingan
va ulardan b irm unchalari bizning zam onim izgacha yetib kelgan.
“ Maktuboti Tem uriya” ( “Tem uriylarning m aktublari”), “ Majmuayi
murosilot” (“ Maktublar to'plam i”) va boshqalar shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |