3-rasm. Daromadlarni tegishli byudjet va byudjetdan tashqari
jamg’armalariga o’tkazishning amaldagi tartibi
RG’H dagi mablag’lar taqsimlovchisi O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi G’aznachiligi hisoblanadi. Respublika byudjetidan moliyalashtirishni
amalga oshirish uchun ajratilgan byudjet mablag’larining bosh taqsimlovchisi
hisoblangan byudjetdan mablag’ oluvchilar, O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining tarmoq boshqarmalariga byudjetning g’azna ijrosi bilan qamrab
olingan har bir byudjetdan mablag’ oluvchi bo’yicha sertifikat summasining
yoyilmasini ilova qilgan holda, shuningdek byudjetning g’azna ijrosi bilan qamrab
olinmagan, quyi turuvchi byudjetdan mablag’ oluvchilarga mablag’larni o’tkazish
uchun byudjet mablag’lari bosh taqsimlovchilarining byudjet depozit
hisobvaraqlariga o’tkazilishi lozim bo’lgan qismi bo’yicha mablag’larni RG’H ga
o’tkazish uchun rasmiylashtirilgan tayinlash sertifikatlarini taqdim etadilar.
261
Tarmoq boshqarmalari byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan taqdim
qilingan tayinlash sertifikatlarini o’rnatilgan tartibda tekshirganlaridan so’ng,
ularni ijro uchun O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat byudjeti
Bosh boshqarmasiga (DBBB) taqdim etadi.
DBBB byudjetdan mablag’ oluvchilarning tayinlash sertifikatlari asosida
respublika byudjetining asosiy hisobvarag’idan RG’Hga mablag’ o’tkazish uchun
to’lov topshiriqnomalarini o’rnatilgan tartibda rasmiylashtiradi va ularni HKKMga
ijro uchun taqdim qiladi.
23402 (005) hisobvarag’idan respublika g’azna hisobvarag’iga mablag’lar
o’tganligini tasdiqlovchi HKKMdan shaxsiy hisobvaraqdan ko’chirmalar
olinganidan so’ng, DBBB ijro etilgan tayinlash sertifikatlarining birinchi
nusxalarini O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligiga taqdim
etadi.
Byudjetdan mablag’ oluvchilar (moliyalashtirish saqlangan sharoitda -
RG’Hda moliyalashtirilgan mablag’lar mavjud bo’lganda) O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligiga RG’Hdan mablag’larni mahsulot
etkazib beruvchilarning bevosita bank hisobvaraqlariga yoki qonunchilikda
nazarda tutilgan maqsadlarga o’tkazish uchun to’lov topshiriqnomalarni qoidaga
ko’ra, mablag’larni o’tkazish sanasidan bir kun oldin taqdim etadi.
Respublika
byudjeti
qaramog’ida
bo’lgan
byudjetdan
mablag’
oluvchilarning byudjetdan tashqari mablag’lari (ota-onalarning maktabgacha ta’lim
muassasalarida bolalarni saqlash uchun to’lovlari, ota-onalarning musiqa va san’at
maktablarida bolalarni o’qitish uchun to’lovlari, maktabgacha ta’lim muassasalari
ishchilaridan ovqatlanish uchun tushgan tushumlar, shuningdek ijtimoiy ta’minot
organlaridan byudjet tashkiloti xodimlariga pensiya va ijtimoiy nafaqa to’lash
uchun tushgan mablag’lar) o’rnatilgan tartibda RG’Hga kirim qilinadi.
Joriy yilda byudjetdan mablag’ oluvchilarning joriy moliya yili uchun kelib
tushgan debitorlik qarzlari summasi kassa xarajatlarini tiklash orqali RG’Hga kirim
262
qilinadi (byudjetdan mablag’ oluvchilarning shartnomalar tuzmasdan amalga
oshiriladigan to’lovlari bo’yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlar).
Byudjetdan mablag’ oluvchilarning o’tgan yilgi debitorlik qarzlarining joriy
moliya yilida qaytarilgan summalari, shuningdek tovar-moddiy boyliklarni, asosiy
vositalarni sotishdan va inventarizatsiya (tekshirish) natijalari bo’yicha kelib
tushgan summalar RG’Hga kirim qilinadi va keyinchalik ushbu summalar
byudjetdan mablag’ oluvchilar joylashgan hududning shartli hisobvaraq raqami
(ShHR) bilan ochilgan, 23402 (005) “Respublika byudjeti mablag’lari” daromadlar
tranzit hisobvaraqlari orqali respublika byudjetining daromadlariga o’tkazilishi
bilan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda hisobga olinadi.
RG’H shaxsiy hisobvaraqlaridan ko’chirmalar RG’Hda operatsiyalar amalga
oshirilganligini tasdiqlovchi, birlamchi to’lov hujjatlarining asl va ko’chirma
nusxalari ilovalari bilan, shuningdek naqd pul mablag’larini berish uchun 23212
“Moliya vazirligi G’aznachiligi mablag’lari” va 23214 “G’aznachilikning hududiy
bo’linmalari mablag’lari” hisobvaraqlaridan ko’chirmalar ularga ilovalar bilan,
tegishli ravishda, HKKM va tegishli xizmat ko’rsatuvchi banklar tomonidan
RG’Hda va 23212 “Moliya vazirligi G’aznachiligi mablag’lari” va 23214
“G’aznachilikning hududiy bo’linmalari mablag’lari” hisobvaraqlarida mablag’lar
harakatining keyingi ish kunida doimiy ravishda g’aznachilik bo’linmalariga
taqdim etiladi.
Respublika byudjeti qaramog’ida bo’lgan byudjetdan mablag’ oluvchilarni
g’azna ijrosi bilan to’liq qamrab olingandan so’ng, ularning xarajatlarini respublika
byudjetining asosiy hisobvarag’idan RG’Hga moliyalashtirish to’xtatiladi va asosiy
respublika byudjeti hisobvarag’i RG’H bilan birlashtiriladi.
Respublika byudjetining asosiy hisobvarag’i RG’H bilan birlashtirilgandan
so’ng, respublika byudjeti daromadlari 23402 (005) “Respublika byudjetining
mablag’lari” hududiy daromad tranzit hisobvaraqlaridan mablag’lar to’g’ridan-
to’g’ri RG’Hga kirim qilinadi.
263
Hududiy g’azna hisobvaraqlari. Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va
mahalliy byudjetlar qaramog’ida bo’lgan byudjetdan mablag’ oluvchilarning pul
mablag’larini kirim qilish va o’tkazish bo’yicha operatsiyalar hududiy g’azna
hisobvaraqlari (HG’H) orqali amalga oshiriladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar qaramog’ida
bo’lgan byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjetdan tashqari mablag’lari (ota-
onalarning maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni saqlash uchun to’lovlari,
ota-onalarning musiqa va san’at maktablarida bolalarni o’qitish uchun to’lovlari,
maktabgacha ta’lim muassasalari ishchilaridan ovqatlanish uchun tushgan
tushumlar, shuningdek ijtimoiy ta’minot organlaridan byudjet tashkiloti
xodimlariga pensiya va ijtimoiy nafaqa to’lash uchun tushgan mablag’lar)
o’rnatilgan tartibda HG’Hga kirim qilinadi.
Joriy yilda byudjetdan mablag’ oluvchilarning joriy moliya yili uchun kelib
tushgan debitorlik qarzlari summasi kassa xarajatlarini tiklash orqali HG’Hga
kirim qilinadi (byudjetdan mablag’ oluvchilarning shartnomalar tuzmasdan amalga
oshiriladigan to’lovlari bo’yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlar).
Byudjetdan mablag’ oluvchilarning o’tgan yilgi debitorlik qarzlarining joriy
moliya yilida qaytarilgan summalari, shuningdek tovar-moddiy boyliklarni, asosiy
vositalarni sotishdan va inventarizatsiya (tekshirish) natijalari bo’yicha kelib
tushgan summalar HG’Hga kirim qilinadi va keyinchalik ushbu summalar
byudjetdan mablag’ oluvchilar joylashgan hududning shartli hisobvaraq raqami
(ShHR) bilan ochilgan 23402 (005) “Respublika byudjeti mablag’lari” daromadlar
tranzit hisobvaraqlari orqali tegishli byudjetlarning daromadlariga o’tkazilishi bilan
alohida shaxsiy hisobvaraqlarda hisobga olinadi.
HG’H shaxsiy hisobvaraqlaridan ko’chirmalar HG’Hda operatsiyalar amalga
oshirilganligini tasdiqlovchi, birlamchi to’lov hujjatlarining asl va ko’chirma
nusxalari ilovalari bilan, shuningdek naqd pul mablag’larini berish uchun 23212
“Moliya vazirligi G’aznachiligi mablag’lari” va 23214 “G’aznachilikning hududiy
264
bo’linmalari mablag’lari” hisobvaraqlaridan ko’chirmalar ularga ilovalar bilan,
tegishli banklar tomonidan HG’Hda va 23212 “Moliya vazirligi G’aznachiligi
mablag’lari” va 23214 “G’aznachilikning hududiy bo’linmalari mablag’lari”
hisobvaraqlarida mablag’lar harakatining keyingi ish kunida doimiy ravishda
g’aznachilik bo’linmalariga taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |