Texnologiyasi



Download 9,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/133
Sana31.12.2021
Hajmi9,76 Mb.
#274573
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   133
Bog'liq
Dori turlari texnologiyasi (K.Muhammadjonova)

SPIRTLI  ERITMALAR
Tibbiyotda  ishlatiladigan  spirt  -   etil  spirti  bo‘lib,  amalda  vino 
spirti  deb  ham  yuritiladi,  95%,  90%,  70%,  40%  konsentratsiyalari 
ishlatiladi.  Spirtli  eritma  yozilganda  konsentratsiyasi  shifokor  tomonidan 
ko'rsatilmasa,  unda  90%  spirt  ishlatiladi.  Etil  spirti  kraxmal  saqlovchi 
donlardan  bijg‘itish  yo'li  bilan  olinadi.  Uni  tozalab  (rektifikatsiya)  ma'lum 
bir  darajaga  yetkazilgandan  so'ng  iste'molga  chiqariladi.  Toza  etil  spirti 
oson  chayqaladigan,  tiniq,  rangsiz,  achchiq  kuydiruvchi  mazaga  ega 
boigan,  o'ziga  xos  hidli  suyuqlik.  Uchuvchan  xususiyatga  ega,  oson 
alangalanadi.  Etil  spirti  ko‘pchilik  dori  moddalar  uchun  yaxshi  erituvchi 
hisoblanadi.  Ya’ni  organik  kislotalar,  efir  moylari,  smolalar,  yod  va 
boshqalar  spirtda yaxshi  eriydi.
Spirt  boshqa  erituvchilar  bilan,  chunonchi  suv,  glitserin,  xloroform, 
cfir bilan yaxshi  aralashadi.
Suvni  spirt  bilan  aralashtirilganda  aralashma  isib,  umumiy  hajm 
kamayadi,  buni  amaliyotda  kontraksiya  hodisasi  deb  yuritiladi.  Shu 
sababli  ham  suv-spirt aralashmasining  maMum  darajasini  olish  uchun  uni, 
albatta  oldindan  hisoblab,  hajmlari  belgilanib,  so‘ng  aralashtirish  kerak. 
Hisoblashda  spirt-suv  aralashma  nisbatlarini  ko‘rsatuvchi  alkogolometrik 
jadvallardan  foydalanish  mumkin.
Erituvchi  sifatida  etil  spirti  ichish  va  surtish  uchun  moMjallangan dori 
preparatlarini  tayyorlashda  ishlatiladi.  Ba'zi  hollarda  esa  inyeksiyaga 
moMjallangan  dori  prcparatlari  tarkibiga  ham spirt kiritilishi  mumkin.
Spirtda  eritiladigan  moddalarning  eruvchanligi  spirtli  aralashmadagi 
spirt  miqdori  bilan  bogMiqtigini  hisobga  olib,  spirtli  aralashmadagi  aniq 
miqdori  belgilangan  boMishi  ahamiyatlidir.
Spirtli  eritmalarning  15-20%  dan  yuqorilari  bakterisid  ta'sirga  ega 
boMib,  ulardan  idishlarni,  qoMni,  xirurgik  asboblarni  artishda  qoMlash 
mumkin.
Spirtni  og‘zi  mahkamlangan  shisha  idishlarda,  salqin  yerda  «B» 
ro'yxat  bo'yicha  saqlash  zarur.
145
www.ziyouz.com kutubxonasi


Eritmalar  tayyorlanganda  olinadigan  spirtni  darajasi  shu  eritmani 
tayyorlash  bo‘yicha  tuzilgan  normativ  hujjatlarda  ko'rsatiladi  va  shunga 
asosan  shifokor ko‘rsatmasi  boiishi  ham  mumkin.
Agar  retseptda  aniq  ko'rsatma  boimasa,  0 ‘zR  SSVning  2002-yil 
29-dekabrdagi  582-sonli  buyrug'iga  asosan:
5-10%  li  yod  eritmasi  -  96%  li  etanolda  (X  DF);
1-2%  li yod  eritmasi  -  96% li  etanolda;
1,5%  li  vodorod  peroksid  critmasi- 96%  li  etanolda;
1%  li  sitral eritmasi  -  96%  li  etanolda;
1-2%  salitsil  kislotasi -  70%  li  etanolda;
0,5%;  1-3%;  5%  li  borat kislotasi  eritmalari -70% li  etanolda;
1-2%  li brilliant yashili -  60%  li  etanolda  tayyorlanadi;
1%  li  metilen  ko‘ki  eritmalari -  60%  li  etanolda tayyorlanadi.
Etanol  eritmalari  og‘irlik-hajm  usulida  tayyorlanadi.
Rp:  Acidi  borici  0,3
Sp. aethylici  70% -   10 mi 
M.D.S.  Sirtga  ishlatish uchun.
Quruq  flakonga  0,3  g  borat  kislotasi,  10  ml  70%  li  etanol  solib 
eritiladi  (og‘zi  tez  berkitiladi).  Erishni  tezlashtirish  uchun  idishni  iliq 
suvga  (40-50°C)  solib  isitish  mumkin.
Ba'zan  70%  li  etanol  olish  uchun  95%  li  etanolni  suyultirish  lozim 
boiadi.  Bunda  quyidagi  formuladan  foydalanish mumkin:
Masalan,  50  ml  70 %li  etanol  eritmasini  tayyorlash  kerak.
X =  50  x  70 =  36,8  ml.
Silindrga  36,8  ml  95%  li  etanol  solib  hajmi  50  ml  ga  yetguncha 
tozalangan  suv  qo‘shiladi.  Oichov  silindri  boimagan  hollarda XI  DFning 
3 -4  alkogolometrik jadvalidan  foydalanish  murnkin.
Moyli,  glitserinli  eritmalar  og'irlik  usulida  tayyorlanadi.  Erishni 
tezlashtirish uchun  eritma  suv  hammomida  qizdiriladi.  Eritma to‘g‘ridan- 
to‘g‘ri  bemorga  beriladigan  idishning  o‘zida  layyorlanadi,  ya’ni 
filtrlanmaydi.
Rp:  Acidi salicylici  1,0
Spiritus aethylici  95% -10  ml 
Viridi  niientis 0,1
146
www.ziyouz.com kutubxonasi


Collodii ad  100,0
M.  D.  S  Sirtga  ishlatish  uchun.
Og'irlik  usuli  bilan  tayyorlanadi.  10  g  95%  spirt  tortib  olib,  unda
1,0  g  salitsil  kislotasi  critiladi.  Zarur  boMsa  bir  chimdim  paxta  orqali 
suzib  tozalanadi,  so'ng  unda  0,1  brilliant  ko‘ki  critiladi  va  ustiga  100 
grammgacha kollodiy  solinadi.
Tiniq  qovushqoq,  ko‘k  rangli  suyuqlik,  efirga  xos  hidli.  Teriga 
surtilganda yupqa parda hosil  qilib  qotadi.
Rp: 
Anacsthesini
Novocaini  aa  1,0 
Menlholi  2,5
Spiritus  aelhylici  70% -   100 ml 
M.  D.  S.  Sirtga  ishlatish  uchun.
Yozilgan  miqdordagi  dori  moddalar  beriladigan  idishga  tortib 
olinib,  ustiga  100  ml  70%  spirt  solinadi,  chayqatib  critiladi.  Tiniq 
rangsiz  mcntolga  xos  hidli  eritma.  Sirtga  og'riq  qoldirishda,  ustki 
nerv  yallig'lanishi  yoki  mushak  to'qimalari  shamollaganda,  teri,  tcri 
osti  mushaklar  shamollashi  ta'siridagi  qichimalami  to'xtatish  uchun 
ishlatiladi.  «B»  ro‘yxati  bo‘yicha salqin joyda saqlanadi.

Download 9,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish